80
ZAFAR DIYOR, SULTON JO„RA VA SH.SA‟DULLANING HAYOTI
VA IJODI
Reja:
1. Zafar Diyorning hayoti va ijodiy faoliyati.
2. Shukur Sa‘dullaning
hayoti va ijodi
3. Sh.Sa‘dulla ijodida hayotiy voqealaming badiiy tasviri
4. Xulosa
Zafar Diyor 1912- yilda Namangan viloyatining Chust tumani, Samsoqtepa
qishlog‗ida kambag‗al dehqon oilasida tug‗ildi. 1916-yilda
Zafarlar oilasi
Toshkent shahriga ko‗chib keladi. Zafarning otasi dalada, onasi esa bosmaxonada
mehnat qiladilar.
1927-
yilda Zafar to‗liqsiz o‗rta maktabni bitiradi va Samarqanddagi Narimonov nomli
pedagogika texnikumiga o‗qishga kiradi. Texnikumda ko‗proq ilm-fan sirlaridan
bahramand bo‗lishga harakat qiladi. Uning dastlabki she‘riy mashqlari bilim yurti
devoriy gazetasi sahifalarida ko‗rina boshlaydi.
Yigirmanchi yillarning oxiri va o‗ttizinchi yillarning boshlarida uning bolalar
gazeta va jurnallarida ilk she‘rlari chop etila boshladi. Zafar Diyorning birinchi
she‘ri yosh shoirlarning «Qurilish kuylari» degan to‗plamida bosilib chiqdi. Ko‗p
o‗tmay uning birinchi she‘rlar to‗plami «Qo‗shiqlar» nomi bilan 1933-yilda nashr
etildi.
81
Yosh shoir 1933- yilda bilim yurtini
muvaffaqiyatli bitirgach,
o‗qituvchi bo‗lib ishlay boshladi. Bu hol uning maktab va bolalar hayoti bilan
yaqindan tanishishida, yosh avlod hayoti haqida yozadigan asarlarining hayotiy va
puxta bo‗lishida ijobiy o‗rin tutadi.
1934-yilda Zafar Diyor Samarqanddan Toshkentga qaytadi va hozirgi «Tong
yulduzi» gazetasida adabiy xodim, keyinroq esa mas‘ul kotib bo‗lib
ishlay
boshlaydi. SHu bilan birga, u hozirgi Toshkent davlat pedagogika universitetining
til va adabiyot fakultetiga kirib, o‗qishni davom ettiradi. O‗zbek hamda qardosh
xalqlar yozuvchilarining asarlarini qunt bilan o‗qiydi, o‗rganadi.
O‗sha yillari gazetada Zafar Diyor bilan birga ishlagan yozuvchi Hakim Nazir
o‗z esdaliklarida shunday yozadi: «Men Zafarni o‗ylasam uni nuqul shod-hurram
bolalar
qurshovida, quvnoq chehrasidan nur taralib, sertabassum lablaridan she‘r
durdonalari yog‗ilayotganday ko‗raman. CHindan ham, u bolalarga juda yaqin edi.
Maktablar va bolalar uylarida, kutubxona va bog‗chalarda bot-bot bo‗lar, yosh
kitobxonlarga yangi-yangi she‘rlarini
bolalarcha muloyim, sodda, shirali ovoz
bilan o‗qib berar, ayrim she‘rlarini yoddan ifodali o‗qir, bolalarga ham she‘r
o‗qitib eshitardi. Shunda u o‗zining qaysi she‘rlari bolalar ko‗rigidan yaxshi
o‗tganini, qaysi she‘rni ko‗proq sevib qolganlarini ko‗rar,
bolalarga yoqtirish
uchun qanday she‘rlar yozish lozimligini fahmlab olardi. «Biz bolalarga nuqul
o‗rgatibgina qolmay, ulardan o‗rganib ham turishimiz kerak», derdi.
Zafar Diyorning «Binafsha» she‘rini yoddan bilmagan o‗quvchi bo‗lmasa
kerak. She‘r o‗zining ravon o‗qilishi, qofiyalarning jarangdorligi bilan o‗quvchini
o‗ziga tortadi:
Binafshaxon, binafsha,
Kulishlaring chiroyli.
Bog‗imizda ochilib,
Turishlaring chiroyli.
Shoirning «Mamlakat», «Kazbek», «Tilsiz o‗rtoq», «Madriddan kelgan
mehmon» kabi she‘r va dostonlari shoir ijodining
har taraflama yuksalishidan
dalolat beruvchi liro-epik asarlardir.
82
Zafar Diyor bolalarning xatti-harakatlarini, orzu-intilishlarini yaxshi biladi.
Zafar Diyor baxtli bolalarning go‗zal bog‗lardan, chamanzorlardan,
rang-barang gullardan, bahordan olgan quvonchini «Bahor keldi», «Orzu»,
«Qaldirg‗och», «Qushlar haqida qo‗shiq», «Binafsha» kabi she‘rlarida sodda,
ravon tilda, ohangdor, yengil qofiyali, o‗ynoqi misralarda shoirona talqin etadi va
ular qalbida hayotga mehr uyg‗otadi.
Zafar Diyor bugungi o‗zbek bolalar dramaturgiyasi
taraq-qiyotiga ham
barakali hissa qo‗shdi. U bolalar hayoti haqida «Baxtli yoshlik», «Yosh
vatanparvarlar», «Omonat», «Uch og‗ayni» kabi qator dramalar ham yozgan.
O‗zbek bolalar nasrini rivojlantirishda Zafar Diyor ham o‗z hissasini
qo‗shgan. Uning «Jo‗natish», «Cho‗pon qizi», «Nojo‗yaliklar» kabi hikoyalari
shular jumlasidandir.
Zafar Diyor bolalar adabiyotining hamma janrlarida qalam tebratdi. U
bolalarning turmushi, talab-ehtiyojlari hamda orzu-tilaklarini, turmushini, ularning
ruhiyatini puxta bilganligi
uchun bolalarning yoshiga, ong-tushunchasiga moslab,
g‗oyaviy-badiiy jihatdan puxta asarlar yaratdi.
Dostları ilə paylaş: