O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti


Sitologiya fanini rivojlanishiga katta hissa qо‘shgan chet el olimlariga quyidagilarni keltirish mumkin



Yüklə 6,43 Mb.
səhifə15/89
tarix28.11.2023
ölçüsü6,43 Mb.
#169358
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   89
Rivojlaniw maruza

Sitologiya fanini rivojlanishiga katta hissa qо‘shgan chet el olimlariga quyidagilarni keltirish mumkin:

1. R. Guk –1665 yil ingliz fizik olimi birinchi marta tiriklik hujayralardan tuzilganligini aniqladi.


2. M. Malpigi – 1628-1694 yil italyan olimi kо‘pgina о‘simlik va hayvon a’zolarini tuzilishini aniqladi.
3. N. Gryu – 1641-1712 yil ingliz olimi sitologik usullar bilan о‘rganilmagan organizmlarni hujayralarini о‘rgangan.
4. A. Levenguk – 1632-1723 yil golland olimi birinchi marta suv mikroorganizmlarini kashf qildi.
5. Y. Purkinye –1787-1869 yil chex olimi dastlab hujayra tarkibini о‘rganib protoplazma terminini ishlatgan.
6. B. Braun – 1831 yil ingliz botanik olimi birinchi marta hujayra yadrosini aniqlagan.
7. M. Shleyden 1804-1881 yil va A. Shvan – 1839 yil nemis botanik va zoolog olimlari hujayra nazariyasining asosiy qoidalarini yaratgan.
8. A. Virxov – 1858 yil nemis patolog anatomi zamonaviy “Hujayra patologiyasi” faniga asos solgan va tiriklik tuxum hujayralardan rivojlanadi deb aytgan.
Sitologiya fanini rivojlanishiga hissa qо‘shgan О‘zbekiston olimlariga quyidagi akademik va professorlar kiradi:
1. K.A. Zufarov – 1926-2004 yil О‘zbekistonda dastlabki elektron mikroskopiya, funksional sito-morfologiya, sitokimyo, gistokimyo, organlar, tо‘qimalar va hujayralardagi kompensator-gipertrofiya sohalariga asos soldi.
2. J.H. Hamidov – elektron mikroskopni va sitokimyoni о‘rganish usullari bilan endokrin tizimi organlarining nurlanish kasalliklarini о‘rgangan.
3. YO.X. Tо‘raqulov – Biokimyo ilmiy tadqiqot institutining ochilishiga (1967) bevosita asos solgan, qalqonsimon bez patologiyasini о‘rgangan.
4. P. Toshxodjayev – elektron mikroskopni о‘rganish usullari bilan,oshqozon jarrohlik kasalliklarini sitofunksional holatlarini tadqiqot qilgan.
5. N. Shamirzayev – elektron mikroskopni о‘rganish usullari bilan, о‘pka kasalliklarini sitofunksional holatlarini tadqiqot qilgan.
6. A.Y. Yuldashev – elektron mikroskopni о‘rganish usullari bilan, ovqat hazm qilish organlar kasalliklarini sitofunksional holatlarini tadqiqot qilgan.
7. B.A. Xidoyatov – elektron mikroskopni о‘rganish usullari bilan, ovqat hazm qilish va oshqozon osti bez kasalliklarini sitofunksional holatlarini tadqiq qilgan endokrin tizimi organlarining nurlanish kasalliklarini о‘rgangan.
8. B.O. Toshmuxamedov – biologik membranalarning hosil bо‘lishi va ularga turli moddalarning ta’sirini aniqlagan.


Birinchi marta О‘zbekistonda hujayralarni morfologik va funksional jihatdan о‘rganish uchun elektron mikroskopni qо‘llash usulini akdemik K.A. Zufarov 1960-1965 yillarda tadbiq etgan.


Elektron mikroskop vakum kameradagi elektronlar oqimi yordamida nozik о‘rtacha 50-100 Angistrem qalinlikda kesilgan tо‘qimalarni bir necha ming marotaba kattalashtirib hujayralarni eng nozik struktura tuzilmalarini kо‘rish imkoniyatiga ega. Elektron mikroskop 1930-1933 yillarda kashf etilgan.
Yorug‘lik mikroskoplari о‘zining tuzilishi va imkoniyatlariga kо‘ra bir qancha tiplarga bо‘linadi. Masalan: maktablarda qо‘llanadigan murakkab linzalar qatoriga ega. Kattalashtirish imkoniyatlari bir necha yuz marta bо‘lgan mikroskoplar oliygohlarda va ilmiy muassasalarda qо‘laniladigan MBR-1, MBR-3, MBS-4, MBR-6, BIOLAMP va boshqa mikroskoplar kiradi.
Bulardan tashqari tekshirilayotgan va ilmiy ishning maqsadiga kо‘ra maxsus infraqizil nurda kо‘riladigan mikroskoplar, ultrafiolet nurlarda kо‘riladigan MUF mikroskoplari mavjuddir. Bu mikroskoplarning imkoniyati 1350 martagacha borishi mumkin. Undan kattalashtirish imkoniyatiga ega emas. Chunki, yorug‘likni kichik teshik orqali о‘tishi natijasida yorug‘lik diffraksiyaga uchrab ya’ni yorug‘lik yoyilib ketishi yanada kattalashtirish imkoniyatini bermaydi.
Hujayra nazariyasi XIX asrning 30-yillariga kelib hujayralar tuzilishi haqida bir necha yuzlab ilmiy ma’lumotlar asta-sekin tо‘plana bordi. Bu ma’lumotlardan foydalangan nemis botanik olimi M. Shleyden birinchilardan bо‘lib har qanday о‘simlik hujayralari yadroga egaligi haqida ma’lumot berib yangilik sifatida fanga yangi tushuncha kiritdi.
Taxminan shu yillari 1839-yillarda nemis zoolog olimi T. Shvan о‘zining yangi ilmiy asarini “Hayvon va о‘simliklarning rivojlanishi va о‘sishi bilan bog‘liq hujayralar strukturasini mikroskopik о‘rganish” degan asarida hujayra nazariyasiga asos soldi. U о‘simlik va hayvon hujayralarini о‘zaro solishtirib ulardagi yadro deyarli bir xil tuzilishga egaligini kо‘rsatib berdi.
Uning fikriga kо‘ra har qanday о‘rganadigan tuzilmalarda yadro bо‘lishi kuzatilsa bu hujayra deb aytishga asos bо‘ladi deb aytdi. Ana shu mezonga kо‘ra bundan kelib chiqib 2 ta asosiy hujayra nazariyasini qoidasi ta’riflandi.
1. Har qanday tirik organizmlarning asosiy struktura birligi hujayradir.
2. Hujayra shakllanishi uning о‘sishi, rivojlanishi va differinsirofkaga uchrashi bilan boradi. Bu jarayon ham о‘simliklar va hayvonlar tо‘qimasiga xosdir.
R. Virxov nemis potolog anatomi 1858-yilda “Sellyulyarnaya patologiya” degan asari bilan barcha progressiv fan olamiga katta hissa qо‘shishi bilan hozirgi vaqtgacha о‘z qimmatini yо‘qotmay kelmoqda. Chunki, har qanday organizmlar kasalligi hujayra darajasida о‘zgarishlar bilan borishi uning tomonidan tibbiyotning keyingi rivojlanishiga katta imkoniyat yaratib berdi. Hozirgi vaqtda tibbiyotdagi nazariy va klinikadagi fundamental bilimlar asosini birinchi bо‘lib kо‘rsatib berdi. Uning fundamental tibbiyotdagi bu g‘oyasi hozirgacha isbotlanib kelmoqda. Ayniqsa uning har qanday hujayra hujayradan paydo bо‘ladi degan qoidasi biror olimlar tomonidan inkor etilmayapti. Virxovning fikriga kо‘ra hujayradan tashqarida har qanday tuzilmalarda hayot xossasi yо‘q degan fikri hozirgi zamon materialistik dunyo qarashning asosi bо‘lib kelmoqda.



Yüklə 6,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin