O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi andijon davlat universiteti f. Q. Kiyikbayev



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/76
tarix20.05.2022
ölçüsü1,97 Mb.
#58779
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   76
fayl 1491 20210818

OY NECHTA 

Yulduz, Qunduz, singil va opa 
Boshladilar katta tortishuv. 
Yulduz dedi: — Oy bitta faqat 
Qunduz dedi: — Yo‗q, ikkita-ku! 
— Kech bo‗lsin-chi, ko‗ramiz, qani, 
Kimning gapi rostga chiqarkan? 
— Yulduz bo‗lsang oyni ko‗rgani 
Undan ilgariroq chiqarsan?.. 
II 
Ana keldi kutgan kecha ham, 
Yonib chiqdi qizil shirmon oy. 
Chopib ketdi Yulduz ko‗chaga, 
Qunduz dedi: — Hovlidan boqay. 
Ikkovi ham ko‗rarkan oyni, 
Bir-biridan olishdi darak: 
— Unda bormi? 
— Ha, bittasi bor. 
Qaysisining oyi kattaroq? 
Ishonmadi biri-biriga 


94 
Va dedilar: 
— Oy nechta, oyi? 
— Yoting endi. 
Faqat bitta osmonning oyi! 
Katta boigach, aylanaylarim, 
Oyning o‗zin minib ko‗rarsiz. 
— O‗shanda-chi, oyijon, bizga 
Katta shoti olib berarsiz? 
III 
Men ham shunday bolaligimda 
Oyni ikkita deb yurardim. 
O‗sha paytim tushib esimga 
Shu she‘rni yozib yubordim. 
Hakim 
Nazir 
o‗zbek bolalar nasrining otaxon 
ijodkorlaridan, 
kichkintoylarning sevimli adiblaridan biridir. U bolalar uchun o‗ndan ziyod qissa, 
roman, pesa, son-sanoqsiz hikoyalar yaratdi. «So‗nmas chaqmoqlar», «Yonar 
daryo», «Kenjatoy» qissalari, «Lochin qanotlari» romani, o‗nlab hikoyalari 
ko‗pgina xorijiy tillarga tarjima qilinib, chet ellarda ham o‗z o‗quvchisini topdi. 

Zahmatkash adib 1915- yilda Toshkent 
shahrida mahsido‗z-kosib oilasida dunyoga keldi. 
Onasi Malika otinning maktabida boshlang‗ich 
ma‘lumot 
olgandan 
keyin, 
poyabzal 
fabrikasigkirdi, shu bilan birga kechki ishchilar 
dorilfununi (industrial texnikum)da o‗qishni 
davom 
ettirdi. 
Hakim 
Nazir 
bolaligidan 
kitobxonlikka juda o‗ch bo‗ldi, gazeta va 
jurnallarda bosilgan asarlarni chanqoqlik bilan 
o‗qib chiqardi. Undagi o‗qish-yozishga bo‗lgan 
qiziqish uni hozirgi «Tong yulduzi» gazetasi


95 
тahririyatida ishlashga olib keldi. 1934 — 1935-yillardan dastlabki hikoya, 
ocherklari gazetada, «Yosh kuch» jurnalida bosilib chiqdi. Bular havaskorlik 
mashqlari edi. Adib jiddiyroq asar yozish uchun hayot taassurotlaridan tashqari 
chuqur nazariy ma‘lumot ham zarur ekanligini angladi. Kunduzi tahririyatlarda 
ishlab, kechki Toshkent davlat pedagogika institutida o‗qidi va til-adabiyot 
fakultetini muvaffaqiyatli bitirdi. Biroz vaqt o‗qituvchilik qildi. Adabiy ishga 
astoydil berildi. 1942-yildan boshlab o‗n bir yil davomida O‗zbekiston radio 
qo‗mitasida bo‗lim boshlig‗i, bosh muharrir bo‗lib ishladi. So‗ng Badiiy adabiyot 
nashriyotida bosh muharrir, O‗zbekiston yozuvchilar uyushmasida kotib, adabiy 
maslahatchi vazifalarini bajardi. Mazkur vazifalarni yozuvchi ijodiy ish bilan 
qo‗shib olib bordi. Qunt, chidam bilan o‗z ustida ishlashi, tinimsiz ijodiy izlanishi 
tufayli Hakim Nazir bolalar yozuvchisi sifatida kitobxonlarga tanildi. 1940-yilda 
«Kenja» (yangi nomi «Quyosh qachon tutiladi?»), 1946- yilda «Salim ota» nomli 
hikoyalari respublika tanlovlarida sovrindor bo‗ldi. 1951-yilda esa rus tilida 
chiqqan «Malchiki iz kishlaka» hikoyalar to‗plami Moskvada bo‗lib o‗tgan 
tanlovda mukofot oldi. 
Sevimli yozuvchimizning ijod yo‗liga sinchiklab nazar tashlasak, uning 
dastlabki ijodiy izlanishlari hikoyachilikdan boshlanganini ko‗ramiz. Uning 
birinchi kitobi «Qishloqdagi jiyanlarim» ham hikoyalardan jamlangandir. 
«Qishloqdagi jiyanlarim» (1948), «Besh baho» (1955) «Cho‗l havosi» (1958), 
«Yaxshi ism» (1962), «Meni taniysizmi?» (1963), «Bolajonlarim» (1964) nomli 
hikoyalar to‗plamlari birin-ketin e‘lon qilinib, bolalar va o‗smirlarning ma‘naviy 
mulkiga aylandi. 
Hakim Nazirning ko‗pgina hikoyalari bog‗cha yoshidagi yoki endigina 
birinchi sinfga qadam qo‗ygan bolalar hayotini aks ettirishga bag‗ishlangan. Buni 
adibning «Bir og‗iz so‗z», «Rasmli kitobcha», «Davronning qushchasi», 
«Qaysargina ukam», «Yaxshi ism», «Ikki o‗rtoq», «Bulbul», «Qanddon», «Igna», 
«Bir tup g‗o‗za» kabi hikoyalari misolida aytish mumkin. Bu hikoyalarda bolalar 
o‗rtasidagi o‗zaro do‗stlik, axloq-odob, a‘lo o‗qish, jamoat ishlarida faollik 


96 
ko‗rsatish, kattalarning yumushlariga ko‗mak-lashish, qushlar va jonivorlarga 
g‗amxo‗r bo‗lish, orzu-umidlar qanotida yashash va boshqa masalalar aks etganini 
ko‗ramiz. 
Muallif «Qishloqdagi jiyanlarim» to‗plamidagi «Valijonning dadasi» 
hikoyasida bolalarning jangchilarga hurmat va muhab-batini tasvirlaydi. Buni 
ikkinchi jahon urushidan qahramon bo‗lib qaytgan Valijonning dadasini butun 
qishloq ahli zo‗r hurmat va katta tantana bilan kutib olganini ko‗rsatish orqali 
ochadi. «Boshoq» hikoyasi bolalarning o‗qishdan bo‗sh vaqtlarida ota-onalarga 
yordam 
berishlarini 
Azimjon, 
Mamat, 
Salimjon, 
Toshtilla 
obrazlarida 
gavdalantiradi. «Jiyanimning toychasi» hikoyasi kitobxonni qishloq bolalarining 
xarakterlari va hayoti bilan tanishtiradi. Mahmudjon bilan Omonning otasi 
paxtadan mo‗l hosil olish uchun kim o‗zishga kirishadi. Bolalar o‗z otalarining 
g‗olib chiqishi uchun kuyib-pishib harakat qiladilar. Mahmudjon jonidan aziz 
toychasini aravaga qo‗shib, paxta tashishga kirishadi. Bu bilan yozuvchi qishloq 
bolalarining o‗ziga xos xususiyatini yaratadi. Kichik bir parcha orqali katta bir 
voqeani — bolalarning ulug‗ ishlarga qo‗l urganligini haqqoniy ko‗rsatadi. 
Hakim Nazirning «Yonar daryo» qissasi o‗zbek bolalar adabiyotining katta 
yutug‗idir. «Gazqaynar» manzarasini yorqin bo‗yoqlarda gavdalantirgan bu asarda 
o‗sha davrda Qizilqum sahrosi kishilarining jasorati, jo‗shqin hayoti, qahramonligi 
hamda bir-biriga chin mehribonligi tasvirlanadi, shuningdek, oiladagi bola 
tarbiyasi, bunda ota-onaning tutgan o‗rni ko‗rsatiladi. Asarda voqea o‗n ikki yoshli 
o‗quvchi Damir tilidan hikoya qilinadi. Bundan ikki yil avval otasi vafot etib, 
singlisi Popuk ikkovi onasining qaramog‗ida qolishgan. Ko‗p vaqtlari ishda 
o‗tadigan ona bolalar tarbiyasiga kam e‘tibor bergan. Damir esa keksa buvisining 
o‗ta mehribonligi, yumshoqligi tufayli o‗yinqaroq, o‗qishga kamhafsala, o‗jar 
bo‗lib qolgan. Natijada, u onasiga bo‗yin egmaslikka harakat qiladi. Damirlarning 
uzoq qarindoshlari Sulton amaki ularning uylariga tez-tez kelib turadi, shuning 
uchun bolalar unga o‗rganib qolishgan. Keyinchalik ota sifatida shu oilaga kirgan 
Sulton amaki Damir xarakterining shakllanishida muhim o‗rin tutadi. Damir 
xarakterida iz qoldirgan ikkinchi muhim voqea uning Qizilqumga safari bo‗ladi. 


97 
Bu uning ko‗z o‗ngida yangi olam ochadi, uni mehnat quchog‗ida chiniqtiradi. 
Gazchilarning «G‗ildirab yuradigan posyolkasi», «Cho‗pon boboning 
boshchiligida» ochilgan «Mo‗‘jiza quduq», bemorligiga qaramay Sulton amaki 
ko‗rsatgan fidokorlik, umuman, gazchilarning afsonaviy qahramonligi Damir 
ruhida keskin burilish yasaydi. 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin