Buyuk alloma Nizomiy Ganjaviy:
Sabr qilsang agar sabrdan beshak,
Davlating ko‘payar, bunga qilma shak.
Sabringni qilmagil sust ila malol,
Oxista yor bo‘lar baxt ila iqbol!
Sabrni o‘zingga ayla-yu shior,
Va sabr yo‘lida turgil barqaror.
Sabr insoniy fazilatlardan biri bo‘lib, hayotda yuzaga ke-
ladigan qiyinchilik va muammolarni vazminlik bilan qarshi
olish, ya’ni toqatlilik va qanoatdir. Sabrning asosida inson
irodasi turadi. Inson har bir narsada sabr - toqatli bo‘lsa, u
oxir oqibatda maqsadiga etadi.
Abdulla Avloniy buni she’r orqali quyidagicha tavsiflagan:
Sabr ila har mushkil ish zoyil bo‘lur,
Sabr eldan maqsudina noyil bo‘lur.
Har kishida bo‘lmasa sabri jamil,
Nafs ko‘yina yurub soyil bo‘lur.
Sabr qilsang, go‘radan halvo bitar,
Sabrsizlar o‘z oyog‘idan yitar.
Avf – kechirimli bo‘lishdir, kechirish ham insoniy fazilat-
dir. Kechirishning ma’nosi shuki, u biror kishining bilib yoki
bilmay qilgan xatosi yoki gunohini anglagan holda, ozor
bermay, kechirishdir. Avf qila olish qalbi pok, aql-farosatli
1
Ma’naviyat asosiy tushunchalar izohli lug‘ati. T., 2009. -B.499.
116
kishilarga xos fazilatdir. Gunohkorni avf etish, ayniqsa, rah-
barlarga, mamlakatni idora etayotgan kishilarga obro‘- e’tibor
keltiradi. Avf eta olish fazilati har bir inson uchun ham xos
bo‘lishi kerak.
Uch xislatga ega bo‘lmoq oliy darajaga etmoqdir. Birinchi,
senga sitam qilgan kishini kechirmoq. Ikkinchi, senga yomon-
lik qilgan kishini yomonlab yurishdan tiyilmoq. Uchinchi, yo-
monlik qilganga yaxshilik qila bilmoq:
Mehrsiz, ginachi dushman dinini
To‘ldirsang mumkindir sen ehtiromga
Ovchini ko‘rgilu ibrat ol undan,
Don bilan tushirar domga
1
.
Kamtarlik – axloqiy fazilatlarning eng muhimlaridan biri,
inson o‘zini oddiy, kamsuqum tarzda tutishi, boshqalarning
izzat va hurmatini joyiga qo‘yishidir. Koshifiyning fikricha,
kamtar bo‘lish baland martabaga erishmoqning sababidir. U
podsho Nafl ibn Ahmadning o‘g‘liga nasihatini keltiradi: “Ko‘p
mashaqqat bilan qo‘lga kiritilgan mamlakatim uzoq saqlani-
shi uchun sen, avvalo, xazinaga e’tiqod qo‘ymaysan. Lash-
karga ishonmaysan, tavozeni ziyoda qilasan. Agar o‘zingni
past tutib, tavoze bilan muomala qilsang, insonlarning ko‘ngil
qushi sening tuzog‘ingga ilinadi va hech qachon farmoning-
dan tashqari chiqmaydi.
Tavozedur ko‘ngulga ro‘shnolik,
Topar begona andin oshnolik.
Tavoze kishini davlatmand etgay,
Tavozelik kishi izzatga etgay.
2
1
Mashriqzamin – hikmat bo‘stoni. –T.: SHarq, 2008.-B.189
2
Mahmudov R. Degonimning ulusg‘a marg‘ub et. –T.: O‘zbekiston, 1992.-
B.73.
117
Inson o‘zini boshqalardan ortiq deb bilmasligi, o‘zini aqlli,
o‘zgalarni aqlsiz deb tasavvur qilmasligi, har qanday yaxshi
ishni o‘ziga loyiq va o‘zgalarga noloyiq deb hisoblamasligi
zarur. Bordi-yu yuqorida aytilganlarga yo‘l qo‘ysa, demak, bu
nokamtarlik bo‘ladi.
Nokamtarlar o‘z kamchiliklarni ko‘rmaydilar, ko‘rsalar
ham uni kamchilik deb hisoblamaydilar yoki tan olishni is-
tamaydilar.
Saxiylik - insonning eng yuksak fazilatidir. “Saxiylik
- qaytarishni talab qilmaydigan ehsondir. U riyokorlik va
ta’magirlikdan uzoqdir. Rivoyat qilishlaricha, Iskandar Arastu-
dan so‘raydiki: “Dunyoning saodati nimadandir?- Sahovat va
ehsondan, - javob beradi Arastu. Kishilar sahovat va ehson-
ning qulidir. Sahovatlilik - bu oliy himmatlilikdir. Koshifiy
ayt ganidek: “Zarni xor bilgan har bir saxiyni zamonasi aziz
deb biladi”
1
.
Xalq maqollarida saxiylikni axloqiy qoidalari aniq ifo-
dalangani kuzatiladi:
“Saxiy berganini aytmas”, “Saxiyning qo‘li ochiq, qo‘li
ochiqning yo‘li ochiq”, “Saxiy topsa, bo‘lib er, baxil topsa, bo-
sib yer”.
Rostgo‘ylik- kishidagi yaxshi xislatlardan biri hisoblanib,
u insonning o‘z qadr-qimmatini to‘g‘ri tushunish va nuqson-
larni to‘g‘ri ko‘rsata olish ehtiyoji tufayli yuzaga kelgan ax-
loqiy fazilatdir. Rostgo‘ylik insondan sabr-toqat, matonat va
jasoratni talab qiladi. Rostgo‘y inson qo‘rquvdan forig‘ bo‘ladi,
har qanday holatda vijdoniga qarshi bormaydi, kimlarningdir
ko‘ziga qarab ish tutmaydi, yaqinlari yoki hamkasblarini xafa
qilishdan, o‘z moddiy manfaatdorligiga zarar yetkazishdan
cho‘chimaydi.
Rostgo‘y inson aziyat chekishi, ta’na-dashnomlarga qolishi
mumkin. Lekin bularning hammasi bir odamga yoki muayyan
guruhga voqelikni asl holida yetkazganidan, ularni noto‘g‘ri
1
Mahmudov R. O‘rta Osiyo mutafakkirlari ahloq-odob haqida. –T.:
O‘zbekiston. 1990. B.19.
118
yo‘lga solib yubormaganidan qalbida paydo bo‘lgan ma’naviy
qoniqish hissi, xotirjamlik va orom tufayli yuvilib ketadi, ichki
quvonch unga baland ruh bag‘ishlaydi
1
.
Rostgo‘ylik - halollikning bir ko‘rinishi. Rostgo‘ylik so-
diqlikni, ko‘ngli ochiqlikni, dangalchilikni, qat’iyatlilikni ham
anglatadi.
Rivoyatlarga ko‘ra qadimgi Turon mamlakatining adolatli,
ma’rifatli bir podshohi bo‘lgan ekan. Yurti obod, xalqi farovon
bu yurt podshohining farzandi yo‘q bo‘lib, o‘zi ham, xalqi ham
bundan aziyat chekar ekan. Nihoyat podshoh bir to‘xtamga
kelibdi va mamlakat aholisiga rostgo‘y bolani farzand qilib
olishi xususida xabar berib, buni bir sharti orqali amalga
oshirishini bildiribdi.
Erta tongda maydonga yig‘ilgan bolalarning har biriga
gul urug‘larini tarqatibdi. Shu urug‘larni yaxshi parvarish
qilib, chiroyli o‘stirgan bolani o‘g‘il qilib olishini aytib, bir oy
muhlat beribdi.
Bir oydan keyin maydonga yig‘ilgan bolalar olib kelgan
bir-biridan go‘zal gullarni ko‘zdan kechira boshlabdi.Barcha
bolalarning idishlaridagi gullar rango-rang bo‘lib tovlanib tu-
rardi. Faqat yig‘lab turgan bir bolani qo‘lidagi gul idishi bo‘sh
ekan.
Podshoh shu bolani farzandlikka olishini bildirbdi. Bundan
hayron bo‘lgan xalqiga podshoh shunday izoh beribdi: Barcha
bolalarga tarqatilgan gul urug‘lari qaynatilgan edi, demak ular
ko‘karmasdi. Bu bola rostgo‘yligi uchun boshqa urug‘ olib, gul
o‘stirishga harakat qilmagan, men bergan urug‘ni almashtir-
may parvarishlashga harakat qilgan. Qolgan barcha bolalar
yolg‘on ishlatib, boshqa urug‘dan gul o‘stirib olib kelishgan.
Xalq bu xikmatdan quvonib, bolani voris deb tan olishibdi.
Shijoat - botirlik, jasorat, dovyuraklik ma’nolarini an-
glatadi. Shijoatli odamni hamma o‘ziga do‘st sanaydi. O‘z
navbatida, bu ancha ko‘p qirrali va murakkab fazilatlardan
biri, chunki har qanday xizmat va qahramonlikni ham shijoat
1
Ma’naviyat asosiy tushunchalar izohli lug‘ati. T., 2009. -B.496.
119
deb bo‘lmaydi, balki adolat qonunlariga asoslangan, jamiyat
manfaatini nazarda tutgan xatti - harakatlarnigina shijoatga
kiri tish mumkin Husayin Voiz Koshifiy “Axloqiy Muxsiniy”
asarida yozganidek:
Dostları ilə paylaş: |