126
o‘zi yomonlanmaydi. Balki, odamning mol-dunyoga bo‘lgan
munosabatidagi ma’no yomonlashadi.
Baxilllik odamning o‘z moliga jonu dilidan yopishib olishi-
dir. Baxil odam o‘zini yeyishi va kiyinishi
uchun ham pul sarf
etishni istamaydi. Hind hakimlarining kinoya qilib yozishlari-
cha, o‘z mol-mulklarini yaxshilik yo‘lida sarflamaydigan baxil
kishilar “sahiy” kishilardir. Chunki o‘zlari yemay, hammasini
o‘zgalar uchun qoldiradilar.
Baxillik insondagi saxiylikka tubdan qarama-qarshi
bo‘lgan qusurdir, u sahovatni yo‘qqa chiqaradi. Pastkashlik
va nokaslik esa baxillik va xasislikdan o‘n chandon yomon-
roqdir. Chunki baxil kishidan biron kishi bahra topmaydi,
ammo mol-dunyosidan o‘zi naf ko‘rar, xasis o‘zi
ham olmas,
birovga ham bermas, nokas shundayki, u qo‘lidagi nonni bi-
rovga bermaydigan, o‘zi ham
yemaydigan va buning ustiga,
yana kishilarning bir-birlariga olijanoblik, ehson qilishiga yo‘l
qo‘ymaydigan kimsadir.
Baxil yaxshilikni yomon ko‘radi, yomonlikka esa qarsak
uradi. Baxillik bir tikon, agar u kimga botsa ozor yetkazadi.
Baxil odam yo‘ldosh bo‘lmaydi, bordi-yu yo‘ldosh bo‘lsa, zara-
ri uradi.
Baxillik jamiyat a’zolari ichida bir-birini ko‘ra olmaslikka,
turli fitnalar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Baxillikning zararlari:
1. Baxillik ulug‘ning obro‘sini to‘kadi.
2. Baxillik axloqni buzuvchidir.
3. Baxillik insonni halokatga eltuvchidir.
4. Baxillik kishini ich-ichidan kemiradi.
Baxillikn davolasa bo‘ladi. Buning
uchun kishi baxillikning
zararlari va oqibatlarini anglab olishi, qanoatli va karamli
bo‘lish odoblarini o‘zlashtirishi lozimdir.
G‘arazgo‘ylik lug‘atda arabcha mafaat degan ma’noni
anglatadi. G‘arazgo‘ylikning belgisi, bu illatdagi kishilar yo-
monlikni yaxshilik sifatida, yaxshilikni esa yomonlik sifatida
idrok etadilar. Chunki ularning
qalbi olijanoblik va yaxshi-
likni ko‘ra olmaslik zangi ostida qolgan. Shuning uchun ham
127
kishilar ulardan yiroqroq yurishga harakat qilishadi, ularning
so‘zlariga ishonmaydilar.
G‘arazgo‘ylik kishilararo munosabatlar va ularning ho-
latiga rahna soluvchi illat hisoblanadi.
Hikoyatga ko‘ra Balxda o‘z ishining ustasi, insofli bir du-
radgor bo‘lib, u oqila xotini bilan tinch, baxtli
hayot kechirar
ekan. Duradgorning qo‘shnisi ularning shirin, osuda turmushi-
ni alam bilan kuzatar, o‘zining notinch oilasi va barakasi yo‘q
ro‘zg‘ori bilan qiyoslar ekan. U o‘ylab-o‘ylab duradgorning xo-
tini xususida yomon gap oralatib, oilasini buzmoqchi bo‘libdi.
Xotini xususidagi mish-mishlardan
xabar topgan yigitning
ko‘ngliga shubha oralabdi. Xotini buni rad etsa-da, gumon
yigitni tinchini buzibdi. Ishida avvalgi shijoat yo‘q, daroma-
tidan ham unum ketibdi. Mayga berilibdi.Kundagi janjaldan
bezor bo‘lgan xotini bolalarini olib ota uyiga qaytibdi.
G‘arazgo‘ylik tufayli bir chiroyli oila vayron bo‘libdi.
G‘arazgo‘ylikning zamirida boshqa kishilar baxt-saoda-
tini ko‘rolmaslik, yomon niyat, g‘ayirlik, yovuz maqsad ya-
shiringan. G‘arazgo‘ylikning obyekti – yon-atrofdagilardan
ma’lum bir kishi yoki kishilarga qaratilgan adovatli maqsad.
G‘arazgo‘y kishi ma’lum bir niyatini amalga oshirmagunicha
undan bu illatning asoratlarini topish qiyin. Chunki, u o‘z
niyatlarini hammaga oshkor qilmaydi. G‘arazgo‘ylik
nafaqat
o‘zaro shaxsiy munosabatlarga, balki jamiyat turmush tarziga
ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi hamda kishilar o‘rtasida adovat,
gina-qudrat, begonalik, oxir-oqibat dushmanlik urug‘ini so-
ladi. G‘arazgo‘ylikning jamiyat oldidagi ijtimoiy – mohiyati
shaxsiy manfaatparastliknidan iborat
1
.
G‘arazgo‘ylikning zararlari:
1. Doimiy notichlik va shubhada yashashga olib keladi.
2. Tajovuzkorlikni keltirib chiqaradi.
3. Asabiylik va jazavali holatlarning yuzaga keltiradi.
4. Domiy qo‘rquv va zo‘ravonlikka moyillik paydo bo‘ladi.
G‘arazgo‘ylikni ruhiy tarbiya orqali bartaraf etish mumkin.
1
Ma’naviyat asosiy tushunchalar izohli lug‘ati. T., 2009. -B.721.