O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti b. M. Ochilova axloq falsafasi


Axloqiy qadriyatlar, ularning o‘ziga xos xususiyati



Yüklə 1,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/50
tarix02.01.2022
ölçüsü1,63 Mb.
#38460
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   50
157-Текст статьи-557-1-10-20200826

Axloqiy qadriyatlar, ularning o‘ziga xos xususiyati. Ax-
loqiy qadriyatlar insoniy fazilat va xislatlar uyg‘unligini o‘zida 
mujassamlashtirgan, jamiyatdagi ijtimoiy tartiblar, huquq, 
odob normalarini anglash, unga rioya qilish hamda qadrlash 
asosida takomillashib boradigan umuminsoniy fazilatning 
ham fikriy, ham amaliy me’yorlari majmuidir.
Axloqiy fazilatlar tabiatini teran tahlil qilgan Arastu 
fik richa,  axloqiy  fazilat  ruhning  holati  bo‘la  olmaydi,  uni 
insonlarga tabiatning o‘zi bermaydi, balki tabiat fazilatli 
bo‘lishning imkoniyatlarini yaratadi, xolos. Barcha axloqiy 
fazilatlar – adolat, do‘stlik, muhabbat, mardlik, mo‘tadillik, 
sahiylik, sulhparvarlik, xushfe’llik va hokazolar faqat inson 
faoliyatida namoyon bo‘ladi. Axloqiy fazilat – faoliyat, xatti-
harakat demakdir. Adolatli ishlarni bunyod qilish bilan odam 
adolatli bo‘lib boradi, mardona harakat bilan mard bo‘ladi. 
Odam jamiyatda yashagani sababli uning axloqiy fazilatlari 
hech qachon sof, xolis holda namoyon bo‘lmaydi, balki faqat 
ijtimoiy faoliyatdagina amalga oshadi. Shuning uchun barcha 
axloqiy fazilatlar – ijtimoiydir
2
.
1
  Mirzaev I. Bobur marifati.-T:. O‘qituvchi, 1996.-B.67
2
  Qarang:  Sharq falsafasi qadriyatlari va ularning O‘zbekiston manaviy hayo-
tidagi o‘rni. T:.TDSHI, 2009.-B.129.


111
Har qanday ma’naviy axloqiy yetuklik kishidagi o‘ziga 
xos axloqiy fazilatlar va xususiyatlar mushtarakligi asosida 
ilg‘ab olinadi. Abu Nasr Forobiy bu xususda shunday yoza-
di: “Fazilat muayyan bir mantiqiy mazmunda ifodalangan 
mavhum tushunchagina emas, balki odamning go‘zallikka, 
yaxshilikka erishishi uchun qilinadigan faoliyati va xatti-
harakatlarining aniq ifodasi hisoblanadi”
1
. Allomaning fikri-
cha, odamni yaxshi ishlarni qilishga va go‘zal xulqlar sohibi 
bo‘lishga davat etuvchi ichki (axloqiy) sifatlar fazilatlar deb 
ataladi.
Xislat kabi fazilat ham ijtimoiylik va tarbiya mahsuli-
dir, ammo fazilatning xislatdan farq qiluvchi jihatlari bor. 
Fazilat nafaqat ijtimoiylik, balki tarixiylikni ham o‘zida mu-
jassamlashtirib, har bir davrda kishilar tomonidan axloqiy 
fazilatlarga umuman bir xil talab qo‘yilgan bo‘lsa-da, ay-
rim hollarda axloqiy fazilatlar takomili kishilarning hayo-
tiy tajribasi, bilim saviyasi, e’tiqodi nuqtayi nazaridan tur-
fa xillik ham kasb etadi. Masalan, tasavvuf namoyandalari 
mashaqqat, riyozatni inson fazilatlarini takomillashtiruvchi 
asos deb bilganlar.
O‘zbek xalqi asrlar davomida axloqiy fazilatlarini shakllan-
tirib borgan. “Xalqimiz xarakterida chuqur ildiz otgan qat’iyat 
va o‘ziga mustahkam ishonch, boshqalar dardiga hamdardlik, 
o‘zga xalqlar taqdiriga chuqur ehtirom bilan yondashish, ado-
latparvarlik, halollik singari fazilatlar, jangavorlik va mardlik
vatanparvarlik, e’tiqod qat’iyligi, so‘z va ish birligiga rioya 
qilish, lafz halolligi kabi xislatlar shubhasiz, xalqimiz tarixiy 
taraqqiyoti davomida shakllangan. 
Har bir narsaga yaxshi niyat bilan umid bog‘lash, yomon-
likning oqibatidan ham yaxshilik bo‘lishiga umid bilan ya-
shash – o‘zbek mentalitetning noyob durdonasi. O‘zbek xalqi 
mentalitetining yagona bir jihati – sabrlilik va yaxshi niyatdir, 
siyosiy, diniy, madaniy bag‘rikenglik o‘zbek xalqining o‘ziga 
1
  Фараби  Абу  Наср.  Социольно-этические  трактаты.-Алма-ата,  1975.-
С.35.


112
xos fazilatlaridan biri hisoblanadi”
1
.  Darhaqiqat,  L.Levitin 
qayd  etganidek:  “Yaratganning  o‘zi  o‘zbeklarga  alohida  ja-
sorat va matonat ato etgan. Or-nomus talablari kishini o‘zini 
qurbon qilishga majbur qiladigan xatarli vaziyatlarda ularga 
teng keladigani topilmaydi.
Hamdardlik, o‘zaro yordam tuyg‘usi o‘zbeklarning qon- 
qoniga singib ketgan; o‘zbeklar madad istab kelgan odamni 
balo,  ofat  oldida  tanho  qoldirmaydilar.  Yurtdoshlarimiz  Ik-
kinchi jahon urushi yillarida o‘z tuprog‘idan urush tufayli 
surgun bo‘lgan yuz minglab odamlarga boshpana bergan, is-
siq – sovug‘idan xabar olgan, qornini to‘yg‘azgan O‘zbekiston 
o‘z qalbining buyukligini butun dunyoga namoyish qildi”
2

Darhaqiqat, inson axloqli yoki axloqsiz bo‘lib tug‘ilmaydi. 
Kishilar  tayyor  sifatlar,  ko‘nikmalar,  fazilatlar  va  illatlar  bi-
lan dunyoga kelmaydi. Ular aslida hayotda shaxsiy va o‘zgalar 
tajribasi, ajdodlar an’analari, ta’lim-tarbiya natijasida shak-
llanadi va muayyan ijtimoiy mavqega erishadi. Ta’lim-tarbiya 
bilan kishilar ta’siri ostida ijobiy axloqiy fazilatlarni o‘zida 
shakllantiradi yoki yomon sifatlar, xususiyatlar sohibiga ayla-
nadi
3
. Tarbiyaning asosini ta’lim, ya’ni oldingi avlod tomoni-
dan to‘plab kelgan bilimlar, madaniy qadriyatlar va umumin-
soniy tamoyillarni yoshlar ongiga singdirish jarayoni tashkil 
qiladi.
Insonning axloqiy fazilatlari haqida bir qancha Hadis-
larda rivoyat qilingan, jumladan: “Nabiiy sallolohu alayhi 
vasallam: “Har bir musulmon sadaqa bermog‘i lozimdir”, 
-deb aytdilar. Shunda odamlar: “Agar sadaqa qilgulik narsa 
topilmasachi?”  –  deb  so‘rashdi.  Janob  Rasululloh:  “Qo‘llari 
1
 Murtozaeva R.X. YOshlar va o‘zbek mentaliteti xususiyatlari. SHaxs 
barkamolligi: axloqiy- estetik jihatlar. LSA – YAponiya hamkorlik agentligining 
O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda bo‘lib o‘tgan xalqaro konferen-
siya materialari. Toshkent: 2012. – B. 12.
2
  Левитин Л., Карлайл Д.Ислом Каримов янги Ўзбекистон Президенти. – 
Тошкент: Ўзбекистон, 1996. – Б. 43.
3
  Ibn Sino. Tayr qissasi. O‘zbek mumtoz adabiyoti namunalari. 1-jild. T.: Fan, 
2003.- B. 115-119  


113
bilan mehnat qilib, o‘zi ham manfaatlansin, sadaqa ham 
bersin!” – dedilar. Odamlar: “Agar ishlashga qurbi kelmasa 
yokim  ishlamasa  ne  qilg‘ay?” –  deyishdi.  Janob  Rasululloh: 
“Nochor va xojatmand kishilarga madad bersin!” – dedilar. 
Odamlar: “Bunga ham qodir bo‘lmasachi?” – deyishdi. Janob 
Rasululloh: “Boshqalarni yaxshilikka chorlasin!” dedilar. 
Odamlar: “Bunga ham qodir bo‘lmasachi?” –deyishdi. Janob 
Rasululloh:  “Yomonlikdan  o‘zini  tiysin,  o‘sha  uning  uchun 
sadaqadir!” –deb javob qildilar”. “Janob Rasululloh: “yo Oy-
sha,  qachon  mening  badxulq  bo‘lganimni  ko‘rgansan?!  Qi-
yomat kunida Alloh nazdida eng yomon banda – odamlar 
yomonligidan hazar qilib qochadigan kishidir”, -dedilar
1
. (Bu 
o‘rinda mantiq shundan iboratki odamlar yomonligidan ha-
zar qilib qochadigan kishilar toifasiga kirib qolmaslik uchun 
o‘shanday toifadagi kishilarga ham yaxshi muomala qilmoq 
lozimligi aytilmoqda).
Forobiy nuqtayi nazariga ko‘ra baxt-saodatga erishish 
bu muvozanat va barqarorlik nisbati hamda komillik na-
munasidir. Insonning ma’naviy qiyofasida muvozanat bu-
zilmay, barqaror bo‘lsa, u saodatga erishadi. “Har bir mav-
judod o‘ziga xos bo‘lgan martaba, eng yuksak kamolotga 
erishish uchun bu olamga kelgan. Insonga xos bo‘lgan bu 
kamolotning nomi yetuk baxt-saodat deb ataladi. Bu baxt-
saodat shu yuksak kamolotga erishish yo‘lida bo‘lgan har 
turli ju’ziy narsalarni o‘rganishni taqozo qiladi. Ya’ni kasb-
hunarni egallashga va kamolotga intilgan haqiqiy fazilat 
egalaridir”
2
. Forobiy komil insonning quyidagi muhim xu-
susiyatlarini ko‘rsatib o‘tadi:
Farosat - aql ko‘zi bilan ko‘rish, voqea -hodisalarning sa-
bablarini mushohada etib, haqiqatni anglashdir. Husayn Voiz 
Koshifiyning yozishicha: “Farosatning lug‘aviy ma’nosi aning 
1
  Imom  al  Buxoriy.  Al-jomi’  as-sahih.  –  T.:  “Qomuslar  bosh  tahririyati”, 
1992,- B.89-90-92
2
  Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. – T:.A.Qodiriy nomidagi Xalq me-
rosi nashriyoti. 1993.-B.186.


114
yaxshi va yomonni ko‘rib, tanimoq bo‘lur. Farosat hukumat 
ishini ulug‘ shartidir”
1

Rivoyat qilishlaricha, hazrat Sulaymonning oldiga kelgan 
ikki ayol bir chaqaloqni talashib, da’vo qilib, har ikkisi “Bu 
mening farzandim”, - deydilar. Buni isbot qilish mumkin emas 
edi. Sulaymon alayhissalom buyurdiki: «Bu go‘dakni qilich bi-
lan ikkiga bo‘linglar, bir qismini bunisi, bir qismini esa mana 
bunisi olsin», - dedi. Qilich keltirdilar. Bu ikki ayoldan birisi 
betoqat bo‘lib, ko‘p yig‘ladi va aytdiki: “Men o‘z haqimdin 
kechdim, bu go‘dakni o‘ldirmangizlar”. Lekin ikkinchi ayolda 
hech qanday o‘zgarish bo‘lmadi. Sulaymon Payg‘ambar bu-
yurdiki: “Go‘dakni bu betoqat bo‘lgan ayolga beringlar, chun-
ki farosat taqozo qiladurki, onasi ul bo‘lgaykim, shafqati jo‘sh 
qildi va o‘ldirmoqqa rizosi bo‘lmadi”
2
.
Rivoyatlarga ko‘ra bir kecha Xorun ar-Rashid bir tush 
ko‘ribdi. Tushida og‘zidan barcha tishlari to‘kilganmish. Ta’bi 
xira bo‘lgan hukmdor barcha tushni ta’bir qiluvchilarni cha-
qiribdi va tushini aytibdi. Ular tishlar to‘kilishi qorindosh-
lar o‘lishidan darak, sizdan boshqa kishi qolmaydi deb tush 
ta’birini qilishibdi. Qattiq g‘azablangan shoh ularga yuz tayoq 
urishni buyuribdi.
Bu holatni kuzatib turgan yosh tush ta’birchisi o‘z fikrini 
aytishga izn so‘rabdi. Shoh ruxsati bilan u shunday debdi: 
Ey shohim sizni umringiz barcha qorindoshlaringizdan uzoq 
bo‘ladi debdi.
Shoh bu javobdan xursand bo‘lib, uni mukofotlabdi.
Mazkur rivoyatda tush ta’biri bir xil ma’noni ifodalagan 
bo‘lsa-da, yosh ta’birining farosati tufayli u boshqa yo‘sinda 
izohlangan. 
Sabrning ma’nosi arabchada achchiq, chidam, bardoshni 
anglatib, oshiqmasdan kutish yoki o‘zini tiya olish, toqat, 
chidam-bardosh, iroda va qanoat qilish manosini anglatadi. 
1
 Mahmudov R. Degonimning ulusg‘a marg‘ub et. –T.: O‘zbekiston, 1992.-
B.78.
2
  Hadis. Al-jomi as-sahih.-T.: Qomuslar bosh tahririyati. 1997. B.438.


115
Sabr kishilarning turli-tuman ziddiyatli voqea-hodisalarga 
bardosh qila olishini ham ifodalaydi
1
.
Sabr g‘azab va nafratni muxabbatga, kibrni kamtarlikka, 
yomonlikni yaxshilikka aylantira oluvchi qudratli kuchdir. 
Donishmandlar sabrning mevasi rohat, kamtarlikning meva-
si muhabbat deydilar. Sabrli kishi o‘zgalar baxtiyu boyligini 
ko‘rib xasad qilmaydi, mayuslik sahrosiga yo‘l olmaydi. 

Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin