eritmasiga natriy nitritning 2 ml 0,5 % li eritmasi quying, qattiq chayqating va
darhol 2 ml oqsil eritmasi, probirkadagi moddalar aralashtirilgandan so‘ng natriy
karbonatning 6 ml 10 % li eritmasi qo‘shing. Bunda aralshma qizil rangga
bo‘yaladi. Bu reaksiyani gistidin va tirozin qoldiqlari tutuvchi oqsillarda kuzatish
mumkin.
5. Nitroprussid reaksiyasi. Probirkaga 3 ml suyultirilgan oqsil eritmasi quying,
unga shuncha miqdor ammoniy sulfatning to‘yingan eritmasi va 2-3 tomchi natriy
nitroprussidning 5 % li eritmasi qo‘shing. Keyin aralashmaga bir necha tomchi
konsentrlangan ammoniy gidroksid qo‘shing. Agar tekshirilayotgan oqsilda sistein
bo‘lsa alvon (purpur) rang hosil bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: