O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti b. M. Ochilova axloq falsafasi



Yüklə 1,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/50
tarix02.01.2022
ölçüsü1,63 Mb.
#38460
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   50
157-Текст статьи-557-1-10-20200826

Adolat kategoriyasi. Ijtimoiy ravnaq butun inson jami-
yati murakkab, sermashaqqat tarixiy taraqqiyotning marka-
ziy o‘qini tashkil etib kelgan bo‘lsa, adolat orzusi, armoni, 
adolatga intilib yashash hamisha ushbu ravnaqning harakat-
lantiruvchi kuchi bo‘lib xizmat qilgan. Bashariyat ma’naviy 
hayoti tarixining eng mo‘tabar zarvaraqlari ham ayni ado-
lat masalasiga, uni odamzod turmushida qaror toptirish 
muammolarini hal etish yo‘llarini izlab topish masalalariga 
bag‘ishlangan. Mabodo, butun insoniyat sa’yi harakatlarining 
bosh mazmuni, ularning maqsad-muddaosini bir so‘z bilan 
ifoda etish zarur bo‘lsa, mazkur so‘z adolat tushunchasidan 
iborat bo‘lgan bo‘lur edi. U – adolatga erishishning birdan bir 
yo‘li, usuli, vositasi bilimda, aql-zakovatda, tafakkurda ekan-
ligini barcha zamonlar daholari tomonidan e’tirof etilishidir.
“Navoiy asarlari lug‘ati” da adl (adolatga) shunday ta’rif 
beriladi: qadru- qimmatda bir- biri bilan barobar bo‘lgan ikki 
narsa yoki ikki odamning har biri; tuya ustida ikki kajavada 
o‘tirgan ikki odamning har biri; monand, o‘xshash, teng. Adl 
– adolat, to‘g‘rilik, insof. Adlu- dod- adolat-insof”
3
 .
1
  Koshifiy. Axloq Muhsiniy, 20-bob. B.77
2
  G‘arb falsafasi.T:.O‘FMJ. 2004.-B..157–158.
3
  Navoyi asarlari lug‘ati. – T.: G‘. G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashri-
yoti. 1972. – B.30.


99
Falsafa qomusiy lug‘atida adolatga shunday ta’rif beriladi: 
“Adolat inson mohiyati va uning dahlsiz huquqlarini muayyan 
darajadan  tushinishga  muvofiq  keladigan  burch  to‘g‘risidagi 
tushunchadir. Adolat – axloqiy huquqiy shuningdek, sotsial 
– siyosiy ong kategoriyasidir, chunki u burchlilik nuqtayi na-
zaridan saqlab qolinishi yoki o‘zgartirilishi lozim bo‘lgan ijti-
moiy voqelikni baholaydi”
1
.
Ma’naviyat asosiy tushunchalar izohli lug‘atida “Adolat 
(arabcha odillik, to‘g‘rilik, hamma uchun barobar bo‘lgan ha-
qiqatning talab va tamoyillariga amal qilinishi) - insoniyatning 
azaliy orzusi, ezgu g‘oyasi, ma’naviyat, axloq va huquqning 
me’yoriy kategoriyalaridan biri” deb ta’riflanadi.
Yuqoridagi  ta’riflarga  ko‘ra  “Adolat”  tushunchasi  o‘zida 
tenglikning to‘g‘ri, haqiqiy va taqdirlashning zaruriy 
o‘lchovligini ifodalaydi. Bu kategoriyaning boshqalardan far-
qi shundaki, u jamiyatdagi mavjud axloqiy munosabatlarni 
nazorat qilib turadi. Shuning uchun ham u baholovchi axloqiy 
kategoriya hisoblanadi. 
Kunlardan  bir  kun  Konfutsiy  tog‘  yonidan  aravada  o‘tib 
borardi.  Qandaydir  ayol  qabr  ustida  dod  solib  yig‘lardi.  Kon-
futsiy hurmat yuzasidan aravaning old tomonidan engashib 
uning yig‘isiga quloq soldi. So‘ng o‘z shogirdini ayolning hu-
zuriga yubordi va u undan so‘radi:
–  Siz shunchalik qattiq kuyayotirsizki, birinchi marotaba 
qayg‘u chekmayotirsiz, shekilli?
– Xuddi shunday, – javob berdi ayol. – Qachonlardir bu 
yerda yo‘lbarsning changalidan qaynotam halok bo‘lgan. 
So‘ng esa bundan erim halok bo‘ldi. Endi esa bundan o‘g‘lim 
halok bo‘ldi.
–  Nima  uchun  bu  yerlarni  tark  etmaysiz? –  so‘radi  Kon-
futsiy.
–  Bu yerda adolatsiz hokimiyat yo‘q, – javob berdi ayol.
–  Buni  eslab  qol,  shogird,  –  dedi  Konfutsiy.  –  Adolatsiz 
hokimiyat – yo‘lbarsdan vahshiyroqdir.
1
  Filosofkaya ensiklopediya.-M., 1970.5-tom. -S. 119


100
Ushbu hikoyada adolat ijtimoiy va axloqiy zulmga qarshi 
kurashda hosil bo‘ladigan talabni o‘zida ifodalaydi.
Adolat – shaxs uchun ijtimoiy va umuminsoniy ma’nolarga 
ega eng muhim axloqiy sifat. Arastudan tortib Jon Rolzgacha 
bo‘lgan  faylasuflar  shaxsning  axloqiy  yetukligida  adolatning 
ahamiyati to‘g‘risida turlicha qarashlarni ilgari surishgan. 
Adolat odil bo‘lish lik, ya’ni yomonliklardan, zulmdan tiyilish, 
o‘zgalarga nisbatan nohaqlik qilmaslik, haqiqatparvar bo‘lish 
kabi go‘zal axloq ko‘rinishidir. Shu boisdan ham adolat ax-
loqshunoslikning asosiy kategori yasi sifatida umuminsoniy 
qadriyat darajasida o‘rganiladi. 
Aristotel’ tomonidan aytilgan “adolat, bu – qalbning 
 erishgan xossasi bo‘lib, u tufayli odamlar adolatli xatti-hara-
katlarga qobiliyatli bo‘ladilar va uning tufayli adolatli harakat-
lar qiladilar hamda adolatni hohlaydilar” degan hikmati bu-
tun insoniyat tarixi aslida adolatni anglash va ushbu  adolatni 
qo‘lga kiritish uchun kurash tarixidan iborat ekanligini isbot-
ladi. U shubhasiz, juda haq edi. Zero, inson doimo o‘zini erkin 
his qilishga, hur va mustaqil yashash, tahlikasiz turmush ke-
chirishga ehtiyoj sezadi. Shuning uchun insoniyat tarixining 
turli davrlarda jahonning barcha mintaqalarida  adolat uchun 
kurashning shaklan turlicha, mohiyatan o‘xshash bo‘lgan, 
mustaqil, erkin va farovon hayot kechirishga intilish hodis-
alari mavjud bo‘lgan. 
O‘rta  asr  Sharqining  buyuk  faylasufi  Abu  Nasr  Forobiy 
adolatning axloqiy jihatlariga e’tibor qaratgan. “Adolatlilik 
hammaga taalluqlidir, agar kishi o‘zining hamma faoliyat-
larida, boshqa birovlar bilan bo‘lgan munosabatlarida ado-
latli bo‘lsa, zo‘r fazilatdir. Boyliklarni taqsimlashdagi adolat-
lilik, o‘z ulushini saqlashdagi adolatlilik bu adolatlilikning 
eng ommaviy ko‘rinishlaridan biridir” va “Adolatlik, avvalo, 
shahar aholisining hammasiga tegishli bo‘lgan xayirli nar-
salarning to‘g‘ri taqsimlanishida va shu taqsimlangan boy-
likning to‘la saqlanib qolishida ifodalanadi. Bu xayirli nar-
salar, boyliklar, salomatlik, hurmat, ehtirom, martabalar va 
shunga o‘xshash boshqa narsalar bo‘lib, bulardan har bir ki-


101
shi o‘ziga yarasha bo‘lagini olishi kerak, bulardan ko‘p yoki 
oz olish adolatsizlikdir. Agar oz teksa u odamga nisbatan 
adolatsizlikdir, agar ko‘p olsa, xalqqa, ya’ni boshqalarga nis-
batan adolatsizlikdir. O‘z ulushini olgan har bir kishi uni 
ehtiyot qilib saqlashi kerak”, “Inson faoliyatining adolatga 
yaqinligi yoki uzoqligi, uning xulqiga, yashagan jamiyatiga 
bog‘liq.  Agar  unda  yomonlik  fikrlari  ozroq  bo‘lsa,  adolatga 
yaqin bo‘ladi, agar ko‘proq bo‘lsa, adolatlikdan, insofdan 
uzoqroq bo‘ladi”
1

Forobiy adolatga qobiliyatiga qarab taqsimlash va muhim 
masalalarda to‘g‘rilikka asoslanish hamda shartnomalarga so-
diq qolish xos ekanligini ta’kidlaydi. 
Yaxshilik  va  yomonlik,  ayniqsa,  adolat  va  adolatsizlikka 
yaqin  turuvchi  tushunchalardir.  Yaxshilik  va  yomonlik  iroda 
erkinligiga  asoslanadi  va  faqat  insonga  xosdir.  Yaxshilik  in-
sonning beshta ruhiy quvvatiga tegishlidir. Bular: aqliy naz-
ariy, aqliy amaliy, intiluvchi, tasavvur va his qilish quvvat-
laridir. Inson baxt-saodatni faqat aqliy nazariy quvvat orqali 
idrok  qilib  yetishadi.  Alloma  fikriga  ko‘ra  adolat  yaxshilik, 
donolik, saxiylik, shijoat va shunga o‘xshash tushunchalar bi-
lan o‘zaro aloqada bo‘ladi. Ezgulik, yaxshilik va adolat bitta 
maqsadga, ya’ni baxt-saodatga erishish vositasi bo‘lib xizmat 
qiladi.  Yaxshilik  va  adolatsiz  ijtimoiy  ideal  va  baxt-saodatga 
erishib bo‘lsaydi
2

Abu Nasr Forobiy adolatni mehribonlik bilan bog‘liq degan 
fikrni  ilgari  suradi.  Allomaning  talqinicha  mehribonlik  uch 
xil bo‘ladi. Birinchisi, Xudoga bo‘lgan mehribonlik, ikkinchisi, 
dunyoviy ishlarga mehr-muhabbat, uchinchisi esa, birinchisi 
bilan ikkinchisi o‘rtasidagi narsalarga bo‘lgan mehr-muhab-
batdir. Forobiy Allohga bo‘lgan mehr-muxabbatni asosiy deb 
ataydi. Keyingisi “dunyoviy ishlarga bo‘lgan munosabat, ya’ni 
saodatga erishuv haqidagi qarashlar tugallangan qarashlar 
1
  Forobiy. Risolalar. –T.: Fan, 1975.-B.115–116,128. 
2
  Аль-Фараби. Гражданская политика. Социально-этические трактаты. – 
Алма-Ата: Наука, 1975.С.114


102
deb atalib, ularga bo‘lgan mehr-muhabbat tugallangan mehr-
muhabbat deb ataladi”
1
O‘z davrida Jaloliddin Davoniy: «Adolat butun kamo-
lot majmuyi bo‘lsa, yomonlik uning aksi, ya’ni butun kam-
chiliklar majmuyidir»
2
, degan edi. Adolat shaxsda aqllilik, 
tenglik va mardlik xusu siyatlarini tarkib toptiradi. Faylasuf 
olim Jon Rolz ta’kidlaganidek, adolatli shaxs o‘z faoliyatida 
muammolar yechimini topishi, og‘ir paytda o‘zgalarga na-
muna bo‘lishi, insoniy fazilatlar bilan ularga ta’sir ko‘rsatishi 
kerak. 
Xusayin  Voiz  Koshifiy  adolatni  insoniy  fazilat  sifati-
da ifodalaydi. “Adolatning ma’nisi raiyat haqida barobarlik 
ko‘zlamoq bo‘lurkim to raoyo yo‘l tobmag‘ay adl aybidur-
kim mulkka oroyish berur va shuoyidurkim aning nuri birla 
qorong‘uli yorur va haq subhonahu taolo bandalarini adl si-
fatida buyurur”
3
Adolat shaxsning o‘zi va o‘zgalar uchun manfaat kelti-
radigan ax loqiy sifatga ega bo‘lishini anglatib, uning eng 
muhim komponent 
laridan biri aql hisoblanadi. Zero, aql 
insonni o‘zga mavjudotlardan ajratgan asosiy xususiyatdir. 
Sharq mutafakkirlari insonda aqlni o‘stirishda ikki masalaga 
e’tibor qara tishgan. Aql ikki xil bo‘ladi: tabiiy va kasbiy. Tabi-
iy aql tug‘ma bo‘ladi, kasbiy aql esa tajriba vositasida hosil 
qilinadi
4
. Buni shunday tushunmoq kerak: inson da aql tug‘ma 
bo‘ladi, shu sababli rivojlanib, mukammallashib borish xu-
susiyatiga ega. Tarbiya vositasida aql tuyg‘usi takomillashib 
boradi, yaxshi tarbiya olgan shaxsda aql kamolotga yetadi, 
tarbiya siz qolgan kishi aql tuyg‘usining dastlabki bosqichida 
qolib ketadi. Inson tug‘ma aql tuyg‘usini ilm-u hunar va kas-
bi bilan kamolotga yetkazadi. 
1
  Forobiy. Risolalar. T.: Fan, 1975.-B.115 
2
 Sharq donishmandlari hikmatlari. / Tuzuvchi Ahad Tursun. – T.: 
Sharq, 2006. – B.110
3
  Koshifiy. Axloqi Muhsiniy. 15-bob. –B. 60.
4
  Ibn  Muqaffa.  Muqaddima.  //  Kalila  va  Dimna.  –  T.:  G‘afur  G‘ulom, 
1977. – B.26


103
Adolatning ikkinchi komponenti tenglik, ya’ni inson-
ning o‘zgalar huquqini hisobga olishidir. Bunda inson o‘z 
haq-huquqining o‘zgalarda ham mavjud ekanligini his qiladi, 
umumiy manfaat uchun haq-huquqlarini me’yoriy darajaga 
keltiradi. Bu masala inson sha’ni bilan bog‘liq. Unga ko‘ra, 
inson tenglik tamoyiliga amal qilishi bilan o‘z sha’ni va or-
nomusini himoya qiladi. Chunki tenglik hukm sur gan joyda 
sotqinlik, xoinlik kabi yolg‘on ehtiroslar bo‘lmaydi. Sharq fay-
lasuflari  tenglik  axloqiy  xususiyatiga  amal  qilishda  odamlar 
ikki toifaga bo‘linishini uqtiradi: 
1. Hushyor odamlar. Bular xavf yuz bermasligi uchun 
o‘zgalar haqiga rioya qiladilar.
2. Tadbirsiz odamlar. Bular o‘z haq-huquqlariga mahliyo 
bo‘lib, chorasiz qoladilar. 
Adolatning uchinchi komponenti mardlik. Shu bois ham 
o‘z davrida Sa’diy Sheroziy mardlik adolatli bo‘lishdadir deb 
ta’kid 
lagan. Mardlik insonning xatti-harakatida jasoratlilik 
tuyg‘usining namoyon bo‘lishidir. Mardlik insonni o‘zgalar 
manfaati yo‘lida o‘z xatti-harakatlari bilan fidoyilik ko‘rsatishida 
namoyon bo‘ladi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov mardlik 
xususiyatiga ega kishilarni ma’naviy jasorat sohiblari deb ataydi.
Haqiqatan ham, mardlik insonning o‘z tuyg‘ularidan 
g‘olib ke lib, o‘zgalar mushkulini oson qilishga yo‘naltirilgan 
ma’naviy  quv vatdir.  Sharq  faylasuflarining  fikricha,  mard  in-
sonlar uch narsaga intiladi: yaxshi hayot kechirmoq, odamlar 
orasida yaxshi mavqega ega bo‘lmoq, savobli ishlar qilmoq. 
Buning uchun ular to‘rt vositaga tayanadi: halol mehnat bilan 
boylik  to‘playdi,  halol  boylikni  qanday  va  qayerga  sarflashni 
biladi, isrofgarchilikdan qochadi, odamlarga yordam berish 
bilan zavqlanadi. 
Rivoyat qilishlaricha, podshoh Jamshid shikorga ketayot-
sa, oldidan jannatsimon bir bog‘ chiqibdi. Yuz xil meva g‘arq 
pishib yotgan emish. Shoh bog‘bondan ichishga suv so‘rabdi. 
Bog‘bon uyiga kirib bir anorni siqqan ekan, piyola to‘la shar-
bat tushibdi. Keltirib Jamshidga beribdi. U bir simirib piyolani 
bo‘shatibdi.


104
–  Otaxon, bu bog‘ kimga qaraydi? – so‘rabdi shohanshoh.
– Hech kimga. Men parvarish qilaman, mevasidan el, 
o‘tgan-ketgan  musofirlar  bahramand  bo‘ladi,  -  javob  beribdi 
chol.
– Men Jamshidshoh bo‘laman. Shuncha katta bog‘ni bir 
o‘zingiz yeb yotmasdan, har yili podsholik xazinasiga yuz 
tangadan jarima to‘lab turing, – debdida yo‘lida davom etibdi 
shoh.
Jamshid ovdan qaytishida yana boqqa kirib, sharbat 
so‘rabdi. Bog‘bon o‘nta anorni siqqan ekan, bir qultumcha 
sharbat chiqibdi, xolos. Shoh bog‘bonning hayallagani sa-
babini so‘rabdi.
– Adl bilan el farovon, zulm bilan yurt xarob deganlar. 
Sendan zulm zohir bo‘lgani uchun o‘nta anorni siqsam ham 
yarim piyola suv chiqmadi, – debdi bog‘bon.
Jamshid qilmishidan pushaymon bo‘lib, uni jarimadan 
ozod qilibdi
1
.
Adolat, burch, mas’uliyat kabi axloqiy kategoriyalar mo-
hiyatiga ko‘ra huquqiy funksiyalarni bajarish xarakteriga ham 
ega. Adolat odil bo‘lish, ya’ni yomonliklardan, zulmdan ti-
yilish, o‘zgalarga nisbatan nohaqlik qilmaslik, haqiqatparvar 
bo‘lish kabi xususiyatlarni tarkib toptiradi. Adolatning yana 
bir muhim xususiya ti tenglik, ya’ni “... Insonning o‘zgalar 
huquqini hisobga olishidir”
2
.
Adolatning zidi jaholatdir. Jaholat insonda mol-u dun-
yoga o‘ch lik, o‘z nafsiga qullik, shahvatparastlik, amalpara-
stlik, badbaxtlik va razolatni hosil qiladi
3
. Jaholatning oldini 
oluvchi, himoya qiluv chi vosita adolatdir. Ota-bobolarimiz: 
“Ado latning bitta surati bor, zulm, jaholatning surati ming-
ta”, – deb bejiz aytishmagan. Chun ki adolat himoya qilin-
masa, uning uchun kurashilmasa, sog‘lom raqobat muhiti 
1
  Homidiy H. Qo‘hna Sharq darg‘alari. T:. Sharq,1999.-B.3.
2
  Qarang:  Novaya  filosofskaya  ensiklopediya.  4-x  t. –  M.:  Mыsl,  2001. 
– S. 180.
3
  Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. – T.: YOzuvchi, 1993. – B.162


105
yo‘qoladi. Xalqning ahvoli adolat bilan yaxshilansa, jaholat 
bilan yomonlashadi. Shuning uchun ham Sohibqiron Amir 
Temur “Kuch adolatdadir” degan shiorni diliga jo qilgan. 
Demak, adolat va burch kategoriyasi shaxsning ax loqiy 
shakllanishi hamda faoliyatida muhim ahamiyatga ega. 
Ado lat va burchga ega shaxsga har bir jamiyatda zaruriyat 
seziladi. Hozir gi kunda shaxsning ma’naviy-axloqiy kamo-
lotida adolat va burch fazilati muhim o‘rin tutib, u ijtimoiy 
hayotda kechayotgan jarayonni to‘g‘ri anglash imkonini be-
radi.
Mas’uliyat adolatli bo‘lishning mezoni sifatida namoyon 
bo‘ladi. Chunki mas’uliyat ma’naviy xatti-harakat asosida 
shaxsda uch sifatni hosil qiladi: vujud pokligi, mustahkam 
iroda, maqbul fe’l-atvor. 
Mohiyatiga ko‘ra huquq ham o‘z o‘rnida mas’uliyat ham-
dir. Huquq mas’uliyatsiz, mas’uliyat esa huquqsiz ya shay 
olmaydi. Bularning birini ikkinchisidan ajratish mumkin 
emas. Chunki huquq 
siz mas’uliyat qullik, tobelik bo‘lsa, 
mas’uliyatsiz huquq boshbosh doqlikdir. Shuning uchun ham 
huquq deganda mas’uliyatni, mas’uli yat deganda huquqni 
tushunish  kerak.  Yuqorida  ta’kidlaganimizdek,  huquq  chi-
nakamiga huquq darajasiga ko‘tarilmog‘i uchun erkinlik-
ka tayanmog‘i lozim. Aniqroq qilib aytganda, erkinlik va 
mas’uliyat biri ikkinchisi bilan qo‘shilsa, biri ikkinchisi bi-
lan qorishib aralashib ketsa, o‘shanda chinakamiga huquq 
borlig‘i vujudga keladi. 
Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, kimki hech qan-
day huquqqa ega bo‘lmasa, unda hech qanday mas’uliyat 
bo‘lmaydi va aksincha
1
.
Mazkur  holatni  nemis  faylasufi  F.  V.  Gegel  oiladagi  ota 
mas’uli 
yati va huquqi misolida izohlashga harakat qiladi. 
“Ota bo‘lish, – deb yozadi mutafakkir, – oila a’zolari oldidagi 
mas’uliyatdir. Ushbu mas’uliyat nafaqat bolalarni tinglash, 
1
  CHoriev A. Inson falsafasi. II. Mustaqil shaxs. – T.: CHinor ERK, 2002. 
–B. 172


106
ularga quloq solish, balki ular ni erkin kishilar qilib tarbiyalash 
huquqi otada mavjud ekanligidan ham dalolat beradi”
1
.
Demak, mas’uliyat va huquq inson faoliyatida amal qiluv-
chi uyg‘un tushunchalardir. Garchi huquq ijtimoiy, mulkiy, 
siyosiy va, aytish mumkinki, mafkuraviy jarayonlar hosilasi 
bo‘lsa-da, u jami yatdagi har bir fuqaroning ongi va qalbidan 
o‘tgandan so‘nggina muayyan mazmunga ega bo‘lib, davlat 
va jamiyat hayotida muhim o‘rin tuta boshlaydi. Ayniqsa, res-
publikamiz kelajagini ta’minlov chi yoshlarning huquqiy savi-
yasini yuksaltirish o‘z xatti-harakatlari, faoliyatlarini ehtiros-
lar yoki istaklarga erk berish asosida emas, bal ki munosabat 
asosida yo‘lga qo‘yish g‘oyat muhimdir.
Jamiyatning taraqqiyot bilan doimiy munosabatini ush-
lab turuv chi, insonning o‘z-o‘zini anglab, har bir harakatini 
ma’naviy faoli yatga muvofiqlashtiruvchi eng muhim va umu-
miy xususiyat – bu uning faolligidir. 
Shaxs, uning ongi va o‘z-o‘zini anglash muammolari 
uning faol ligi, u yoki bu faoliyat turlaridagi ishtiroki va 
uni uddalashi kabi bir-biri bilan aloqador sifatlari orqali 
bayon etiladi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Pre-
zidenti  Islom  Karimov  qayd  etganidek, “Har  kuni,  har  so-
atda fidoyi bo‘lish, o‘zini tomchi va tomchi, zarrama-zarra 
buyuk maqsadlar sari charchamay, toliqmay, tinimsiz sa-
farbar etib borish, bu fazilatni doimiy, kundalik faoliyat 
mezoniga aylantirish – haqiqiy qahramon lik, aslida, mana 
shu”
2

Bugungi rivojlanish jarayonida shaxsning adolat, burch va 
mas’uliyat kabi axloqiy sifatlarning sohibiga aylanishi dolzarb 
ma salalardan biri bo‘lib turibdi. Chunki O‘zbekiston jamiya-
tining ho zirgi taraqqiyot bosqichida ikki jihat ko‘zga tash-
lanmoqda: birinchi si, jamiyatning ma’naviy-axloqiy muhiti 
shaxsga keng imkoniyat lar berayotganligi; ikkinchisi, shaxs-
1
  Гегель Г. Ф. Сочинения. Том 3. – М., 1956. – C. 294.72 
2
  Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 
2008. – B.165


107
ning o‘z faoliyati bilan jamiyat ma’naviy-axloqiy muhitiga 
ta’sir o‘tkazayotganligi. 
Ma’lumki, odamning asosiy qadri mehnat va unga muno-
sabat bilan belgilanadi. Jamiyat va davlat tomonidan odam 
mehnatiga beriladigan munosib baho sotsial adolatning 
amalda namoyon bo‘li shi, axloqning barqaror tus olish omi-
lidir. Demak, shaxs va jamiyat takomilida o‘zaro uyg‘unlik 
yo‘nalishi mavjud. Biroq bu o‘rinda shaxsning eng muhim ax-
loqiy sifatlariga ega bo‘lishi hamon asosiy masalalardan biri 
bo‘lib qolmoqda. Bugungi shaxs axloqiy kategori 
yalarning 
adolat, burch va mas’uliyat sifatlarisiz komil inson bo‘la ol-
maydi. Aslida, bu sifatlarda ijtimoiy ma’no nisbatan ustuvor. 
Le kin ularning zamirida ma’naviy-axloqiy baholash elementi 
ilk rejada turadi.
Inson nimaga e’tiqod qilayotganini, nimaga ishonayot-
ganini, nimaga intilayotganini, xulq-atvori va vijdonni nima-
ga moslashtirish lozimligini anglab yetishi va bilishi lozim. 
Bu uning ixlosida ko‘rinadi.
Ixlos kishining ijtimoiy voqelikdagi hodisa jarayonlarga 
munosabati, qiziqishi, ishtiyoqi, ishonchi negizida shaklla-
nadigan, imoni, e’tiqodi, diyonati asosida takomillashib borib 
faoliyatga yo‘nalish beruvchi botiniy tuyg‘u, intilish, maqsad-
lar mujassamidir.
E’tiqod insonning xulq-atvori va xatti-harakatining birli-
gini ifodalovchi integrativ tushunchadir. O‘z navbatida e’tiqod 
inson xatti-harakatining yo‘nalishini belgilovchi asosiy 
ko‘rsatkichdir. E’tiqodning takomili – imonning basalomatligi 
bilan bog‘liq. Imon-e’tiqod axloqiy qadriyat sifatida insonni 
turli hayot qiyinchiliklariga duch kelganda ham o‘z insoni-
yligini saqlab qolishda, qiyinchiliklarni yengishda kuch bax-
shida etadi, uni ruhiy tushkunlikdan saqlaydi.
Etiqod muayyan falsafiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, estetik, 
diniy g‘oyalar va qarashlarning inson ongiga singib,  uning 
tafakkur uslubi va faoliyatiga yo‘nalish beruvchi mezonga 
aylanishi hamdir. Har qanday ijtimoiy g‘oya, axloq-odob 
tizimi inson tomonidan muayyan maqsadlar va ehtiyojlar bi-


108
lan bog‘liq ravishda anglanilib, ongiga chuqur singib, uning 
faoliyatiga maqsad va yo‘nalish beradigan ma’naviy zamin 
bo‘lgandagina e’tiqodiga aylanadi. Etiqod biror ishni amalga 
oshirish yoki maqsadlar tizimini aniqlashda kishiga ishonch, 
umid baxsh etadi.
1
Ixlos bo‘lmagan joyda e’tiqod ham bo‘lmaydi. E’tiqod mil-
liy va umuminsoniy qadriyatlarga inson aynan ixlos qo‘yish 
vositasida bog‘lanadi, uning sharofati bilan hayotiylashadi. 
Ixlos tufayli e’tiqod aqliy hodisadan ko‘ngil hodisasiga ayla-
nadi. E’tiqod, shuningdek, ixlos orqali xoslashgan (individual) 
shakl oladi, muayyan shaxsning etiqodiga aylanadi. Ixlos ilm 
va ishonch kabi e’tiqodning uzviy tarkibiy qismidir.
Ixlos insonda shakllanayotgan muayyan qiziqishni o‘zida 
aks ettiradi. Qiziqishning ixlosga aylanishi murakkab amaliy- 
ruhiy sinovlar orqali yuz beradi hamda bevosita o‘sha kishi-
ning manfaat va maqsadlarini ham o‘zida mujassamlashti-
radi. Demak, ixlos shaxsda, avvalo ehtiyoj, qolaversa, tinim-
siz mehnat, mashaqqatlarga chidamlilik, iroda hamda oldiga 
qo‘ygan maqsadga erishishdagi qatiylik asosida shakllanadi.
Har sohada halollikni ustuvor bilish - ixlos shakllanishini 
ma’naviy-ruhiy asosini tashkil etadi. Aynan halollik insoniy 
fazilat sifatida ixlosning shakllanishi va takomilida muhim 
o‘rin tutadi.
Ixlosni bir qator kategorial tushunchalarga: insonning in-
songa ixlosi, do‘stga ixlos, ustozga ixlos, ilmga ixlos, kasb-
kor ga, xunarga ixlos, san’atga ixlos, dinga ixlos, tadbirkorlik-
ka ixlos kabi turlarga ajratish mumkin.
Ma’rifatparvar mutafakkir Muhammad Rizo Ogahiyning 
qarashlarida ilmga ixlos ulug‘langan: 

Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin