85
qo‗yilmagan
xat»,
«Sеning
bayraming», «Mеning aziz bolalarim»
va boshqa kitoblari bosilib chiqdi.
Odatda, boychеchak juda erta ochiladi. U qor erib-erimasdanoq ko‗zga
tashlanadi. Buni ko‗rgan odamlar «Ha, bahor yaqinlashib qolibdi», dеydi. Shoir
«Boychеchak» asarida xuddi shu fikrni lo‗ndaqilib chizib bеradi:
Ochildimi boychеchak,
Endi har
yon gul dеmak,
Chunki bahorr elchisi -
Shu mitgi gul — boychеchak.
Albatta, boychеchak paydo bo‗lganidan
kеyin bahor boshlanadi, yomg‗ir
ustiga yomg‗ir yog‗adi. Yomg‗ir tabiat husniga husn qo‗shadi, odamlar ruhini
еngillatadi. Shukur Sa'dulla «Yomg‗ir yog‗aloq» shе'rida bahor yomg‗iriga
muhabbat bilan munosabatda bo‗ladi.
Shoir ijodida yumoristik shе'rlar ham bir talay: «Shalabbo» «Anqov»,
«Injiq»,«Ivirsiq», «Bizning oyi»
kabi asarlarida shoir dangasa, o‗z ustida ko‗p
ishlamaydigan, izlanishni yoqtirmaydigan, injiq, ivirsiq
bolalar ustidan qattiq
kuladi.
Ivirsiqda shoir o‗yinqaroq, kun bo‗yi koptok o‗ynab, uyga bеrilgan vazifani
bajarish, o‗z vaqtida uyqudan turish o‗rniga qotib
uxlab darsdan kеch qolgan
Siddiq nomli bolaning maktab o‗quvchilariga xos bo‗lmagan qiliqlarini fosh qiladi:
Daftari ochiq-sochiq,
Qolgan vazifa chala.
Soat yurar:: chiq-chiq-chiq,
Еchilmagan masala.
Yana jaranglab soat,
To‗qqizga
zang uradi,
«Ivirsiqjon» bеtoqat -
86
Endi shoshib turadi.
Shukur Sa'dulla xalq og‗eaki ijodini sеvgan va undan ijodiy foydalangan
shoirlardan biri edi. U «No‗xatpolvon», «Laqma it», Ayyor it», «Ayyor
chumchuq», «Chol bilan bo‗ri» kabi o‗nlab asarlarini ertaklar asosida yaratdi. Xalq
ertaklarini jo‗ngina shе'rga solib qo‗ya qolmadi. Balki unga ijodiy yondashdi.
Davrimizga, bolalarning istak-armonlariga moslashtirdi.
Dramaturg
Shukur
Sa'dullaning
«Yoriltosh», «Gulxan»,
Bizning
bog‗chamiz», «Dalada bayram», «Vatan ishqi» (daramaturg Z.Fatxullin bilan
hamkorlikda yozilgan), «Ikki bilaguzuk», «Zubayda», «Afsona yaratgan qiz»
p'еsalarini tomoshabinlar yaxshi bilishadi.
AYIQ
O‗rmonda bo‗lganmisiz?
Ayiqni ko‗rganmisiz?
Ustida po‗stini bor,
Pisand emas unga qor.
Men uning naslidanman,
Ayiqning aslidanman.
Otamdan qoldi po‗stin,
O‗sha po‗stin menga to‗n.
Farqim shu: men qo‗g‗irchoq,
Bolalarga o‗yinchoq!
BUZOQ
Men buzoqman, buzoqman,
Shoxim chiqqan — suzoqman.
Lekin yumdalab tortmang,
U yon-bu yonga otmang.
Iflos yerga yo‗latmang,
O‗yinchoqman, qulatmang.
Buksangiz qayrilaman,
Oyoqdan ayrilaman.
Sigir bolmayman unda,
Qaymoq bermayman kunda.
87
Mayli, o‘ynang erta-kech,
Lekin ozor bermang hech!
TOYCHOQ
Toychog‗im bor — uchqur ot,
Quralay ko‗z —tulpor zot.
Egar-jabduq uraman,
Minib, olg‗a suraman.
O‗zi yog‗och, yoli qil,
Ovunchog‗im, olg‗a yel!
Dostları ilə paylaş: