O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirl



Yüklə 80 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/110
tarix05.12.2023
ölçüsü80 Kb.
#173130
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   110
O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

 
NАZОRАT SАVОLLАRI: 
 
1.
Ovoz yozuvchi va ularga ishlov beruvchi dasturlar (Sound Forge)ni izohlang. 
2.
Tovush fayl formatlarini zichlashtirish qanday amalga oshiriladi? 
3.
Raqamli video tushunchasini tushuntirib bering..
4.
Windows OT muhitida ishlovchi video fayllarga ishlov beruvchi dasturlarni keltiring 
5.
Windows OT muhitida ishlovchi video fayllarga ishlov beruvchi dasturlardan 
foydalanishni tushuntirib bering. 
6.
Videomontaj va effektlar bilan ishlashni tishuntirib bering.
7.
Ulead Video studio dasturida ishlashni tasniflang. 
8.
Ulead Video studio dasturida ishlashdan samarali foydalanish yo’llari qanday?
9.
Ulead Video studio dasturida ishlashning imkoniyatlari haqida ma'lumotlar bering. 
TAYANCH IBORALAR: 
Kompyuter, dastur, Camtasia Studio, Adobe Captivate, mikrofon, qurilma, tasvir, 
jarayon, ovoz, vektor formati(SWF), audio materiallar, montaj qilish, qayta ishlash, effekt, 
tozalash, ovozni sozlash, audio fayl, format, wma, cda, mp3, mp4, wav, asf, rm, Sony 
SoundForge, Fruity Loops, GoldWave, WaveLaB. 
 
 
 


38 
6-MAVZU. O‘QUV WEB-KONTENTLARI YARATISHNING
DASTURIY VOSITALARI 
REJA:
1) O‘quv jarayonida axborot-kommunikatsiya va interaktiv texnologiyalardan 
foydalanish.
2) Web-1, WEB 2.0 va WEB 3.0 texnologiyalari, veb-servislar, AJAX, veb-sindikatsiya
(RSS va Atom texnologiyalari asosida), veb mash-up (iste’molchi meshaplar, ma’lumotlar 
meshapi, biznes-meshaplar), teglar, folksonomiya, Popfly Space, Microsoft Silverlight.
3)Off line rejimda (WYSIWYG Web.Builder va WebSite X5 Free veb muharrirlar)
shablonlar yordamida saytlar yaratish. On line da WordPress dasturi yordamida saytlar 
yaratish, publikatsiya qilish.
4) Saytning ko‘rinishiga ishlov berish. Saytning ustki qismiga rasmni joylashtirish. 
Rubrikalar va asosiy menyuni tayyorlash. Matnni kiritish va formatlash. Oynani qismlarga 
bo‘lish. Saytga rasm va video joylashtirish. Saytni sozlash (nastroyka), Schetchikni ishlatish. 
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: FSMU texnologiyasi, Blis-so’rov texnologiyasi, Qor bo’ron 
metodi, «Nima uchun?» sxemasi texnologiyasi, Insert texnologiyasi, “bilaman. bilishni xohlayman. bilib oldim” 
metodi, Klaster. 
Adabiyotlar: A1;A2; A4; Q1; Q2; Q3; Q4; Q5; Q6; E1; E2; 
Kompyuterning ta’lim-tarbiya sohasidagi ahamiyati beqiyos. U ta’lim tizimini ma’muriy 
boshqarishdan tortib alohida maktab faoliyatini tashkil etish, boshqarish, nazorat qilishgacha, 
o’quv fanlarini o’rganishni tashkil qilishdan tortib o’quvchilarning individual mashg’ulotlarini 
tashkil etishgacha bo’lgan muammolarni qamrab oladi. Kompyuter ma’lumotlarni saqlovchi, 
ularni qayta ishlovchi, turli shakl va usullarda o’quvchilarga yetkazuvchi o’ta qulay vosita 
sifatida tan olinmoqda. Ta’lim-tarbiya ishiga kompyuterlarning tatbiq qilinishini insoniyat 
tarixida kitobning paydo bo’lishi, uning o’rni va ahamiyatiga qiyoslash mumkin. Zero, kitobdan 
ma’lumotlarni saqlash va tarqatish maqsadida foydalanilsa, kompyuterdan dars jarayonida 
o’quvchilarga bilim berishda foydalaniladi. Ikkinchidan, kompyuterning ta’lim berishdagi 
vazifasi dars jarayoni bilan chegaralanmaydi. O’quvchilar u bilan mustaqil ishlab, hatto uyda 
ham bilim olishlari mumkin. Uchinchidan, kompyuter tarmoqlaridan foydalanish, masofadan 
o’qitish hozirgi kun uchun orzu bo’lmay qoldi. Bu nogiron bolalar uchun ta’lim olishning 
yagona imkoniyati, iqtidorli, o’ta qiziquvchan talabalar uchun mustaqil ta’lim olish vositasi. 
Kompyuterli o’qitishning afzalliklari juda ko’p: o’quvchilarda ma’lum malakalarni 
shakllantirish vaqti qisqaradi; mashq qilinadigan topshiriqlar soni oshadi; o’quvchilarning 
ishlash sur’ati jadallashadi; kompyuter tomonidan faol boshqarishni talab qilinishi natijasida 
o’quvchi ta’lim sub’yektiga aylanadi; o’quvchilar kuzatishi, mushohada qilishi qiyin bo’lgan 
jarayonlarni modellashtirish va bevosita namoyish qilish imkoniyati hosil bo’ladi; 
kommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda darsni uzoqdagi manbalar bilan ta’minlash 
imkoniyati hosil bo’ladi; kompyuter bilan muloqot didaktik o’yin xarakterini oladi va bu bilan 
o’quvchilarda o’quv faoliyatiga motivatsiya kuchayadi va hokazo. Shu sababli ta’limni 
kompyuterlashtirish muammolarini hal qilish bo’yicha barcha iqtisodiy rivojlangan 
mamlakatlarda, ular bilan bir qatorda respublikamizda ham turli yo’nalishdagi ilmiy tadqiqot 
ishlari o’tkazilmoqda. 
Manbalar tahlili shuni ko’rsatadiki, ta’limda kompyuterdan foydalanish o’quv 
predmetlarini o’qitish jarayonini kompyuterlashtirish muammolari bilan bog’liq holda 
kompyuterning o’quvchilar aqliy taraqqiyotiga ta’siri (B.F.Lomov, K.M.Gurovich); aqliy 
faoliyatni 
bosqichma-bosqich 
shakllantirish 
nazariyasi 
(P.Ya.Galperin, 
N.F.Talizina); 
dasturlashtirilgan ta’lim nazariyasi (B.P.Bespalko); inson-mashina o’zaro faoliyati nazariyasi 
(A.CHapanis, 
G.Pesk); 
kompyuter 
bilan 
foydalanuvchi 
muloqotini 
tashkil 
qilish 
(A.M.Dovgyallo); o’quv faoliyatini loyihalash (E.I.Mashbits); dastur vositalarini yaratishga 
qo’yiladigan ergonomik talablar (D.Meyter, N.Bondarovskaya) kabi qator muammolar tadqiq 
qilingan bo’lib, bizning tadqiqotimiz ularning u yoki bu jihatlari bilan bog’liq. Boshqacha 


39 
aytganda, yuqorida nomlari tilga olingan olimlarning tadqiqotlari bizning ilmiy izlanishlarimiz 
uchun nazariy asos sanaladi. 
E—mail bu ma‘lum elektron manzilga axborotni elektron usulda uzatish vositasidir. 
Elektron aloqa tushunchasi oddiy aloqa tushunchasiga o‘xshashdir. Haqiqatdan ham E—mail 
orqali xat jo‘natishda, siz oddiy xatdagidek satrlarni to‘ldirasiz, ya‘ni, yuboriladigan manzil 
yoziladi (faqat barcha nomlar va manzillar elektron holda bo‘ladi). Siz xatni «nusxalash»
orqali bir necha manzillarga jo‘natishingiz, hatto xatga faylni «qo‘shib» yuborishingiz mumkin 
va hokazo.
Elektron xatni jo‘natishdagi ishlar ham oddiy xatni jo‘natishga o‘xshaydi. Siz aloqa serveri 
(odatda ‘st offise protocol) bilan bog‘lanib, xatni «aloqa bo‘limiga olib borasiz». Keyin
aloqa serveri xatni manzillar serveriga uzatadi, u erdan manzili ko‘rsatilgan kishi xatni «olib 
ketishi» mumkin.
Elektron aloqa orqali ixtiyoriy ma‘lumotlar: matn, chizma, sxema, diagramma, rasm, 
jadval, musiqa va boshqalarni uzatish mumkin. Ma‘lumotlar ko‘rsatilgan manzilga bir
zumda etkaziladi. Ma‘lumot oluvchi bo‘lmagan vaqtda aloqa qutisiga ma‘lumotni qayta-qayta 
uzatish va saqlash imkoniyati mavjud. 

Yüklə 80 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin