124
4. So‘zlarni chiroyli va gapni go‘zal chiqarmoqchi bo‘lish
Dushmandan o‘ch olish maqsadi.
5. O‘z obro‘sini orttirish maqsadi.
Yolg‘onchidan hamma jirkanadi, uning gapiga hech kim
ishonmaydi, u kishilar nazaridan qoladi. Shuni ham unutmas-
lik kerakki, ayrim paytlarda yolg‘on va yolg‘onchilik orasida
o‘ziga xos farq mavjud bo‘ladi. Ayrim
holatlarda majburan
yolg‘on gapirish oqlanishi, ayrim hollarda esa albatta shart
bo‘lishi mumkin. Bosqinchilar qo‘liga tushgan asirning yolg‘on
ma’lumot berishini qoralab bo‘larmikan? Agar shifokor bemor
manfaatini ko‘zlab, unga noto‘g‘ri gapirsa, uni hech qoralab
bo‘lmaydi.
Ma’lumki, yovuz niyat bilan yolg‘on
gapirish bor, lekin
“yolg‘on” va “yolg‘onchilik” tushunchalari bir-biridan farq
qiladi. Yolg‘on-me’yorning bir marotabalik tasodifiy buzili-
shi, yolg‘onchilik bo‘lsa - sifat tabiatli belgi, me’yorning ko‘p
marotalab buzilishidir. Biz yuqorida aytib o‘tgan hollarda
yolg‘onga yo‘l qo‘yish mumkin, lekin yolg‘on
gapirish odat
bo‘lib ketmasligi, yolg‘onchilikka aylanmasligi, fe’l- atvor bel-
gisi bo‘lib qolmasligi kerak.
Yolg‘on beviqor qilur odamni,
Yolg‘on sharmisor qilur odamni
1
.
Kunlardan bir kuni bir kishi Ulug‘bek Mirzo huzuriga kelib
arz qilibdi:
- Ey podshohi olam! Men Samarqanddan Buxoroga safarga
chiqqanimda hamyon-xaltamda ming tanga pulim bor edi.
Shahardan chiqib ikki farsax (16 kilometr) yo‘l yurgach, bir
daraxt soyasiga – suv bo‘yiga dam olgani o‘tirdim. Men endi
ovqatlanayotgan edim, shaharga ketayotgan bir do‘stim paydo
bo‘lib qoldi.Hamyonni o‘zim bilan eltishni lozim ko‘rmadim-
da, uni haligi do‘stimga berib, shaharga borgach, uyga eltib
berishini iltimos qildim. Safardan
qaytib kelgach, bilsam o‘sha
1
Homidiy H. Ko‘hna Sharq darg‘alari. T:.Sharq,1999.-B.178
125
do‘stim hamyonni uyimga eltib bermabdi. Uning oldiga borib
omonatimni so‘radim.
– Men seni ham, hech qanaqa daraxtni ham ko‘rgan
emasman,javob berdi u.
Ulug‘bek Mirzo o‘sha odamni chaqirib keltiribdi.U “men
u daraxtni ham, bu odamni ham ko‘rmaganman”deb so‘zida
qat’iy turib olibdi.
Ulug‘bek Mirzo da’vogarga “o‘sha daraxtdan uch-to‘rt
barg keltirgin, men uning vositasida haqiqatni aniqlayman”,
debdi. Da’vogar yo‘lga tushishi bilan
shoh uning sherigiga bir
hikoyatni ayta boshlabdi. Voqeaning eng qiziq joyiga borgan-
da shoh:
– Davogar o‘sha daraxtning oldiga yetib bordimikan? –
deb savol tashlabdi.
Hikoyatni zavq bilan tinglayotib, g‘aflatda qolgan haligi
kishi bexosdan:
– U daraxt shahardan ancha uzoqda, hali yetib bormagan
bo‘lishi kerak, – debdi.
Ulug‘bek Mirzo “men
bu odamni ham, daraxtni ham
ko‘rmaganman” – demabmiding, qanday qilib do‘stingni u
yerga yetib bormaganini bilding, – deb so‘rabdi.
U kishi yolg‘oni fosh bo‘lganidan qattiq o‘sal bo‘libdi va
omonatni egasiga qaytarib beribdi
1
.
Yolg‘onning zararlari:
1. Yolg‘on o‘z easini parchalaydi.
2. Yolg‘on muruvvat, jamol va chiroyni ketkazadi.
3. Yolg‘on aql o‘g‘risidir.
4. Yolg‘on diynu dunyoni buzadi.
5. Yolg‘on pastkashlik alomatidir.
Dostları ilə paylaş: