27
Аsоsiy tushunchalar
Moliyaviy xizmatlar
– banklar, kredit tashkilotlari, sug‘urta
tashkilotlari va boshqa moliya tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan har
qanday moliyaviy xususiyatdagi xizmatlar, shuningdek qimmatli qog‘ozlar
bozorlarida professional ishtirokchilar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar
va shartnoma bo‘yicha ko‘rsatiladigan lizing xizmatlar;
Bir-birining o‘rnini bosadigan tovarlar
– o‘zining funksional
vazifasi, qo‘llanilishi, sifati va texnik tavsiflari,
narxi va boshqa jixatlari
bo‘yicha taqqoslanishi mumkin bo‘lgan tovarlar bo‘lib, bunday tovarlarni
sotib oluvchi iste’mol qilishda (shu jumladan ishlab chiqarish
maqsadlarida iste’mol qilishda) birini boshqasiga
haqiqatda almashtiradi
yoki almashtirishga tayyor;
Tegishli bozor
– O‘zbekiston Respublikasi hududidagi yoki uning
bir
qismidagi,
chegaralaridagi
iqtisodiy,
texnik
yoki
boshqa
imkoniyatlardan yoxud sotib oluvchi tovarni sotib olishi maqsadga
muvofiqligidan va bunday imkoniyat yoki
maqsadga muvofiqlik undan
tashqarida mavjud emasligidan kelib chiqib uning bir qismida boshqa
tovar bilan almashtirilishi mumkin bo‘lmagan tovarning (shu jumladan
xorijda ishlab chiqarilgan tovarning) yoki bir-birining o‘rnini
bosadigan
tovarlarning muomala doirasi. Tovarning muomala doirasi ma’muriy-
hududiy bo‘linishga mos kelishi va mos kelmasligi mumkin;
Xo‘jalik yurituvchi subyekt
– tovarlar ishlab chiqarish,
sotib olish
va sotish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxs, shu jumladan chet el yuridik
shaxsi, xo‘jalik boshqaruvi organi hamda yakka tartibdagi tadbirkor;
Raqobat
– xo‘jalik yurituvchi subyektlarning musobaqalashishi,
bunda ularning mustaqil xatti-harakatlari bilan ulardan har birining tegishli
bozorda
tovarlar
muomalasining
umumiy
shart-sharoitlariga
bir
tomonlama tartibda ta’sir ko‘rsatishi imkoniyati istisno etiladi yoki
cheklanadi;
Dostları ilə paylaş: