O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti b. M. Ochilova axloq falsafasi



Yüklə 1,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/50
tarix02.01.2022
ölçüsü1,63 Mb.
#38460
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   50
157-Текст статьи-557-1-10-20200826

Keldi ashobi jahon avsofi g‘aflat mujibi,
Ne uchun kim uyqu hosil bo‘lg‘usi afsonadan.
Sidqu ixlos o‘lsa kimda jam’ o‘lur hosil murod,
1
  Yusupov  E.  Inson  kamolotining  ma’naviy  asoslari.-T:.Universitet,  1998.-
B.56.


109
Kim tug‘or mundog‘ o‘g‘il andog‘ atou onadan. 
Talab yo‘lida aylar kishida bo‘lsa gar ixlos, 
Murodu manzilig‘a bo‘lg‘usidir rahbari ixlos,
Komil axli aro albatta tobg‘ay rutbai oliy 
Maoniy kasbida har kimsakim qildi hunarga ixlos.
Etsang ixlosdin bir sidq ajab ermas
11
.
Yuqoridagi fikrlarda Ogahiy kishida ixlos bo‘lsa, u o‘zining 
murod- maqsadiga erishishi uchun katta imkoniyatlarga ega 
bo‘lishini alohida uqtiradi. 
Islom ilmi va ma’naviyatining mashhur namoyondasi So‘fi 
Ollohyor ilmu toliblarning ilmga bo‘lgan ixlosini ulug‘lar 
ekan, ayrim hollarda ana shunday ixlosmand muridlar yetarli 
emasligi uni tashvishlantirgan. 
Topilganda muningdek lujjai xos
Qani ixlosi ko‘p himmatli g‘ovvos,
Cho‘mib olg‘ay ilmga duru maqsud,
Va gar na, qo‘l solib qochmoq nechuk sud
2

Ixlosi murid avval ilm daryosiga cho‘mib maqsud injusi-
ni olur, shundan keyingina o‘zini ko‘ra. Chunki shayxning 
o‘zigagina qo‘l berib, majlisida turmay qochib ketmoqdan 
foyda yo‘qdir, shunday ekan, majlisda o‘tirishda davom qil
undan so‘ng, yetilib kamol toparsan. Demak, insonning ka-
molot yo‘li o‘z ustoziga, ilm va hunarga ixlos qo‘yishi bilan 
takomilga yetadi. Ilm-ma’rifatga ixlosmandlik mashhur mu-
tafakkirlarimizning hayoti va ijodining asosiy mezoni bo‘lgan. 
Ixlosning mukammal bo‘lishligida ibrat alohida o‘rin tuta-
di Chunki, fe’l-atvorni faqat pand-nasihat, dashnom, ma’ruza 
shakllantirmaydi, uni asosan munosabat va ibrat shakllanti-
radi.
1
  Ogahiy. Asarlar. – II-jild. – T., 1972. – B.267.  
2
  Risolai Aziza” – “Sabot ul - ojizin” shahri. –T.: A. Qodiriy nomidagi xalq 
merosi nashriyoti, 2000. –B. 244-245


110
“Boburning bir harbiy yurishi paytida qattiq sovuq edi. 
Sovuq shunday zo‘r ediki, hatto uning qo‘shinlaridan bir ne-
cha kishi sovuqdan o‘ladi. Shunda Bobur anhorning muzini 
sindirib, 16 marta suvga shung‘iydi. Boburning bunday jasorati 
tarbiya berish usuligina emas, balki tarbiya vositasi ham edi. 
Shuning uchun bayon etilgan voqea kutilgan natijani berdi. 
Bobur qo‘shinida tetiklik, quvnoqlik qaror topadi. Sovuqdan 
qo‘rqib, harbiy yurishdan bosh tortish kabi holatlarga chek 
qo‘yiladi. Olg‘a intilish kuchaydi
1
.
Keltirilgan  misolda  ibratni  inson  tarbiyasiga  ta’sirini 
muayyan bir qirrasi, ya’ni insonni inson orqali tarbiyalash o‘z 
aksini topgan.

Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin