O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi abu rayhon beruniy nomidagi toshkеnt davlat tеxnika univеrsitеti



Yüklə 349,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/23
tarix20.11.2023
ölçüsü349,82 Kb.
#161872
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Marketing komunikatsiyasi (2)

Insofsiz raqobat
– xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar 
guruhining tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda qonun xujjatlariga, 
ish muomalasi odatlariga zid bo‘lgan hamda boshqa xo‘jalik yurituvchi 
subyektlarga - raqobatchilarga zarar yetkazgan yoki zarar yetkazishi 
mumkin bo‘lgan, yoxud ularning ishchanlik obro‘siga putur yetkazgan 


28 
yoki putur yetkazishi mumkin bo‘lgan ustunlikka ega bo‘lishga 
yo‘naltirilgan har qanday xatti-harakatlari; 
Raqobatga qarshi xatti-harakatlar
– xo‘jalik yurituvchi subyektlar 
vadavlat organlari, shuningdek ularning mansabdor shaxslarining raqobat 
to‘g‘risidagi qonun xujjatlarida taqiqlangan, raqobatni cheklashga 
yo‘naltirilgan xatti-harakatlari yoki harakatsizligi; 
Iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish
– xo‘jalik yurituvchi 
subyektlarning, bunday xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan shaxslar 
guruhiga kirmaydigan yuridik va jismoniy shaxslar bilan kelishilgan xatti-
harakatlari; 
Kelishilgan xatti-harakatlar
– ikkita yoki undan ko‘p xo‘jalik 
yurituvchi subyektlarning tovar va moliya bozorlaridagi ko‘rsatib o‘tilgan 
har bir bozor qatnashchilarining manfaatlarini qoniqtiradigan va ularning 
har biriga oldindan ma’lum bo‘lgan xatti-harakatlari; 
Kamsituvchi shartlar
bozorga kirish, tovarni ishlab chiqarish, 
ayriboshlash, sotish, sotib olish, berib yuborish, iste’mol qilish, shartlari - 
boshqa teng shart-sharoitlarda bir yoki bir necha xo‘jalik yurituvchi 
subyektlarni boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan taqqoslaganda 
teng bo‘lmagan holatga tushirib qo‘yadigan shartlar; 
Noto‘g‘ri taqqoslash
– alohida xo‘jalik yurituvchi subyektga bozor 
ustunliklari yaratadigan yoxud raqobatchilar va boshqa shaxslar tomonidan 
amalga oshiriladigan raqobatchini yoki raqobatchi ishlab chiqargan tovarni 
badnom qiladigan yolg‘on, noaniq yoki buzilgan taqqoslash; 

Yüklə 349,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin