Kazeindagi fosfat kislota qoldig‘ini aniqlash.
100 gr kazeinda taxminan 0,8 gr fosfor fosfat kislota shaklida bo‘ladi. Kazeindagi
fosforni aniqlash uchun kazein konsentrlangan sulfat va nitrat kislotalarning
aralashmalarida yoqiladi. 0,05 gr kazein o‘tga chidamli probirkada 0,3 ml
konsentrlangan sulfat kislota va shuncha nitrat kislota bilan aralashtiriladi.
Probirka qum hammomida qizdiriladi. Aralashma qorayib qo‘ng‘ir tusga kiradi. 10
minutdan keyin, agar aralashma rangsizlanmasa, ikki tomchi nitrat kislota qo‘shib
yana qizdiriladi. Bu jarayon aralashma rangsizlanmaguncha davom ettiriladi.
So‘ng qolgan nitrat kislotani yo‘qotish uchun ikki ml suv qo‘shib qizdiriladi.
Shundan so‘ng aralashma fenolftalein bo‘yicha o‘yuvchi natriyning 5 n. eritmasi
bilan neytrallanadi. Bunda ortiqcha ishqor qo‘shib yubormaslik kerak, agar ishqor
ko‘payib ketsa kislota eritmasi bilan neytrallanadi. Eritma ikki qismga bo‘linadi va
quyidagi usullar bilan fosfat kislota borligi aniqlanadi.
1. Ammoniy molibdatning nitrat kislotadagi 2 ml eritmasiga 1 ml tekshirilayotgan
eritma qo‘shiladi aralashma ohista qizdiriladi. Bunda ammoniy fosforomolibdat
((NH
4
)
3
PO
4
12MoO
3
) ning sariq rangli cho‘kmasi hosil bo‘ladi.
2. 2 ml gidrolizatga keskin hid hosil bo‘lguncha asta sekin konsentrlangan
ammoniy gidroksid eritmasi qo‘shiladi. So‘ng unga teng hajmda magnezial
aralashma qo‘shiladi. Probirka devoriga shisha tayoqcha bilan ishqalansa
MgNH
4
PO
4
ning kristallari hosil bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |