O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi andijon davlat universiteti f. Q. Kiyikbayev



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/76
tarix20.05.2022
ölçüsü1,97 Mb.
#58779
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   76
fayl 1491 20210818

 
BINAFSHA 
Binafshaxon, binafsha 
Kulishlaring chiroyli: 
Bog‗imizda ochilib 
Turishlaring chiroyli. 
Hamma chiqar dalaga 
Binafshalar tergali, 
Men ham terdim bir dasta 
Opamizga bergali. 
— Mana, opa, binafsha, 
Qarang, qanday chiroyli. 
— Yuring, — dedi opamiz, — 
Binafshalar teraylik. 
Binafshalar ochildi 
Chakkangga taq, chakkangga: 
Atir hidi sochildi, 


83 
Chakkangga taq, chakkangga. 
Lazzat olib hididan 
Bolarilar uchadi. 
Ipakqanot kapalak 
Barglarini quchadi. 
Seni maqtab kuylaydi, 
Bog‗ aylanib qushchalar. 
Darak berib bahordan, 
Quvontirding shunchalar. 
Binafshaxon, binafsha 
Kulishlaring chiroyli. 
Ko‗ksimizda hid sochib 
Turishlaring chiroyli! 
KAPALAK 
Hoy, kapalak, kapalak, 
Qanotlaring ipakdak. 
Muncha shoshib uchasan, 
To‗xta, so‗z!ayin andak. 
Uchrataman har kuni 
Seni har kun bog‗chamda, 
So‗rib gullar sharbatin 
O‗ltirasan olchamda. 
Borib ushlay deganda 
Shoshib darhol uchasan. 
Sira tutqich bermasdan 
Guldan gulga ko‗chasan. 
Mendan aslo qochmagin, 
Do‗st bilaman o‗zimga. 
Pildir-pildir uchishing, 
Oh, yoqadi ko‗zimga. 
Uch, uchaver, uchaver, 
Go‗zal bog‗cham — gulshanda. 
Sira ozor bermayman 
Sevgim, fikrim bor senda. 
Kapalakjon, kapalak, 
Qanotlaring ipakdak. 
Do‗st bo‗laylik ikkimiz, 


84 
To‗xta, so‗zlayin andak! 
TO„P 
To‗pim, to‗p-to‗p etasan, 
Ursam uchib ketasan. 
Havolanib nariga — 
Do‗stlarimga yetasan. 
O‗ynatasan ko‗zimni 
Hovliqtirib o‗zimni. 
Biroz ko‗proq o‗ynasam, 
Terlatasan yuzimni. 
Senga sira to‗ymayman, 
Bo‗sh ekanman qo‗ymayman. 
Ovunchog‗im, — deb seni 
Do‗stlarim-la o‗ynayman. 
To‗pim, to‗p-to‗p etasan. 
Ursam uchib ketasan. 
Handalakdek yumalab 
Bizni xursand etasan. 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin