Leksik qatlamning boyish manbalari
Tildagi barcha so'zlar uning lug'at boyligini tashkil etadi. Tilning lug'at boyligi ikki manba - ichki va tashqi manba orqali ortib boradi. Boshqa tillardan so'z olish natijasida turkiy tillarda ham o'z qatlam va o'zlashgan qatlam farqlanadi.
O'z qatlam.
O'z qatlamga turkiy tillarga oid, shuningdek, turkiy tillar uchun umumiy bo'lgam so'zlar kiradi. Turkiy tillar lug'at tarkibida umumturkiy so'zlar asosiy miqdorni tashkil etadi.
Turkiy tillarning bevosita o'ziniki bo'lgam qatlam ichki imkoniyatlari
asosida hosil bo'lgan so'zlardan iborat. Bunda uchta holat kuzatiladi:
1.Asli turkiy so'zlardan shu tildagi affikslar yordamida yasalgan so'zlar: qatnashchi, terimchi, og'machi, birlashma;
2.Boshqa tildan o'zlashgan so'zlarga turkiy qo'shimcha qo'shilishi natijasida hosil bo'lgan so'zlar:
a) arabcha so'zlardan: aqlli, mashhurlik;
b) forscha-tijilch so'zlardan: mardlik, go'shtli;
d) ruscha-baynalmilal so'zlardan: limonli, sportchi;
3.O'zlashgan so'zga o'zlashgan qo'shimchani qo'shish natijasida hosil bo'lgan so'zlar ham ichki imkoniyat asosida yasalgan so'z hisoblanadi: kitobxon, doimiy, adabiyotshunos.
Turkiy tillar leksikasining umumiy xususiyatlari quyidagicha:
1. O'zak akasariyat o'rinlarda (undosh + unli) qolipida bo'ladi.
2. Turkiy so'zlarda ot- fe'l omonimlogi ko'p uchraydi: to'y, tut, yoz.
Turkiy tillarda omonimiyani yuzaga keltiruvchi hodisa – qadimgi turkiy til so'zlariga xos turkum sinkfetizmi o'z ifodasini topgan. E.V.Sevortyan tomonidan "fe'l-ot asoslar" deb nomlangan bu hodisa turkiy tillarning boshlang'ich taraqqiyot bosqichlarida bir bo'g'inli leksik asosning ayni bir lug'aviy ma'noga ega bo'lgani holda ism sifatida ham, fe'l sifatida ham ishlatilishini ifoda etadi. E.V.Sevortyan o'z qarashlarida "fe'l-ot omonimligi", fe'l-ot omoformalar" terminlarini qo'llagan. Shu bilan bir qatorda, bu hodisani "leksik-morfologik sinkretizm" deb qarash to'g'riroq ekanligini e'tirof etgan.
Dostları ilə paylaş: |