O‘simlik albumini.
25 gr bug‘doy uniga 100 ml distillangan suv qo‘shing va aralashmani bir soat
davomida kuchli chayqatib turing. So‘ng aralashmani sentrifugalab, tiniq qismi
filtrlang. Filtrlangan eritmada asosan bug‘doy albumini bo‘ladi.
Ishning borishi.
1. Peptid bog‘larni aniqlash.
Biuret reaksiyasi. 1-2 ml suyultirlgan oqsil eritmasiga ikki hajm o‘yuvchi
natriyning 30 % li eritmasi quying, yaxshilab aralashtiring va 2-3 tomchi mis
sulfatning 1 % li eritmasi qo‘shing, yana yaxshilab aralashtiring. Agar oqsilning
miqdori kamroq bo‘lsa reaksiyaning sezgirligini oshirish uchun oqsil eritmasiga
yana 1 ml mis sulfat eritmasi ohistalik bilan qo‘shing (bunda mis sulfat eritmasi
aralashmaning ustki qismida bo‘lishi kerak). Aralashma biroz turgandan keyin
qatlamlar chegarasida binafsha rang hosil bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |