Kristall holdagi tuxum albuminini olish.
Ish uchun kerakli jihozlar va reaktivlar. 50 va 100 ml li o‘lchov silindrlari, shisha
voronkalar, shisha tayoqchalar, Bunzen kolbasi, Byuxner voronkasi, 50 ml li
stakan, qog‘oz filtrlar, universal qog‘oz indikator, ammoniy sulfatning to‘yingan
erimasi, quruq ammoniy sulfat, 4% li sirka kislota eritmasi.
Ishning borishi. Ikkita tuxum oqsili sarig‘idan ajratiladi va kavsharlangan probkali
o‘lchov silindriga solinadi. Unga teng miqdorda ammoniy sulfatning to‘yingan
eritmasi (1 l suvga 757 gr quruq tuz hisobida) qo‘shiladi, probka bilan berkitiladi
va yaxshilab aralashtiriladi.
Aralashma yarim to‘yinganda globulinlar cho‘kmaga tushadi. Cho‘kma filtrlanadi.
Filtrlash hajmi kichikroq boshqa o‘lchov kolbasida o‘tkaziladi. Tiniq filtratga
yaxshilab maydalangan ammoniy sulfat kristallari 100 ml ga 13,5 gr hisobidan
qo‘shiladi va kristallar to‘la erib ketguncha shisha tayoqcha bilan aralashtiriladi.
Bunda ammoniy sulfatning 70 % li eritmasi hosil bo‘ladi va albuminlar cho‘kmaga
tushadi. Cho‘kma Byuxner voronkasi yordamida filtrlanadi va 50 ml li stakanga
o‘tkazilib minimal hajmdagi suvda eritiladi. Hosil bo‘lgan eritmaga asta sekin
aralashtirib turib rN 4,7-4,8 ga yetguncha 4 %li sirka kislota eritmasi qo‘shiladi.
So‘ng eritmaga yo‘qolmaydigan loyqa hosil bo‘lguncha oz-ozdan amoniy
sulfatning to‘yingan eritmasi chayqatib turib qo‘shiladi. Stakan toza oyna bilan
yopiladi va sovutgichga qo‘yiladi. Bir yoki bir necha sutkadan keyin albuminning
ignasimon kristallari hosil bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |