48
Adabiyotlar:
1. M.Jumaboyеv. Bolalar adabiyoti. Darslik. 2010 yil.
2. M.Jumaboyеv. O‗zbеk va jahon bolalar adabiyoti. Qo‗llanma. 1996 y.
3. Z. Masharipova T.Matyoqubova O‗zbek yozma adabiyotida folklor
an‘analari Toshkent – 2011
4. www. ziyonet.uz. Bolalar adabiyoti-
5. Paul H. Fry. Theory of literature Yale University- 2012
II BO`LIM. O„ZBEK BOLALAR ADABIYOTINING VUJUDGA KELISHI
VA UNING IJODKORLARI FAOLIYATI
O„zbek bolalar adabiyotining vujudga kelishi. O„tgan asrning 30-40 -
yillaridagi o„zbek bolalar adabiyoti. Hozirgi davrdagi o„zbek bolalar
adabiyoti
Rеja:
1. O‗zbek bolalar adabiyotining vujudga kelishi.
2. O‗tgan asrning 30-40–yillaridagi o‗zbek bolalar adabiyoti.
3. Hozirgi davrdagi o‗zbek bolalar adabiyoti.
Boy va rang-barang xalq og‗zaki ijodi namunalari yozma adabiyotning
maydonga kelishi va rivojlanishida boy manba bo‗lib xizmat qiladi. Bu yerda yana
bir narsani ta‘kidlab o‗tish kerak: badiiy adabiyot taraqqiyoti jamiyatning umumiy
taraqqiyoti bilan ham uzviy bog‗liq. Bu jihatdan Mahmud Koshg‗ariyning
«Devon-u lug‗otit turk» asarini eslab o‗tish o‗rinlidir. XI asrning buyuk tilshunos
olimi bu kitobda bizga ko‗pma‘lumotlar beradi. Unda XI asr adabiyoti bilan birga,
avvalgi zamonlarda paydo bo‗lib, og‗izdan og‗izga, avloddan avlodga ko‗chib
yurgan qo‗shiq va lirik she‘rlardan namunalar ham keltirilgan. Ayniqsa, mehnat,
49
qahramonlik, marosim, mavsum qo‗shiqlari haqida batafsil ma‘lumot
beriladi.Shuningdek, Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‗u bilig» (Saodatga olib
boruvchi bilim), Ahmad Yugnakiyning «Hibat- ul-haqoyiq» (Sevimli haqiqatlar)
dostonlarida hamda Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg‗oniy-larning asarlarida til,
ilm, fan, axloq-odob masalalari qamrab olinadi. Haydar Xorazmiy, Qutb, Durbek,
Sakkokiy, Lutfiy singari shoirlarning adolatsizlik va zulmni qoralashga, oddiy
insonning og‗ir ahvoliga achinish, orzu-armonlarini qisman bo‗lsa-da yoritishga
qaratilgan asarlari tarixda muhim rol o‗ynaydi. Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy g‗azallari
timsolida XIII asr o‗zbek she‘riyati hayotiy voqealarni aks ettirish sohasida katta
badiiy tajriba to‗pladi. Bu tajriba Alisher Navoiydek buyuk san‘atkorning voyaga
yetishi uchun zarur bo‗lgan shart-sharoitlarni tayyorladi.
Alisher Navoiy butun faoliyati va ijodini insonning baxt-saodati uchun
kurashga, xalqning osoyishtaligiga, o‗zaro urushlarning oldini olishga,
obodonchilik ishlariga sarflagan, donishmand davlat arbobi, o‗zbek adabiy tiliga
asos solgan va o‗zbek mumtoz adabiyotini yangi taraqqiyot pog‗onasiga ko‗targan
buyuk so‗z san‘atkori bo‗lib, davrining madaniy hayotiga rahbarlik qildi, ilm-fan,
san‘at va adabiyot ahliga homiylik qilib, ko‗plab shogirdlar yetishtirdi.
Alisher Navoiy «Hayrat ul-abror» (Yaxshi kishilarning hayratlanishi)
dostonining 40- bobida rostgo‗ylikning ajoyib fazilat ekanligini maqtab
yozadi:―Har kim o‗ziga to‗g‗rilik (halollik)ni odat qilgandan keyin charxning
teskari aylangani bilan nima ishi bor.Yo‗l qancha to‗g‗ri bo‗lsa, (manzil) shuncha
yaqin. Nayza to‗g‗ri bo‗lganidan doim boshi yuqori. Arqon har narsaga
chirmashgani uchun mol, qo‗ylarni bog‗laydi. Sarvning qomati to‗g‗ri bo‗lgani
uchun xazon kulfatidan omonda va doimo yam-yashil… kimning qo‗li egri bo‗lsa,
u o‗g‗ri bo‗ladi‖.
Bugungi o‗zbek bolalar adabiyoti yildan yilga rivojlanib bordi.O‗tgan asrning
30-yillarga kelib, o‗zining professional shoir va yozuvchilariga ega bo‗ldi. Poeziya
(Zafar Diyor, Adham Rahmat, Ilyos Muslim, SHukur Sa‘dulla, Sulton Jo‗ra,
Mahmuda Oqilova, Quddus Muhammadiy), proza (Majid Fayziy, Dorjiya
Oppoqova, Hakim Nazir), dramaturgiya (Zafar Diyor, Dorjiya Oppoqova)
50
sohalarida bolalar ijodkorlari yetishib chiqdilar. Sadriddin Ayniy, G‗afur G‗ulom,
Hamid Olimjon, Oybek, SHokir Sulaymon, Elbek va G‗ayratiylar ham o‗zbek
bolalar adabiyotini yuksaltirish ishiga o‗z hissalarini qo‗shdilar.
Bu davrda Zafar Diyorning «Qo‗shiqlar» (1933), «Tantana» (1936),
«SHe‘rlar» (1939), «Muborak» (1940), «SHe‘r va hikoyalar» (1940) to‗plamlari va
«Mashinist» (1935) poemasi, «Baxtli yoshlik» dramasi, «Jo‗natish»,
«Nojo‗yaliklar» hikoyalari; A. Rahmatning «Dum» (1938), «Baxtli yoshlik»
(1939), «Zavqli allalar» (1940), «SHe‘rlar» (1940), «Hiylagar tulki» (1940)
kitoblari; Sulton Jo‗raning «Fidokor» (1940); Ilyos Muslimning ,,O‗suv» (1932),
«Zaharxandalar» (1932) to‗plamlari, «Miqti keldi» poemasi (1934); SHukur
Sa‘dullaning «Hayqiriq» (1933) to‗plamlari bosilib chiqdi.
Bu davrda qardosh xalqlar adabiyotidan juda ko‗plab asarlar o‗zbek tiliga
tarjima qilindi. Buning natijasida o‗zbek bolalar adabiyoti har tomonlama boyib
bordi. Ayniqsa, «Yosh turkistonliklar», «Bolalar yo‗ldoshi», «Bolalar dunyosi»,
,,O‗zgaruvchi bolalar», «Yosh kuch» kabi nashrlarning yo‗lga qo‗yilishi bolalar
adabiyotining har tomonlama rivojlanishiga sabab bo‗ldi.
Xullas, bolalar adabiyotining mavzu doirasi kengaya bordi. Yoshlik, maktab
hayoti, ona yurt tabiati, xalqlar do‗stligi, ilm, hunar va texnikaga muhabbat
mavzulari bolalar adabiyotidan keng o‗rin oldi.
Xalqimizda «Ona yurting omon bo‗lsa, rangi ro‗ying somon bo‗lmas», degan
naql bor. Ikkinchi jahon urushi yillarida Oybek, Hamid Olimjon, G‗afur G‗ulom,
Sobir Abdulla, Uyg‗un, Maqsud SHayxzoda, Zafar Diyor, Amin Umariy,
G‗ayratiy, Mirtemir, Ilyos Muslim, Sulton Jo‗ra va boshqalar fashist
bosqinchilarining yer bilan yakson bo‗lishiga komil ishonch g‗oyasi bilan
yo‗g‗rilgan asarlar yaratdilar. Uyg‗unning «Xayrlashuv», Zafar Diyorning
«Kichkina jangchi», Ilyos Muslimning «Yovni tutday to‗kamiz», Sulton Jo‗raning
«Tekstil kombinati to‗quvchilari», Ra‘no Uzoqovaning «Talpin, yurak» she‘rlari
bolalar adabiyotida urushni la‘natlovchi dastlabki asarlardan bo‗ldi.
Bu davr bolalar adabiyotining asosiy mavzusini urush davridagi xalq
qahramonlarining fashist bosqinchilariga qarshi jasoratlarga to‗la kurashi «Xat»
51
(Hamid Olimjon), «Sen yetim emassan» (G‗afur G‗ulom), «Vatan haqida»,
«Yigitlarga» (Oybek), «Kurash nechun?», «Kapitan Gastello» (Maqsud
SHayxzoda), «Vatan haqida qo‗shiq» (Uyg‗un), «Vatan», «CHavandoz» (Temir
Fattoh), «Qurol bering menga ham!», «Bizning oila» (Zafar Diyor), «To‗pchi
Muhammad» (Sulton Jo‗ra), «Onamning aytganlari» (Adham Rahmat), «Biz
yengamiz» (Hasan Said) kabi asarlarda o‗z ifodasini topdi.
Zafar Diyor yaratgan qahramonlar yosh bo‗lishiga qaramay juda qasoskor.
Ular tinchlik, osoyishtalik shaydolari, nemis-fashist bosqinchilarini qattiq qahr-
g‗azab bilan la‘natlaydilar.
Nemis-fashist bosqinchilari barcha qatori yosh bolalarning ham osuda
hayotini buzdi. Ularni daryo, ko‗llar bo‗yida baliq tutib, hordiq chiqarishdan, bilim
olib, quvnoq o‗yin-kulgu bilan yashashdan mahrum etdi
Urush davri bolalar adabiyotida front orqasini mustahkamlash ishi ham
alohida mavzu bo‗lib qolgan edi. Zafar Diyorning «Maktab — sening fronting»,
«Poezd ketar frontga», «Temirchilar minbari», SHukur Sa‘dullaning «Yoshlik»,
«Sen nima qilding?» kabi asarlarida bolalarning front orqasini mustahkamlashdagi
jangovar mehnatlari namoyon bo‗ladi.
Urushdan so‗nggi davr bolalar she‘riyatida ona-Vatan, go‗zal diyor, hur
o‗lkamiz to‗g‗risida yaratilgan asarlar diqqatga sazovordir. «Yashna, Vatan» (I.
Muslim), «Obod o‗lkam», «Yurtimizning yuragi» (P. Mo‗min), «Mening
Vatanim», «Baxtli bolalar» (Q. Hikmat), «O‗lkamizning tongi otmoqda» (A.
Rahmat), «Dehqon bobo va o‗n ikki bolakay qissasi» (A. Oripov), «Ona degan
so‗z» (O. Matjon) kabi bu mavzuda yaratilgan she‘rlarni sanagan bilan tamom
bo‗lmaydi.
Abdulla Oripovning «Dehqon bobo va o‗n ikki bolakay qissasi» she‘ri bolalar
adabiyotining keyingi yillarda qo‗lga kiritgan jiddiy yutuqlaridan bo‗ldi. O‗zbek
bolalar she‘riyatida O‗zbekiston haqida ko‗plab asarlar bor. A. Oripov ularni
takrorlamasdan o‗ziga xos original asar yozgan. SHe‘r qahramonlari o‗n ikki
viloyatdan chiqqan a‘lochi, jamoatchi o‗quvchi bolalar.Ular o‗z joylarining tarixini
yaxshi bilishadi. Poezdda o‗zlariga hamroh bo‗lgan boboning savollariga lo‗nda-
52
lo‗nda qilib javob berishadi. O‗zbekistondagi har bir viloyatning o‗ziga xos
boyligi, shaharlari, bag‗rikeng odamlari kitobxon ko‗z o‗ngida bir-bir gavdalanadi.
O‗zaro suhbat asosiga qurilgan bu she‘rda boboning yakuniy nutqi juda
salmoqli. To‗rt misra she‘r bilan tobora gullab-yashnab borayotgan, o‗z taqdirini
o‗zi bunyod etayotgan diyorimizning husni jamoli, salobati va qudrati bir
butunligicha ifoda etilgan:
O‗zbek xalqi avvaldan mehnatkash xalq. Ishchanlik bizga ota-bobolarimizdan
meros bo‗lib qolgan. Q. Muhammadiyning «Etik», «Buvimning hikoyasi», H.
Yoqubovning «Sirdaryo oftobi», SHukur Sa‘dullaning «Hovlimizning bolalari»,
«Dastyor qiz», «Bog‗bon qiz», Ilyos Muslimning «Oyxon va rayhon», «Ishchan
asalarilar», «Sening sovg‗ang», Po‗lat Mo‗minning «Dalalarga qarasam», «Oftob
chiqdi olamga», Qudrat Hikmatning «Bobo va nabira», «Jo‗jam, yurma laqillab»,
Tolib Yo‗ldoshning «Vaqt qadri», Yusuf SHomansurning «Baraka», «Tikuvchi»
she‘rlari bevosita mehnat mavzusiga bag‗ishlangan.
SHoirlarimiz o‗z asarlarida bolalarni mehnatkash bo‗lishga, mehnat ahlini
hurmat qilishga, ularning peshona terlari evaziga bunyod etilgan narsalarni
e‘zozlashga, asrab-avaylashga da‘vat qiluvchi she‘rlari bilan kitobxon mehrini
qozonmoqdalar.
Bolalarni bog‗cha yoshidan boshlaboq tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalash
muhim ishlardan biri hisoblanadi.Bolalar ijodkorlari bu masalaga alohida e‘tibor
bermoqdalar. «Kichkinabog‗bon haqida doston», «Suv bilan suhbat», «Yuksak
tog‗, keng o‗tloq va mard o‗rtoq haqida qissa» (Z. Diyor), «To‗rt fasl» (SH.
Sa‘dulla), «Bizning bog‗ga kelinglar» (G‗. G‗ulom), «Boychechak», «G‗uncha»
(Uyg‗un), «O‗rik gullaganda» (H. Olimjon), «Yurtimiz tabiati», «Tillaqo‗ng‗iz» (I.
Muslim), «Tabiat alifbosi», «Qanotli do‗stlar» (Q. Muhammadiy), «Bahor», «Tog‗
manzarasi», «Suv» (Q. Hikmat), «Toshbaqa» (Y. SHomansur), «Bircho‗ntak
yong‗oq» (M. A‘zam), «Kamalak afsonasi» (O. Matjon) va boshqalar shular
jumlasiga kiradi.
Bolalar shoiri Olim Mahkam o‗ziga o‗zi talabchan qalamkashlardan. U
o‗zining har bir asarini qayta-qayta ishlaydi, tilining sodda, badiiy mukammal
53
bo‗lishiga katta e‘tibor beradi. Uning «Kapalak» she‘rini olib ko‗raylik. To‗rt
misradan iborat bu asar naqadar oddiy, naqadar sodda. Ammo juda ta‘sirchan.
SHe‘rda insonlar u yoqda tursin, hatto hasharot-u qurt-qumursqalar ham tabiatning
mudom guldek yashnab turishi tarafdori ekanligi ayon bo‗ladi.
Po‗lat Mo‗minning «Xoh o‗qishda, xoh ishda», «Sinfimiz qo‗shig‗i»,
«Ustozlar»; Ergash Raimovning «Endi katta bolaman» kabi asarlarida shu kunning
nafasi sezilib turadi.
Odatda, bolalar orzular qanotida yashaydi. «Endi katta bolaman» she‘rida
bolaning orzu-niyati nihoyatda buyuk — tezroq o‗sib, ulg‗ayib maktab o‗quvchisi
bo‗lish:
Bultur edim oltida, Yillar yurmas ketiga,
Yoshim yetmay qoldi-da.Bu yil to‗ldim yettiga.
Maktabga yozishmadi, Endi katta bolaman,
O‗qishga olishmadi. Men maktabga boraman.
Ikkinchi jahon urushidan keyin o‗tgan davr ichida o‗nlab poemalar, ertaklar,
dostonlar maydonga keldi. Oybekning «Zafar va Zahro», «Bobom»; Quddus
Muhammadiyning «Dunyoda eng kuchli nima?», «Solijon»; SHukur Sa‘dullaning
«Laqma it», «Ikki donishmand»; Po‗lat Mo‗minning «O‗rinbosarlar», «Eh, rosa
shirin ekan», «Xolning jiyron velosipedi», «Oltin nay», «Jalil eshitgan ertak»;
Qudrat Hikmatning «Toshbaqalar hujumi», «Bobodehqon hangomasi»,
«CHovkar», «CHirchiq farzandi»; Ramz Bobojonning «CHo‗pon o‗g‗li»; Safar
Barnoevning «Biz dehqon bolasimiz», «Oltin shahar haqida afsona», «Oltin
oshiqlar»; Miraziz A‘zamning «Aqlli bolalar», «Bedananing buvisi»; Toshpo‗lat
Hamidning «Asrorqulning qo‗chqori»; Ergash Raimovning «Bir dona yaproq»;
Azim Usmonning «G‗aroyib ajdarho»; Kavsar Turdievaning «Toshkesarlar
mamlakatida» kabi doston va ertak-dostonlari yaratildi.
Hozirgi zamon o‗zbek bolalar adabiyotida she‘riyat rivoj-langani kabi nasrda
ham salmoqli asarlar yuzaga keldi.Yozuv-chilarning yangidan yangi avlodlari
kamol topdi. Ayniqsa, hikoyachilik o‗sdi. Bolalarning yoshi, qiziqishi,
dunyoqarashiga to‗la javob bera oladigan hikoyalar bunyod etildi. Hakim Nazir,
54
Yoqubjon SHukurov, SHukur Sa‘dulla, Xudoyberdi To‗xtaboev, Turg‗unboy
G‗oipov, Rahmat Azizxo‗jaev, Latif Mahmudov, Farhod Musajon, Sobir Yunusov,
Oqiljon Husanov, Mahmud Murodov, Nodir Nazarov, Ergash Raimov, Safar
Barnoev, Abusaid Ko‗chimov, Anvar Obidjon va boshqalarning o‗nlab hikoyalar
to‗plamlari bosilib chiqdi.
Juda ko‗p hikoyalarda kichkintoylarning hayotlari o‗z ifodasini topmoqda.
SHodmonbek Otaboevning «Itolg‗i» hikoyasi qush, qurt-qumursqalarni sevish,
ardoqlashga qaratilgan. Itolg‗i chumchuq va chug‗urchuqlarni tutib olib yeydigan
qush. SHukurali aka Itolg‗ini jiyani SHavkatga sovg‗a qiladi.SHavkat uzum
qo‗riqlashda undan foydalanmoqchi edi.Ammo qush ularnikida o‗zini erkin
sezmaydi. Buning sababini surishtirganda SHavkatning otasi bu qush ozod va
erkinlikni qo‗msayotganligini tushuntiradi. SHavkat qushlarni yaxshi ko‗radigan,
rahmdil bola. U Itolg‗ini qafasda uch kun zo‗rg‗a ushlab turadi. Qafasda qush
emas, o‗zi o‗tirgandek bo‗ladi va Itolg‗ini qafasdan butunlay chiqarib yuboradi.
Qush bolaga «rahmat» degandek parvoz qilib ketadi.
Bolalar qissachiligida ham ko‗plab yaxshi asarlar yaratildi. Oybek, G‗afur
G‗ulom, Abdulla Qahhordan tortib bugungi kunga qadar hisoblaydigan bo‗lsak,
ularning soni nihoyatda o‗sdi. Bunga misol qilib Hakim Nazir, Shukur Sa‘dulla,
Xudoyberdi To‗xtaboev, Hojiakbar SHayxov, Anvar Obidjon, Latif Mahmudov,
Farhod Musajon, Habib Po‗latov, Muqimjon Niyozov, Rustam Rahmonov, Iboxon,
SHukur Xolmirzaev, Oqiljon Husanov, Marva Jaloliddinova, Asad Dilmurod,
Abusaid Ko‗chimov, Ergash Raimov, Mamatqul Hazratqulov va boshqalarni
ko‗rsatish mumkin.
Bu davr bolalar qissachiligining mavzu doirasi juda kengaydi. Kattalarning
mehnati, ularning jasoratlari («Yonar daryo»), ikkinchi jahon urushida ishtirok
etish («Rustamjonning sarguzashtlari»), tobora gullab-yashnab borayotgan go‗zal
shaharlarimiz va bag‗rikeng, insonparvar odamlarimiz («Komandirning boshidan
kechirganlari»), o‗tmishda zulmkorlarga qarshi kurash, baxtli va yorug‗ kun uchun
intilish («Kachal polvon»), ikkinchi jahon urushi davrida bolalar hayoti va ularning
daladagi faoliyati («CHangalzordagi sharpa»), chorvadorlarga ko‗mak («Oq otli»),
55
o‗quvchilarning dalachilik brigadalari («Zamon»), sho‗x va o‗zboshimcha bolalar,
ularning qayta tarbiyasi («Bizning roman») kabi mavzular bu davr qissachiligida
yetakchi o‗rinda turadi.
Bu davr bolalar qissachiligida sarguzasht, ilmiy-fantastika janrlari ham rivoj
topdi. Xudoyberdi To‗xtaboev («Sariq devni minib», «Qasoskorning oltin boshi»,
«SHirin qovunlar mamlakatida»), Hojiakbar SHayxov («Samo mahvaridagi
namoyish», «SHom kamari», «Ajdodlar xotirasi»), Mahkam Mahmudov («Teskari
ko‗zlar sayyorasi»), Anvar Obidjon («0099 nomerli yolg‗onchi», «Dahshatli
meshpolvon»), Olloyor («Fazogir chumoli»), Oqiljon Husanov («Tog‗da o‗sgan
bola») va boshqalar bu janrda samarali ijod qilmoqdalar.
Bolalar tarbiyasida dramaturgiya janrida yaratilgan asarlar ham katta rol
o‗ynaydi. Hakim Nazir, Adham Rahmat, Po‗lat Mo‗min, Mamarasul Boboev,
Turg‗unboy G‗oyipov, Narimon Orifjonov, Latif Mahmudov, Farhod
Musajonlarning pesalari o‗zining bolalarbopligi bilan kichkintoylar quvonchiga
quvonch qo‗shib kelmoqda.
Hozirgi zamon o‗zbek bolalar badiiy adabiyoti bilan birga bolalar
adabiyotshunosligi va adabiy tanqid ham pog‗onama-pog‗ona o‗sdi, rivojlandi. Bir
qator darslik, qo‗llanma, majmua, monografiya, kitoblar yozildi. O‗nlab nomzodlik
va doktorlik dis-sertatsiyalari himoya qilindi. SHu zaylda hozirgi zamon o‗zbek
bolalar adabiyoti rivojlanishda davom etmoqda.U yangi yozuvchilar, yangi asarlar
bilan tobora boyib bormoqda.Bir so‗z bilan aytganda, bu adabiyot jonajon
O‗zbekistonimizning tobora gullab-yashnashi uchun xizmat qilmoqda.
Dostları ilə paylaş: |