6.5-jadval.
Ikkilamchi xom ashyoni minorali pechda
eritishdan hosil bo‘lgan mahsulotlarni kimyoviy tarkibi
Eritish
natijasida
hosil
bo‗lgan
mahxulot
-lar
Cu
Zn
Sn
Pb
Ni
SiO
2
CaO
FeO
Al
2
O
3
Qora mis
80-87 2-6 0,7-1,8 1-2
0,5-3,0
-
-
-
Shlak
0,7-0,8 6-9 0,1-0,2 0,2-0,5 0,03-0,2 23-29 8-14 35-40 9-13
Chang
10-15 25-30 0,2-0,3 3-4
-
15-20
2-3 10-12
3-5
Minora pechlarda eritishda 65-70 foiz qalay qora mis tarkibiga, 25-30 foizi
shlakka, 2-4 foiz chang va gaz tarkibiga o‗tadi. Qora misni konverterlashda qalay
tarkibli konvertir shlaklari olinadi va bu shlak tarkibidagi qalayning asosiy qismi
tozalab olinadi.
168
Pechning shaxta qismida erigan eritma, pech tindirgichida tindiriladi. SHlak
to‗xtovsiz shlak quyuluvchi kovshga to‗kilib turadi. Tindirilgan qora mis pech
o‗chog‗idan tuynuk orqali cho‗michga chiqib turadi.
Sinflarga bo‗lingan, sifatli mis tarkibli temir-tersaklar va chiqindilarning qayta
ishlash uchun xorijiy davlat korxonalari Asarko firmasi yaratgan minorali
pechlarni ishlatadi. Ular qiizdirilgan havo qo‗llanib, tabiiy gazda ishlaydi. Pechga
31 dona miqdordagi gorelkalar o‗rnatilgan. Ushbu gorelkalar pech balandligi
bo‗yicha to‗rt qator joylashtirilgan. Nisbatan o‗lchami katta bo‗lmagan pechlarda
(balandligi 9 m, yuqori qismini diametri 1,75 m), ishlab chiqarish unumdorligi 70-
75 t/soatni tashkil qiladi.
6.2.2. Qayta ishlash natijasida hosil bo‘lgan xomaki misni
konvertirlash va
rafinirlash (tozalash)
Qora misni konvertirlash, mis shteynlarini konvertirlashdan farq qiladi.
Shteynlarni konvertirlashda asosiy masalalar oltingugurtni gazga o‗tkazish, temirni
shlakka o‗tkazish va tayyor mahsulotdan xomaki mis olish bo‗lsa, qora misni
konvertirlashdan maqsad maksimal darajada metall aralashmalarini misdan
tozalash va standartga to‗g‗ri keladigan xomaki mis olishdir (6.11-rasm). Shu bilan
birga qora misni konvertirlash qayta ishlashni asl rafinirlovchi (tozalovchi) jarayon
deb bo‗lmaydi. Mis metallurgiyasida olovli rafinirlash jarayoni deyilganda, asosan
Cu
2
O + Me
2Cu + MeO
almashinish reaksiyasi bo‗yicha yuz beradigan aralashmalarni ajratish jarayoni
tushuniladi.
Qora misni konvertirlashda asosiy reaksiyasi, metallni kislorod bilan
to‗g‗ridan-to‗g‗ri o‗zaro ta‘siriga asoslangan:
Me + 0,5O
2
= MeO
Konverterga qora mis suyuq holda quyiladi, sinflarga ajratib tayyorlab
qo‗yilgan mis tarkibli temir-tersaklari va chiqindilari yuklanadi. Mis tarkibli temir-
tersaklar va chiqindilarga-parchalangan issiqlik o‗tkazuvchilar, kabellar,
elektrodvigatellar, mis o‗tkazgichlar, qirindilar, mis kuyindilari, skraplar va boshqa
169
misga boy qattiq materiallar kiradi. Flyus sifatida tarkibining 65-72 foizi SiO
2
bo‗lgan kvars solinadi. Suyuq vannaga 88-120 kPa bosimli havo purkaladi. Kerakli
temperaturagacha eritish va bir qancha aralashmalardan to‗liq tozalash uchun
konverterga koks solinadi.
Dostları ilə paylaş: |