183
6.3. Qurg‘oshin tarkibli temir-tersak va chiqindilarni yallig‘-qaytaruvchi va
elektropechlarda pechlarda qayta ishlash
Hozirgi paytda dunyo bo‗yicha 4—7 mln t qo‗rg‗oshin ishlab chiqariladi.
Ishlab chiqarishning hajmi talablarga bog‗liqdir. Hajm bo‗yicha qo‗rg‗oshin 5-
o‗rinda turadi (temir, aluminiy, mis va ruxdan keyin). Qo‗rg‗oshin 30—50 foiz
ikkilamchi xomashyodan ishlab chiqariladi.
(a) (b)
6.15.(a,b)-rasm. Qurg‘oshin va uning qotishmasi
Xomaki qo‗rg‗oshin tarkibida zarra aralashmalari mavjud: mis,surma,
mishyak, rux, qalay, temir, vismut, oltingugurt, kumush, oltin va boshqalar. Undan
tashqari
unda mexanik aralashib, ajralib chiqmagan shlak komponentlari bor
(0,3—0,8% gacha). Zarra aralashmalarning umumiy yig‗indisi 2—10% ni tashkil
qiladi.
Qurg‘oshin tarkibli temir-tersak va chiqindilarni qayta ishlashda ikki kamerali
yallig‗-qaytaruvchi pechlar keng tarqalgan. Akkumlyator temir-tersak va
chiqindilar tarkibida Pb ni oksid hamda sulfid kimyoviy birikmalari uchraydi.
Ushbu birikmalarni eritish yallig‗-qaytaruvchi pechda xarorat 900
O
C dan 1050
O
C
bo‗lishi kerak.
Amaliyotda statsionar yoki buriluvchan yallig‗-
qaytaruvchi pechlar keng
ishlatiladi. Vannasining chuqurligi 400 mm ni tashkil qiladi. Statsionar yallig‗
qaytaruvchi pechda xomashyoni ishchi oynadan yuklanadi, erigan metall
kotyoldan, shlak esa to‗g‗ri oqimdan oqib utadi.
Yuklangan xom ashyoni eritish jarayoni boshlanganda pechda metall va ularning
184
birikmalarini yuqolishi, oksid va sulfidlarning dissotsiyalanish jarayoni boshlanadi.
900
O
C xaroratdan past xaroratda surma (III) sulfidi (Sb
2
S
3
) va surma (III)
oksidi
(Sb
2
O
3
) gaz xolatda chiqib ketishi kuzatiladi. 500-850
O
C xaroratdagi oralig‗da
Sb
2
S
3
va 873
O
C da Sb
2
O
3
bug‗ xolatda aylanadi. 1000
O
C xaroratda PbS gaz
xolatda utib 1100
O
C da esa bug‗ xolatda bundan tashqari qisman qalay (Sn) va
qalay oksidini uchuvchanligi oshadi. Akkumlyator temir-tersak va chiqindilar
tarkibidagi metall sulfid va oksidlari, 1100
O
C xaroratda Pb ni va Sb ni yuqolishi
ko‘p foizni tashkil etadi. Pb ni gaz bilan yuqolishini
kamaytirish maqsadida,
yuklangan xom ashyoni tez erishi va vannani chuqurligi yuqori bo‗lishi kerak.
Yuklangan materialning qizishi natijasida qurg‗oshin sulfatini, qurg‗oshin va
surmaning yuqori oksidlarining dissotsiyalanishi boshlanadi. Qurg‗oshin sulfatini
705
O
C xaroratda zudlik bilan dissotsiyalanishi boshlanadi ya‘ni
PbSO
4
+ PbS ↔ 2Pb + 2SO
2
Akkumlyator chiqindisini erishi natijasida pechda 2 ta faza: metallik va shlak
faza hosil bo‗ladi. Metallik fazadaga qurg‗oshin
va surmadan tashqari metall
qushimchalar, mis va qo‗rg‗oshin sulfidlari utadi. Shlak qatlami qurg‗oshin va
surma oksidlari, metall qo‗shimchalari oksidlari, metalmas qo‗shimchalari
eritmasidan iborat.
Eritish jarayonida metallni tiklash hamda metallarni
chiqindi gazlar bilan
chiqib ketishini oldini olish maqsadida flyus sifatida maydalangan kumirdan
foydalaniladi. Kumirni sarfi yuklanadigan massa miqdorini 3 % dan oshmasligi
kerak. 1% plavik shpati shlak bilan shixtani oquvchanligini
oshirish uchun
solinadi.
Xozirgi vaqtda
Dostları ilə paylaş: