Sutdan kazein ajratib olish.
200 ml hajmli stakanda 30 ml sut 4 hajm suv bilan suyultiriladi va unga
aralashtirib turib sirka kislotaning 0,1 % li eritmasi kazein cho‘kishi to‘xtaguncha
qo‘shiladi. Kislotaning miqdori ortib ketmasligi zarur, chunki kazein mo‘l
miqdordagi kislota eritmalarida eriydi. Kazein filtrlanadi, suv bilan yuviladi va
yog‘lar va boshqa aralashmalardan tozalash uchun natriy karbonatning 0,1 % li
eritmasida eritiladi. Bunda kazein erib ketadi, yog‘ esa eritmaning yuzasida qoladi.
Aralashma nam filtrdan o‘taziladi.
Kazeinning natriyli tuzi bo‘lgan filtrat yana sirka kislotaning 0,1 % li eritmasi
yordamida cho‘ktiriladi. Cho‘kmaga tushgan kazein filtrlanadi, filtr qog‘oz orasiga
olinib imkoni boricha quritiladi va suvsizlantirish uchun havonchada 15-20 ml
spirt bilan maydalanadi. So‘ng kazeindan yog‘ qoldiqlarini ketkazish uchun katta
probirkada efir bilan, keyin metil spirti va xloroformning 1:1 nisbatdagi
aralashmasi bilan chayqatiladi. Olingan toza kazein quritilgandan keyin oq rangli
kukun holatida bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |