Saxa (yoqut) - tili
Saxa (yoqut ) tili - turkiy tillarning sharqiy tarmog'iga mansub til.
Rossiya Federatsiyasining Saxa Respublikasida, qisman Amur, Magadan, Saxalin viloyatlarida, Taymir va Evenk muxtor viloyatlarida tarqalgan. Yoqut tilida 450 mingdan ortiq kishi so'zlashadi. Markaziy, vilyuy, shimoliy-g'arbiy va taymir sheva guruhlari farqlanadi. Morfologiyasi agglyutinativ xarakterda bo'lib, sonlar, olmoshlar hamda kelishiklar bo'yicha boshqa turkiy tillardan bir qadar farqlanadi. Leksikasida o'z fonetik qiyofasini saqlab qolgan mo'g'ulcha o'zlashmalar, shuningdek, evenk va rus tilidan kirgan so'zlar ko'plab uchraydi.
Yoqut tiling umumxalq yozuvi 1922-yilda S.A.Novgorodov tomonidan yaratilib, 1924-yilda takomillashtirilgan; 1939-yildan esa rus grafikasi asosidagi yozuvga almashtirilgan. Adabiy til Saxa Respublikasining markaziy hududidagi so'zlashuv tili asosida rivojlangan.
Turkiy tillarni bir til oilasiga birlashtiruvchi va boshqa til oilalaridan farqlovchi xususiyatlaridan biri leksik tarkibning bir- biriga yaqinligi hamda grammatik qurilishning mushtarakligidir. Shuning uchun chuvash va yoqut tillaridan boshqa hamma turkiy tillar bir- biriga tushunarlidir.
Yoqut tilidagi so’zlarni kuzatar ekanmiz, bu tilga rus va mo’g’ul tillarining kattagina ta’siri borligini sezish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |