24
-tijoratlik kompyuter grafikasi;
-animatsion kompyuter grafikasi.
Kompyuter grafikalari vositalari asosida ishlab chiqarilgan
reklamalarning afzalliklari
quyidagilardan iboratdir:
-tasvirlarni tabiiy holiday ishlab chiqarish;
-tovarlarning ichki tuzilishini tasvirlar orqali ko‘rsatish;
-telekommunikatsion kompyuter tarmoqlari orqali chet
el davlatlariga uzatish;
-tasvirlarning judayam sifatliligi va har xil rang turlarining ishlatilishi.
Animatsion kompyuter grafikasi – zamonaviy kompyuter va dasturlar asosida jahon
andozalariga javob beradigan reklamalarni ishlab chiqarish uchun xizmat qiladi.
Shuni aytib o‘tish kerakki, kompyuterlashgan reklamalarning
bir daqiqasi rivojlangan
mamlakatlarda 3000 dan 50000 AQSH dollarigacha turadi. Yani, bunday reklamalarni ishlab
chiqarish nihoyatda murakkabdir. Bu soha katta mablag‘ talab qilishiga
qaramasdan tez vaqt
ichida foyda berishni boshlaydi. Hozir bu vositalarni reklama ishlab chiqarishda qo‘llash bizning
mamlakatimizda ham ancha rivojlanib bormoqda. Marketing faoliyatinig bu sohasida hozirgi
kunda quyidagi kompyuter dasturlari keng qo‘llanilmoqda:
-
3D-STUDIO;
-
Animator Pro
for Windows;
-
Corel Draw;
-
Auto CAD va boshqalar.
Bu kompyuter grafik vositalari hozirgi kunda marketing,
muhandislik grafikasi va
reklama agentliklari sohalarida keng qo‘llanilmoqda.
Kompyuter grafikasi tushunchasi hozirda keng qamrovli sohalarni o’zida
mujassamlashtirib, bunda oddiy grafik chizishdan to real borlikdagi turli tasvirlarni hosil
qilish,
ularga zeb berish, dastur vositasi yordamida hatto tasvirga oid Yangi loyihalarni
yaratish ko’zda to’tiladi. U multimedia muhitida ishlash imkoniyatini beradi.
Dostları ilə paylaş: