Oqsillarni kislotali gidrolizi.
Oqsillarni soddaroq birikmalargacha parchalash gidroliz yordamida amalga
oshirilishi mumkin. Buning uchun 20 % li xlorid kislotasi, 30 % li sulfat kislotasi,
5 n. li o‘yuvchi natriy eritmasi yoki 15 %li bariy gidroksid eritmalaridan
foydalanish mumkin. Bunda peptid bog‘lar parchalanadi va kichik molekulyar
massali birikmalar-peptonlar hosil bo‘ladi. Oqsil to‘la parchalanganda esa
aminokislotalar aralashmasi hosil bo‘ladi.
50 ml hajmli tubi yumaloq kolbaga 20 ml oqsil eritmasi quyiladi va unga 5 ml
konsentrlangan xlorid kislota qo‘shiladi. Kolba uzun shisha nay o‘rnatilgan probka
bilan berkitiladi.
Gidrolizning boshlanishi va oxirida neytrallangan oqsil eritmasida Biuret
reaksiyasi o‘tkaziladi. Oqsillar ko‘k-binafsha rang, peptonlar esa qizil rang beradi.
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar.
1. Biuret reaksiyasi jarayonida qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? Tegishli reaksiya
tenglamalarini yozing.
2. Oqsillarni cho‘kishi qanday jaryonlarga asoslangan?
3. Nima uchun har xil oqsillar har xil sharoitlarda cho‘kmaga tushadi?
4. Qanday oqsillar suvda yaxshi eriydi va nima uchun?
Dostları ilə paylaş: |