34
So‘zlashuv
–
telefon raqami terilganda joriy mobil operator tayanch stansiyaning antennasi
chaqirayotgan va chaqirilayotgan abonentlarni aniqlaydi. SHundan so‘ng ushbu axborot uzib
ulagichga (kommutator) yuborilib ikkita abonent bog‘lanadi
va ushbu abonentlar orasida
so‘zlashuv (ma’lumot almashinish) amalga oshiriladi. YA’ni ikkita harakatlanuvchi abonentning
mobil telefonlar orqali o‘zaro muloqoti - so‘zlashuvdir.
Mobil Internet
– harakatdagi abonentlar uchun mobil aloqa tarmoqlari orqali Internet
resurslaridan foydalanish texnologiyasi. Mobil aloqa tarmoqlarida so‘rovlar va so‘zlashish
ma’lumotlari axborotlarning paketli ko‘rinishida uzatiladi. Bunda
yuqori darajali xizmatni
amalga oshirish, ayniqsa biznesni samarali boshqarish imkoniyati yaratiladi. Mobil Internetning
qulayligi shundan iboratki, bunda foydalanuvchining qaerda va qanday holatda bo‘lishidan qat’iy
nazar, u mobil aloqa tarmog‘i orqali Internet xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Mobil Internet xizmatidan foydalanish uchun maxsus simsiz modem qurilmasi yoki ushbu
xizmat yoqtirilgan mobil telefon bo‘lishi kerak.
Mobil pochta
-
Internet resurslaridan foydalangan holda abonentning mobil telefoni orqali
shaxsiy elektron pochta xizmatidan foydalanish imkoniyati. Bunda Internet tarmog‘i yordamida
oddiy elektron pochta xizmatidan foydalanish kabi mobil telefonlar
yoki boshqa mobil aloqa
vositalari orqali ixtiyoriy vaqtda ixtiyoriy joyda elektron pochta xizmatidan foydalanish, ya’ni
pochta xabarlarini olish, o‘qish va javob yo‘llash mumkin.
rasm. Mobil Internet.
Dostları ilə paylaş: