Go‘sht oqsili.
Stakanga 40-50 gr yog‘sizlantirilgan, maydalangan go‘sht soling. Uning ustiga
natriy xloridning 80-100 ml 10 %li eritmasi quying va aralashmani 15-20 minut
davomida aralashtirib tindiring. So‘ng hosil bo‘lgan qizil rangli aralashmani
buklangan qog‘oz filtrdan yoki ikki qavat dokadan o‘tkazing. Eritmada asosan
muskul albumini va globulini bo‘ladi.
Sut oqsili.
50 ml yangi sutga teng miqdorda ammoniy sulfatning to‘yingan eritmasi qo‘shing.
Bunda globulinlar va kazein cho‘kmaga tushadi. Aralashma qog‘oz filtrdan
o‘tkazing.
Dostları ilə paylaş: |