O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti



Yüklə 6,43 Mb.
səhifə16/89
tarix28.11.2023
ölçüsü6,43 Mb.
#169358
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   89
Rivojlaniw maruza

Foydalanilgan adabiyotlar:


1. To‘ychiyev S., Toshmonov N., Fayzullayev “Sitologiya, embriologiya, gistologiya”o‘quv qo‘llanma. Toshkent 2004. (1-7 bet)
2. Stephen R. Bolsover “CELL BIOLOGY” University College London. 2004. (5-7 bet).


2-Mavzu: Hujayra nazariyasining hozirgi holati. Prokariotlar va eukariotlar, ularni tuzilishi va asosiy vakillari.


REJA:

1. Nazariy va fundamental biologiyaning hozirgi zamon yutuqlari.


2. Prokariotlar va eukariotlar umumiy xarakteristikasi.


Tayanch iboralar: Bakteriyalar, sitoplazma, membrana, geterotrof, rangli vakillar, eukariotlar

Hozirgi zamon fundamental va nazariy biologiyani zamonaviy yutuqlari R. Virxov ilmiy jihatdan asoslagan g‘oyalari asosida boshlangan. Chunki har qanday potologik kasalliklar hujayradan boshlanishi g‘oyasi o‘sha davrdagi idealistik tasavvurlarni noto‘g‘ri ekanligini ko‘rsatib berdi.


O‘sha davrdagi olimlar organizmlarning har qanday kasalliklari moddiy asosga ega bo‘lmagan qandaydir kuchlar tomonidan keltirib chiqaradi degan fikriga butunlay qarama-qarshi fikrni oldinga surdi. Hozirgi vaqtgacha biror organizmning kassaliga avvalambor hujayra darajasidagi o‘zgarishlar asosida tashxis qo‘yiladi va ma’lum bir davollash yo‘llarini va amallarini tadbiq etib davolash usuli asos qilib olingan. Hujayradan tashqarida hayot xossalari bo‘lmasligini hozirgi dunyo olimlari o‘rganib kelmoqdalar.
R. Virxov nemis potolog anatomi 1858-yilda “Sellyulyarnaya patologiya” degan asari bilan barcha progressiv fan olamiga katta hissa qo‘shishi bilan hozirgi vaqtgacha o‘z qimmatini yo‘qotmay kelmoqda. Chunki, har qanday organizmlar kasalligi hujayra darajasida o‘zgarishlar bilan borishi uning tomonidan tibbiyotning keyingi rivojlanishiga katta imkoniyat yaratib berdi. Hozirgi vaqtda tibbiyotdagi nazariy va klinikadagi fundamental bilimlar asosini birinchi bo‘lib ko‘rsatib berdi. Uning fundamental tibbiyotdagi bu g‘oyasi hozirgacha isbotlanib kelmoqda. Ayniqsa uning har qanday hujayra hujayradan paydo bo‘ladi degan qoidasi biror olimlar tomonidan inkor etilmayapti. Virxovning fikriga ko‘ra hujayradan tashqarida har qanday tuzilmalarda hayot xossasi yo‘q degan fikri hozirgi zamon materialistik dunyo qarashning asosi bo‘lib kelmoqda.2
Hozirgi zamon fundamental va nazariy biologiyaning yutuqlari misli ko‘rinmagan darajada oldinga qarab ketdi. Ayniqsa klonlar hosil qilish, transplantatsiya bilan organlarni ko‘chirib o‘tkazish, bosh o‘zak hujayralardan foydalanib organizmlarni yoshartirish ba’zi shikastlangan to‘qima va hujayralarni tiklash, DNK asosida qon qarindoshlikni aniqlash kabi zamonaviy biologiya yutuqlari insoniyat jamiyatiga xizmat qilmoqda.
Prokariotlar yer yuzidagi dastlabki paydo bo‘lgan hujayra shaklidagi yadro shakliga shakllanmagan hujayralar ya’ni yadro membranasiga ega bo‘lmagan organizmlar bo‘lib hisoblanadi. Irsiy omili DNK molekulasini xalqasimon tuzilma – genoform deb nomlanadigan irsiy omilga ega. Uning irsiy omili murakkab xromasoma shakliga va tarkibiga ega bo‘lmagan Giston oqsillariga ega emas.
Bo‘linib ko‘payishi amitoz yo‘li bilan boradi. Prokariotlar hujayrasining sitoplazmasida mitoxondriya, sentrosoma, plastidalar va yaxshi shakllanmagan sitoplazmatik membranalar bo‘lmaydi. Ularning eng asosiy vakillariga mikoplazmalar kiradi.

Yüklə 6,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin