O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirl


SMS (Short Message Service)



Yüklə 80 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/110
tarix05.12.2023
ölçüsü80 Kb.
#173130
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   110
O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

SMS (Short Message Service)

qisqa xabarlar xizmati. Mobil aloqa tarmoqlarida 
abonentlarning bir-birlariga qisqa matn xabarlarini uzatish va qabul qilish xizmati hisoblanadi. 
Qisqa xabarlar deyilishiga asosiy sabab texnologik jihatdan bir xabar uzatishda 140 ta belgini 
uzatish mumkin. 
MMS (Multimedia Messaging Service)
 
– GPRS texnologiyasiga asoslangan multimedia 
xabarlarini almashish xizmati. Xizmat rangli rasm, fotosurat, musiqa va hatto videoroliqlarni 
uzatish va qabul qilish imkonini beradi. MMS texnologiyasi bevosita xabar matniga tasvir va 
musiqani biriktirishni nazarda tutadi. MMS-xabarlarni jo‘natish va qabul qilish uchun, MMS 
xizmatni nafaqat telefon qurilmasi, balki mobil aloqa operatori ham qo‘llashi zarur. 
Mobil telefonlardan foydalanish va axborot almashish madaniyati
.
Mobil telefonlar va 
boshqa mobil aloqa vositalaridan foydalanganda so‘zlashish madaniyatiga, xabarlarni yozish va 
elektron pochtadan foydalanish etikasiga hamda telefon apparatidan foydalanish qoidalariga 
rioya qilish zarur. Telefon orqali nojo‘ya so‘zlarni gapirish, turli nojo‘ya xabarlarni jo‘natishdan 
saqlaning.
 
«TashBus» mobil ilovasi (04.08.2016.) «Toshshahartransxizmat» aksiyadorlik jamiyati 
Toshkent shahrida yo‘lovchi tashish sohasida zamonaviy axborot-kommunikasion 
texnologiyalarining joriy etilishini izchillik davom ettirib bormoqda. Mamlakatimiz 
mustaqilligining 25 yilligini nishonlash arofasida Toshkent shahri yo‘lovchilariga qo‘shimcha 
qulayliklar 
yaratish 
uchun 
hamda 
jamoat 
transportida 
GPS-tizimining 
ishlashini 
takomillashtirishi maqsadida «Toshshahartransxizmat» aksiyadorlik jamiyati «Grand 
Technology System» dasturi ta’minotining ishlab chiqaruvchisinig hamkorligida testlashtirish 
rejasidagi «Tashbus»mobil ilovasini ishga tushirdilar.
 
Mobil moslamalaridan foydalanuvchilar «Tashbus» ilovasi yordamida avtobusning 
bekatga kelish vaqtini bilib olganlaridan keyin o‘zlarining yo‘lga chiqishlarini rejalashtira 
oladilar. Shu bilan birga ushbu ilova avtobusning on-layn rejimida Toshkent shahri elektron 
haritasida avtobus harakatini kuzatish imkoniyatini beradi. Hozirgi kunlarda mazkur ilova 
poytaxtagi barcha avtobus yo‘nalishini qamrab olgandir. 
Shuningdek, foydalanuvchilar ilova yordamida qo‘yidagi imkoniyatlarga ham ega: 
— tanlangan yo‘nalishdagi avtobuslarning harakatini kuzatish; 

avtobuslarning tanlangan bekatga kelishi vaqtiga oid ma’lumotga ega bo‘lish; 

tanlangan bekatdan qaysi yo‘nalishlar o‘tishi haqida ma’lumot olish; 

eng yaqinroqdagi avtobusning eng yaqin bekatgacha bo‘lgan oraliq masofasini 
(distansiya) bilib olish; 

jadallik imkoniyatiga ega bo‘lish uchun tanlangan yo‘nalishlar ro‘yxatiga yangi 
yo‘nalishlar qo‘shish va yana boshqa har-xil foydali funksiyalar. 


36 
Hurmatli yo‘lovchilar va mobil moslamalarning foydalanuvchilari! Hozirgi vaqtda ushbu 
ilovadan foydalanish imkoniyati Android moslamalarida mavjud bo‘lib yaqin kunlarda ilova 
Apple iOS asosidagi mobil vositalariga imkoniyatli bo‘ladi. 
Shuningdek tez vaqt ichida ilovaning veb-versiyasi www.tashbus.uz saytida yo‘lga 
qo‘yilib, internet-foydalanuvchilar ham jamoat transporti ishi haqida ma’lumotlarga ega 
bo‘ladilar va avtobuslar harakatini kuzata oladigan bo‘ladilar. 
Mobil ilovaning ishlashini takomillashtirish maqsadida Sizning «Tashbus» ilovasining 
ishlashiga oid taklif va mulohozalaringizni bilishdan behad minnatdor bo‘lardik. 
Izox, fikr-mulohozalarini, takliflarni dastur orqali yoki tashbus@tshtx.uz elektron pochta 
orqali jo‘natish mumkin. «Tashbus» ilovasini GooglePlay va AppleStore dan o‘tkazib o‘lish 
mumkin. (Ilovani yuklab olish tekin). 
Holus — mobil qurilmasida tasvirni «gologrammaga» aylantiradigan interaktiv tizim 
 
H+Technology kompaniyasi o‘zining — Holus deb nomlangan ishlanmasini taqdim etdi. 
Mazkur qurilma o‘ziga xos displey bo‘lib, unga mobil qurilmasini ulash va undan tasvirlarni 
olish mumkin. Ishlab chiquvchilar Holusni golografik platforma deb hisoblaydilar. 
Hozirgi kunda ishlab chiquvchilar Kikstarter maydonchasida qurilmani ishlab 
chiqarishga mablag‘ to‘plamoqdalar. Buning uchun 50 000 dollar zarur. Kompaniya Holusni 
ko‘ngilochar tizim deb hisoblaydi, HQ qurilmasidan qandaydir kasbiy soha va tijorat 
maqsadlarida ham foydalanish mumkin. Platforma datchiklar bilan jihozlangan bo‘lib, 
«gologrammaga» mo‘ljallanganligiga mos ravishda, foydalanuvchining harakatlarini kuzatib 
boradi. 
 
Bunda hammasi yaxshidek tuyuladi, biroq boshqa shunday holatlardagi kabi bu borada 
ham ko‘plab savollar tug‘iladi. Birinchidan, aynan qanday qilib, qurilma smartfondagi tasvirni 
«gologrammaga» aylantiradi. Bunda gap apparatda emas, balki dasturdadir. Ikkinchidan, 
videqo‘ng‘iroq bo‘lganda rolikda tizim qandaydir usulda abonentning uch o‘lchamli modelda 
tasvirlashga ulguradi. Uchinchidan, videodan olinadigan ayrim boshqa jihatlar, jumladan, 
qurilmaning o‘zaro ta’sir usullari ham shubhali tuyuladi. 
Bu savollarning barchasiga kelasi yil mart oyida aniq javob olish mumkin, sababi Holus 
savdoga chiqariladi. Tizim modifikatsiyasining narxi muvofiq ravishda (Pro versiyasi SDK 
ishlab chiqaruvchular komplektida oddiyroqlaridan HDMI porti mavjudligi bilan farq qilib) 


37 
$850dan $950gacha bo‘lib, bu arzon hisoblanadi. Ishlab chiquvchilar qurilma platformasidan 
turli boshqaruv sohalarida foydalanishni mo‘ljallaganlar. Masalan, Emotiv «fikr kuchi» bilan 
boshqariladigan boshqaruv tizimi yoki Leap Motion qurilmasi. 

Yüklə 80 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin