1.2.Nutq kamchiliklarini kelib chiqish sabablari va namoyon bo’lish belgilari. Tovush talaffuzida kamchiligi bo’lgan bolalarda tovushlarni to’g’ri talaffuzga o’rgatish .Bolalar nutqi kattalar nutqi asosida rivojlanib boradi. Nutqning to’g’ri shakllanib borishi atrofdagilar nutqiga, nutqiy tajribaga to’g’ri nutq muhiti ta’lim tarbiyaga bog’liq.
Nutq kamchiligi logopediya fanida muayyan tilning me’yorlaridan chetga chiqish deb ta’riflanadi.
Nutq kamchiliklari quyidagilar bilan xarakterlanadi:
Nutq kamchiligi o`z-o`zidan barham topmaydi, balki vaqt o`tgan sari yanada mustahkamlanib, zo`rayib boradi.
Nutq kamchiliklarini kattalarda namoyon bo`lishi ularning yoshiga mos kelmaydi.Nutq kamchiligiga ega bo`lgan kishilar logopedik yordamga muhtoj bo`ladilar. Og’ir nutq kamchiliklari bolaning nafaqat nutqiga, balki uning umumiy rivojlanishiga ham salbiy ta’sir ko`rsatadi.
Bolalarda nutq buzilishini yuzaga keltiruvchi sabablar ichida tashqi (ekzogen) va ichki (endogen) omillar, shuningdek atrof-muhitning tashqi sharoitlari farq qilinadi. Nutqiy nuqsonning turli sabablarini ko`rib chiqishda evolyusion-dinamik yondoshiladi. Bu nuqsonning yuzaga kelish jarayonini tahlil qilishdan, anomal rivojlanishining umumiy konuniyatlarini va xar bir yosh davrida Nutqning rivojlanish konuniyatlarini hisobga olishdan iboratdir (I. M. Sechenov, L. V. Vigotskiy, V. I. Lubovskiy).
Bolalardagi nutqiy nuqsonlarning asosiy sabablari:
1. Embrion rivojlanish davridagi turli xil patologiyalar;
2. Xomiladorlik vaqtidagi toksikozlar, virusli va endokrin kasalliklar, jaroxatlar, qonning rezus-faktorga mos kelmasligi;
3. Tug’ruq vaqtidagi shikastlanish va asfiksiya;
4. Bola rivojlanishining birinchi yilidagi bosh miya kasalliklari (meningit, ensofalit).
5. Miyaning chayqalishi bilan birga sodir bo`ladigan bosh miya jarohatlari.
6. Nasliy faktorlar.
7. Sosial-maishiy sharoitning yomonligi. Bu xolat mikrososial pedagogik qarovsizlikka, vegetativ disfunksiyaga, emosional-irodaviy muhitning buzilishlariga va nutqning rivojlanmay qolishiga sabab bo`ladi.
Yuqorida ko`rsatib o`tilgan sabablar, ayrim xollarda ularning birgalikda qo`shilib kelishi nutqning turli tomonlarining buzilishiga sabab bo`lishi mumkin.
Hamma nutq buzilishlari kelib chiqishiga ko`ra ikki guruxga bo`linadi:
1. Organik xarakterdagi nutq buzilishlari.
2. Funksional xarakterdagi nutq buzilishlari.
Organik Nutq buzilishlari o`z navbatida ma’lum joyning zararlanishiga ko`ra markaziy va periferik xarakterda bo`ladi.
Markaziy buzilishlar: markaziy nerv sistemasini u yoki bu qismlarining buzilishi, zararlanishi natijasida kelib chiqadi. Markaziy xarakterdagi organik nutq buzilishlariga: alaliya, afaziya, dizartriya nutq kamchiliklari kiradi.
Periferik buzilishlar: artikulyasion apparatning noto`g’ri to`zilishi yoki buzilishi va periferik nerv artikulyasion organlar inervasiyasining buzilishidan kelib chiqadi.Periferik xarakterdagi organik nutq buzilishlariga: rinolaliya, prognatiya, progeniya kiradi.
Funksional buzilishlar — bunda nutq jarayonida ishtirok etadigan a’zolar tuzilishida xech qanday o`zgarishlar bo`lmaydi. Funksional xarakterdagi nutq Turli nutq buzilishlarining rivojlanishini oldindan aniqlash katta ahamiyatga egadir. Agarda nutqiy nuqson bolaning maktabga kelgan vaqtida ilk bor aniqlansa, u holda uni tuzatish qiyinchiliklari kuzatilib, uzlashtirishga salbiy ta’sir ko`rsatadi. Agarda bolaning nutq nuqsoni maktabgacha yoki yasli yoshida aniqlansa, tibbiy va pedagogik tuzatish maktabda to`laqonli ta’lim olish imkonini beradi.
Hozirda logopediyada nutq buzilishlarining ikkita tasnifi o`rin olgan; bittasi- tibbiy pedagogik, ikkinchisi psixolog-pedagogik yoki pedagogik (R. Ye. Levina bo`yicha).Buzilishlarning ruhiy-lingvistik mezonlar asosida nutqning qaysi turi buzilganiga qarab ikkita guruxga bo`lish mumkin: og’zaki yoki yozma.
Og’zaki nutqning buzilishi, o`z navbatida ikkita turga bo`linishi mumkin:
1) bayon qilishning fonasion (tashqi) ta’minlanishi, ular nutqning talaffuz tomonining buzilishi, deb ataladi va 2) bayon qilishning semantik-struktura (ichki) jihatdan ta’minlanishi, ular logopediyada nutqning uzluksiz yoki ko`p tovushli buzilishi, deb ataladi.
1. Bayon qilishdagi fonasion ta’minlashning zaiflashuvi buzilgan bo`g’inga bog’liq holda tabaqalanishi mumkin:
a) tovush shakllanishi,
b) bayon qilishning sur’at-oxang jihatdan tashkil etilishi,
v) intonasion melodik,
g) tovush chiqarishning namoyon bo`lishi.
Bu zaiflashuvlar turli jarayonlarda mavhum xolida kuzatilishi mumkin, logopediyada ularga bog’liq bo`lgan buzilishning quyidagi turlari ajratiladi (ularni belgilash uchun an’anaviy bo`lib qolgan atamalar mavjud):
1. Disfoniya (afoniya) – tovush apparatining patologik o`zgarishlari oqibatida fanasiyaning yo`q bo`lishi yoki zaiflashuvi. Ma’nodoshlari: tovushning buzilishi, fonasiyaning buzilishi, fonotor buzilishlar, vokal buzilishlar.
Tovush yuqoriligi va yo`g’on-ingichkaligi (disfoniya) goho fonasiya (afoniya) ning yo`q bo`lishida, goho quvvatning buzilishida namoyon bo`ladi.
U markaziy yoki sirtqi to`xtalish tovush chiqarish mexanizmining organik yoki funksional zaiflashuvi bilan bog’liq bo`lishi va bola rivojlanishining xar qanday bosqichida yuzaga chiqishi mumkin. U alohida bo`ladi yoki nutq buzilishlarining qator boshqa turlari tarkibiga kiradi.
2. Bradilaliya - nutqning patologik sekinlashgan sur’ati. Ma’nodoshi: bradifraziya.
Artikulyar nutq dasturining sekinlashgan ishlab chiqarishda namoyon bo`ladi, markaziy bog’langan va uz tabiatiga ko`ra organik yoki funksional bo`lishi mumkin.
3. Taxilaliya - Nutqning patologik tezlashgan sur’ati.
Ma’nodoshi: taxifraziya.
Artikulyar nutq dasturining tezlashgan holda amalga oshirilishida namoyon bo`ladi, uz tabiatiga ko`ra, markaziy bog’langan, organik yoki funksional hisoblanadi.
Sekinlashgan sur’atdagi nutq cho`zik tortilgan, bir oxangda bo`ladi. Tezlashgan sur’atda - shoshilinch, intiluvchan, shiddatli ekanligi ko`zga tashlanadi. Nutqning tezlashuvi agromatizmlar bilan birga sodir bo`lishi mumkin. Bunday xolatlar ayrim paytlarda battarizm, parafraziya atamalari bilan ataluvchi mustaqil buzilishlar sifatida ajratiladi. Patologik tezlashgan nutqning asoslanmagan bo`linishlar, tutilish, to`xtab qolishlar bilan uchraydigan xollarda u poltern atamasi bilan ataladi. Bradilaliya va taxilaliya-nutq sur’atining buzilishi degan umumiy nomi ostida birlashadi nutq sur’atining buzilishi-nutq jarayonining ravonligi, nutqning oxang va melodik-intonasion ifodaliligining buzilishi oqibati hisoblanadi.
4. Duduqlanish - nutq apparati mushaklarining va ixtiyoriy pay tortishish natijasida sur’at-oxangning buzilishidir.
Ma’nodoshi: logonevroz;
Markaziy bog’langan bo`ladi, funksional yoki organik ko`rinishga ega, ko`prok bola nutqining rivojlanishida paydo bo`ladi.
5. Dislaliya - tovush talaffuz qilishning normal eshitish va nutq apparatining saqlangan innervasiyasi paytida buzilishi. Ma’nodoshlari: tili chuchuklik (eskirgan), tovush talaffuzidagi nuqsonlar, fonetik nuqsonlar, fonemalarni talaffuz qilishdagi notekisliklar.
Nutqning noto`g’ri tovushli (fonemali) turlanishida: tovushlarni buzib talaffuz qilishda, tovushlarning almashinuvi yoki ularning yo`qligida namoyon bo`ladi. Nuqson shuning bilan bog’liq, bo`lishi mumkinki, bunday paytda bolada artikulyar baza shakllanmaydi (artikulyar tomonning tovush talaffuz etish uchun zarur bo`lgan barcha jihatlari o`zlashtirilmaydi) yoki artikulyar tomon noto`g’ri shakllanadi. Buning oqibatida nomuvofiq tovushlar hosil bo`ladi. Artikulyasion apparatning anatomik nuqsonlari bilan bog’langan buzilishlar alohida guruxni tashkil etadi. Talaffuzning buzilishi psixolingvistik jihatdan yo fonemalarni ajratish va anglash operasiyalarining shakllanmaganligi oqibati (ya’ni idrok etishdagi nuqsonlar), yoki saralash va ishlab chiqarish (shuningdek, unumlilik nuqsoni) vazifasining shakllanmaganligi, yoxud tovushlarni ishlab chiqarish shartlarining buzilganligi deb qaraladi. Anatomik nuqsonlarda buzilishlar organik xususiyatga, ularning ishtirokisiz esa funksional xususiyatga ega bo`ladi. Buzilishlar odatda bola nutqining rivojlanishi jarayonida; periferik apparatning jaroxatlanish xollarida esa u xar qanday yoshda paydo bo`lishi mumkin. Ammo shundaylari ham uchraydiki, ularda tovushni bayon qilishning fonasion turlanishlari murakkab mexanizmidagi bir necha bo`g’inlarining bir paytning o`zida xastalashuvi kuzatiladi. Bundaylarga rinolaliya va dizartriya kiradi.
6. Rinolaliya - tovush tembri va talaffuzining Nutq apparatidagi anatomik-fiziologik nuqsonlar bilan bog’liq holdagi buzilishdir. Ma’nodoshlari: dimog` bilan gapirish (eskirgan), palatolaliya.
Tovush tembrining patologik o`zgarishida namoyon bo`ladi. Bu xolat chiqarilayotgan nafas oqimining barcha nutq so`zlarini talaffuz qilish paytida burun bo`shlig’iga utishi va unda aks-sado berishi oqibatidir. Rinolaliya paytida bundan tashkari barcha nutq tovushlarining (dislaliya xolatidagi kabi alohida tovushlarni emas), buzib talaffuz etilishi kuzatiladi. Bunday nuqsonda prosodik buzilishlar ham tez-tez uchrab turadi, rinolaliya paytidagi nutq kam tushunarsiz (noaniq), bir oxangli bo`ladi.
7. Dizartriya - nutq talaffuzi tomonining nutq apparati innervasiyasidagi etishmovchilik bilan bog’liq holdagi buzilishidir. Ma’nodoshi: tili chuchuklik (eskirgan).
Bunda fonasion turlanishdagi bayonning murakkab mexanizmlari barcha bo`g’inlarning shakllanadagani kuzatiladi. Buning natijasida tovush nuqsonlari, prosodik va artikulyasion-fonetik nuqsonlari paydo bo`ladi. Tovushli nutqni ishlab chiqarishning imkoni bo`lmagan paytda paydo bo`ladigan anartriya dizartriyaning og’ir darajasi hisoblanadi. Yengil dizartriya paytida, qachonki nuqson ko`prok artikulyar-fonetik buzilishlarda namoyon bo`lganida, uning uncha bilinmaydigan shakli haqida so`z yuritiladi. Bunday xolatlarni dislaliyadan ajratish lozimdir.
Dizartriya markaziy xarakterdagi organik buzilishining oqibati hisoblanadi. Markaziy asab sistemasi buzilishini lokalizasiyalashda dizartriyaning turli shakllari ajratib ko`rsatiladi. Buzilishning og’irligiga qarab esa dizartriyaning paydo bo`lish darajalari farq qilinadi.
Dizartriya ko`pincha bosh miyaning erta falajlanishi natijasida paydo bo`ladi, lekin u bola rivojlanishining xar qanday bosqichida, neyroinfeksiya va miyaning boshqa kasalliklari oqibatida paydo bo`lishi ham mumkin.
Bayon qilishning strukturali-semantik (ichki) turlanishidagi buzilishi ikki tur: alaliya va afaziya bilan ko`rsatiladi.
1. Alaliya - bosh miya qobig’idagi nutq zonalarining bolaning ona kornidagi yoki ilk rivojlanish davrida organik shikastlanishi natijasida nutqning yo`q bo`lishi yoki rivojlanmay qolishi. Ma’nodoshlari: disfaziya, erta yoshda paydo bo`ladigan bolalar afaziyasi, rivojlanish afaziyasi, gunglik (eskirgan).
Nutqning eng murakkab nuqsonlaridan biri, bunda nutqiy bayonning paydo bo`lishi va uni kabul qilishning barcha bosqichlaridagi tanlash va rejalashtirish operasiyalari buzilgan bo`ladi. Uning natijasida bolaning nutqiy faoliyati rivojlanmay koladi. Nutq harakatlarini boshqarish buziladi, bu tovush chiqarish va so`zning bo`g’in tarkibiga o`z ta’sirini ko`rsatadi. Qanday nutq mexanizmlari shakllanmagani va ularning qaysi bosqichlari darajalari) ko`prok xastalanganiga bog’liq ravishda alaliyaning bir necha turlari uchraydi.
2. Afaziya - bosh miyaning muayyan joyi shikastlanishi bilan bog’liq holda nutqning to`liq yoki qisman yuqolishi. Ma’nodoshlari: nutqning buzilishi, yo`qolishi.
Bola nutqining bosh miya jarohatlanishi, neyroinfeksiya yoki, miya shishi natijasida yo`qolishi nutqning shakllanib bo`lganidan so`ng yuz beradi. Agar bunday buzilish uch yoshdan so`ng sodir bo`lsa, unda bolalar afaziyasi deb nomlanadi. Agar buzilish kattaroq yoshda yuz bergan bo`lsa, unda afaziya haqida fikr yuritiladi.
Yozma nutqning buzilishi. Uning qaysi turi buzilganiga qarab ikki guruxga ajratiladi. Maxsuldor tur buzilganida yozuvning zaiflashuvi, reseptli yozma faoliyat buzilganida - o`qishning zaiflashuvi kayd qilinadi.
1. Disleksiya - o`qish jarayonining qisman o`ziga xos buzilishi.
Harflarni idrok etish va tanishdagi qiyinchiliklarda; harflarni bo`g’inlarga qo`shish va bo`g’inlardan so`z tuzish borasidagi tutilishlarda (bu so`z shakllarini noto`g’ri talqin qilishga olib keladi); agrammatizmda va o`qiganlarini buzib tushunishda namoyon bo`ladi.
2. Disgrafiya - yozish jarayonining qisman o`ziga xos ravishda buzilishi.
Harfning optik-fazoviy obrazining turg’un emasligida, harflarning aralashib ketishi yoki tushib qolishida, so`zning so`z-bo`g’in tarkibini bayon qilish va gap qurilishida. namoyon bo`ladi. O`qitish davomida yozish jarayoni shakllanmagan xollarida agrafiya haqida fikr yuritiladi.
Bolalardagi yozish va o`qishning buzilishi bu jarayonlarni to`liq holda amalga oshirish uchun zarur bo`lgan bilim va kunikmalarni uzlashtirishdagi qiyinchiliklar orqali yuzaga keladi. Tadqiqotchilarning ma’lumotlariga ko`ra, bu qiyinchiliklar og’zaki nutqdagi nuqsonlar (optik shakllardan tashkari), tovush tahlili ishining shakllanmagani va ixtiyoriy diqqatning bekarorligi bilan bog’liq bo`ladi.
Bolalardagi yozish va o`qishning buzilishini yozish, o`qishdagi bilim va kunikmalarning yuqolishidan, shuningdek afaziya paytida yuzaga keladigan disleksiya (aleksiya) va disgrafiya (agrafiya) day ajrata bilmok lozim.
Shunday kilib, logopediyada nutq buzilishlarining 11 ta shakli ajratiladi, ulardan 9 tasi orzaki nutq natijasi va ishlab chiqarishning turli jarayonlaridagi buzilishlarni tashkil etadi. Qolgan 2 ta shakl esa yozma nutqning buzilish jarayoni bilan bog’liq holda ajratiladigan buzilishlarni uz ichiga oladi. Og’zaki nutqning buzilishlari orasida disfoniya (afoniya), taxilaliya, bradilaliya, duduqlanish, dislaliya, rinolaliya, dizartriya (anartriya), alaliya, afaziya ajratiladi; yozma nutqning buzilishlari orasida disleksiya (aleksiya) va disgrafiya (agrafiya) ajratiladi.
Psixologik-pedagogik tasnif tibbiy tasniflarni pedagogik jarayonda qo`llanish nuqtai nazaridan tankidiy tahlil qilish natijasida vujudga keldi (bu uslub logopedik ta’sir etish deyiladi). Bunday tahlil logopediyani nutqiy rivojlanishi buzilgan bolalarni o`qitish va tarbiyalashga jalb etish bilan bog’liq holda juda muhim buldi.
Olimlarning ilmiy izlanishlari e’tibori bolalar jamoasi bilan ishlash uchun zarur bo`lgan logopedik ta’sir etish metodlarini ishlab chiqishga yo`naltirilgan edi. Buning uchun bolalardagi nutqning nonormal rivojlanishining turli shakllaridagi nuqsonlarning umumiy ko`rinishi, ayniqsa, o`qish jarayonida tuzatish uchun dolzarb hisoblanganlarini topish zarur edi. Bunday yondashuv buzilishlarni guruhlashda boshqacha prinsipni talab kildi. Bu shunday prinsipki, tibbiy tasniflash (umumiydan xususiyga emas, balki xususiydan umumiy-ga bo`lgan) uning asosiga ko`riladi. Bu uni lingvistik va ruhiy mezonlar asosida ko`rishga imkoniyat yaratdi. Ular orasida Nutq sistemasining tuzilish komponenti (tovush tomoni, grammatik tuzilishi, lug’at zonasi), nutqning funksional jihatlari, nutqiy faoliyat turlarining (og’zaki va yozma) o`zaro aloqadorligi hisobga olinadi.
Keltirilgan tasnifda nutq buzilishlari ikki guruhga bo`linadi.
Birinchi gurux — muomala vositalarining (nutqning fonetik-fonematik va umumiy rivojlanmay qolishi) buzilishi.
1. Nutqning fonetik-fonematik rivojlanmay qolishi - bolalarda ona tilini talaffuz qilish sistemasi shakllanish jarayonlarining fonemalarini idrok etish va talaffuzdagi nuqsonlar oqibatida turlicha Nutq zaiflashuvlari bilan bog’liq ravishda buzilishidir.
2. Nutqning to`liq rivojlanmay qolishi — turli xil murakkab Nutqiy kamchilikdir, bunda nutq sistemasining tovush chiqarish va ma’noli tomonlariga taallukli barcha komponentlarining shakllanish jarayoni buzilgan bo`ladi.
Umumiy alomatlari sifatida quyidagilar kayd qilinadi: nutq rivojlanishining kech boshlanishi, lug’at boyligining kamligi, agrammatizm, talaffuzdagi nuqsonlar, (fonemalar tuzilishidagi nuqsonlar.
Nutqning bunday rivojlanmay qolishi turlicha darajalarda aks etishi mumkin: nutqning yuqolishi yoki uniig noaniq bog’lanishsiz xolatidan mukammal xolatigacha, lekin bunda fonetik va leksik-grammatik rivojlanmay qolish elementlari bo`ladi. Bolada nutq vositalariniig shakllanganlik darajasiga qarab nutq rivojlanmay qolish uch darajaga bo`linadi.
Ikkinchi gurux — muomala vositalarini qo`llanishdagi buzilish (unga duduqlanish ham kiradi), bu muomala vositalarining to`g’ri shakllangan xolatidagi Nutqning kommunikativ funksiyalarini buzilishi deb qaraladi. Bir necha xil (kombinasiyalangan) nuqson ham bo`lishi mumkin, bunda duduqlanish Nutqning umumiy rivojlanmay qolishi bilan qo`shilib ketadi.
Yuqoridagi tasnifda yozish va o`qishning buzilishi alohida nutq buzilishi sifatida ajratilmaydi. Tasniflashda sistemali yondashuv prinsipiga izchil tayanish aks etadi, uning asosida ikkita o`zaro bog’lanish hisobga olinadi: nutqiy faoliyat sistemasidagi buzilishlarning o`zaro bog’lanishi va bolaning bir ko`rinishdagi ruhiy jarayoni hamda boshqa ruhiy tomonlaridagi buzilishlarning o`zaro aloqadorligi, ularning rivojlanishi nutq bilan uzviy bog’langandir.