68
qoldiradi. Bu yerdagi oʻzaro doʻstlik boʻlajak shoir qalbini togʻdek koʻtarib
yuboradi.
Quddus Muhammadiy Oybek, H. Olimjon, Gʻ. Gʻulomlarni oʻzi uchun ustoz
deb bilgan, ulardan oʻrgangan, ular bilan doimo ijodiy muloqotda boʻlgan. Ilk
sheʼrlaridan biri ―Tong oʻyini‖ orqali ulkan adib Oybek bilan tanishadi. Oybek bu
isteʼdodli bolalar shoirini hamisha qoʻllab-quvvatlab, ijodiga gʻamxoʻrlik
qilib
kelgan.
Bir kuni yozuvchilar uyushmasida mushoira boʻladi. Mushoiraga raislik
qilayotgan Hamid Olimjon sheʼr oʻqish navbatini Quddus Muhammadiyga beradi.
Q. Muhammadiy zavq bilan ―Saʼva sayrarkan‖ sheʼrini oʻqiydi. Uning ijodiy
qobiliyatini payqagan H. Olimjon sheʼr tugashi bilan yoniga chaqirtiradi.
Qachondan beri sheʼr
yozishini, qayerda ishlashini surishtirib, sheʼr maʼqul
tushganini aytadi. Soʻng bolalar uchun sheʼrlarning kamligi haqida toʻxtalib,
shunday ajoyib sheʼrlarni koʻproq yozishni taʼkidlaydi.
Quddus Muhammadiy ijodiga xos boʻlgan muhim xususiyatlardan biri
hozirjavoblikdir. Shoir asarlarida ona-Vatanga muhabbat, aʼlo oʻqish, xulq-odobda
boshqalarga namuna boʻlishga daʼvat etish, fan va texnikani oʻrganish masalalari
asosiy mavzulardan hisoblanadi.
Ikkinchi jahon urushi davrida Quddus Muhammadiy
Islom Shoirga adabiy
kotiblik qiladi. Bu yerda u xalq ogʻzaki ijodi namunalari bilan yaqindan tanishadi.
Islom Shoirdan koʻp narsalarni oʻrganadi.
Shoirning birinchi sheʼrlar toʻplami 1946 yilda ―Oʻquvchiga esdalik‖ nomi
bilan bosilib chiqadi. Shundan keyin uning 60 dan ziyodroq turli nom va tillardagi
kitoblari chop etiladi.
Quddus Muhammadiy doimo zarur mavzularda asarlar yaratib keldi. Har bir
sheʼrni kundalik hayotimizdan olib yozdi. Yozganda ham qiziq yozdi, qizgʻin
yozdi, soz yozdi. Bolalarni oʻqishga, hunar oʻrganishga, odobli boʻlishga,
mehnatga chorlaydi, qiziqtirdi. Buni shoirning ―Oʻquvchiga esdalik‖ sheʼrida
koʻrish mumkin. Asarda maktab oʻquvchisining maʼnaviy qiyofasi va vazifalariga
mufassal toʻxtalib, oʻqish, bilim oʻrganish zarurligini taʼkidlaydi: