A) 12% li formalin eritmasi. Uni tayyorlash uchun 100% li formalindan 12sm3 olib, 88 sm3 suvga qo‘shiladi. Tekshirish uchun olingan bo‘lakchaning hajmi 1-2 sm3 dan oshmasligi kerak.
Bo‘lakchalarni 12% li formalindan fiksatsiya qilish muddati kamida 24 soat va saqlash maqsadida bundan ham uzoq vaqt ushlab turish mumkin. Agar bo‘lakchani yillab formalin suyuqligida saqlashga to‘g‘ri kelsa, u holda har 3-4 oyda suyuqlikni almashtirib turish lozim. Shunda to‘qimalar tuzilishi keskin o‘zgarmay saqlanadi.
Hujayralarning nozik tuzilishi, bu usulda funksiya qilinganda yaxshi saqlanmaydi.
B) Myuller suyuqligi. Myuller suyuqligi tayyorlash uchun 2,5 g kaliy bixromat va lg natriy sulfat tuzlari 100 sm3 distillangan suvda yeritiladi. Bo‘lakchalar hajmining 1 sm3 bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Fiksatsiya 7 kun davom yetadi, bunda har kuni fiksatorni almashtirib turish zarur. Myuller suyuqligi, odatda, ko‘p miqdorda tayyorlanadi, ishlatish vaqtida undan Myuller-Formalin aralashmasi tayyorlanadi, ya’ni har 100 sm3 Myuller suyuqligiga 70 sm3 formalin qo‘shiladi. Bu yeritma fiksatsiyasining tezlashtirish uchun qollaniladi, chunki xrom tuzlari to‘qima ichiga sekinlik bilan singib ketadi, formalin qo‘shilishi bilan yesa fiksatsiya vaqti qisqaradi. Bunday suyuqlik to‘qimaning umumiy tuzilmasini yaxshi saqlaydi va keyinchalik turlicha bo‘yoqlar bilan bo‘yash imkonini beradi.
V) Flemming suyuqligi. Tarkibi 2%li xrom yeritmasi, 1%H osmiy kislota yeritmasi va muz sirka kislotasidan iborat. To‘qima bo‘lakchalari har birining hajmi 1-2 sm3. Ular fiksatorda qorong‘i joyda bir kun turishi lozim.
Afzalliklari: to‘qimaning nozik tuzilishini yaxshi saqlaydi, faqat fiksatssiya qilibgina qolmasdan, balki ba’zi bir to‘qimalarni (yog‘, miyelinli nerv tolasini) qora rangga bo‘yaydi.
g) Karnua fiksatori. Tarkibi: 100° spirt 12 sm3, suvsizlantirilgan xloroform -6 sm3, muz sirka kislotasi – 2 sm3. Bu fiksator ko‘pgina gistokimyoviy uslublar uchun qo‘llaniladi.
Bo‘lakchalarning kattaligi 2-3 mm3. Fiksatsiya vaqti muzxonada 1,5-2 soat. Bunda hujayralarning nozik tuzilishi va kimyoviy tarkibi yaxshi saqlanadi. So‘nggi paytda miqdoriy gistokimyoviy tekshirishlar o‘tkazish uchun to‘qimalarning FSU fiksatori keng qo‘llanilmoqda. Tarkibi: 100% li 60 sm3 formalin, 100°li 20 sm3 spirt va 6 sm3 sirka kislotasidan iboratdir.
Hujayra organoidlarini aniqlash uchun maxsus fiksatorlar mavjud: mitoxondriyalar uchun – Rego fiksatori, Goldji majmuasi uchun Aoyama fiksatori va boshqalar.
Yuqorida qayd qilingandek, u yoki bu fiksatorning qo‘llanilishi tadqiqotchining oldiga qo‘ygan maqsadiga bog‘liq.
Yuvish. Fiksatsiya tugagandan so‘ng fiksator to‘kib tashlanadi, bo‘lakchalar esa suvda yuviladi. Ba’zi fiksatorlardan so‘ng (spirt, karnua, shabadash suyuqligi va boshqalar) to‘qimani yuvmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri keyingi bosqich – suvsizlantirishga o‘tkaziladi. Suvsizlantirish-zichlantirish. Yuvilgandan so‘ng bo‘lakchalar issiqligi oshib boruvchi spirtlarda 50° dan boshlab, 60°, 70°, 80°, 90°, 96° nihoyat 100°, ya’ni mutlaq spirtlarda zichlashtiriladi. Spirtlarda bo‘lakchalar suvsizlanadi va zichlanadi.
Quyish. Bo‘lakchalar spirtlarda ma’lum darajada zichlashganligiga qaramay, hali yupqa kesmalar olish uchun yetarli darajada qattiq bo‘lmaydi, shuning uchun keyingi bosqichlarda ularni maxsus moddalar bilan singdiriladi. Shundan keyingina likopchalar bir xil zichlik kasb etib, ularni yupqa kesmalarga kesish imkoniyati tug‘iladi. O‘rganish lozim bo‘lgan to‘qimalarni: selliodin, parafin, selloidin-parafin va jelatinga solish mumkin.