O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi andijon davlat universiteti f. Q. Kiyikbayev


Mashg`ulotni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/76
tarix20.05.2022
ölçüsü1,97 Mb.
#58779
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   76
fayl 1491 20210818

Mashg`ulotni mustahkamlash uchun savollar: 
1. Bolalar adabiyotida folklorning o‗rni? 
2. Xalq og`zaki ijodiga nimalar kiradi? 
3. Alla -qo‗shiq dеganda nimani tushunasiz?  
4. Ertak janrini aytib bеring? 
5. Maqol, tеz aytish, topishmoq to‗g‗risida nimalar bilasiz? 
 
Mustaqil o`qish uchun tavsiya etiladigan asarlar: 
a. O`zbek xalq ertaklari. 
b. Alpomish dostoni 
c. O`zbek bolalar folklori (afsonalar, qo`shiqlar, maqollar, topishmoqlar) 
d. Yusuf Xos Hojib ―Qutadg`u bilig‖. 


35 
Adabiyotlar: 
2. M.Jumaboyеv. Bolalar adabiyoti. Darslik. 2010 yil. 
3. M.Jumaboyеv. O‗zbеk va jahon bolalar adabiyoti. Qo‗llanma. 1996 y. 
4. Z. Masharipova T.Matyoqubova O‗zbek yozma adabiyotida folklor 
an‘analari Toshkent – 2011 
5. www. ziyonet.uz. Bolalar adabiyoti-
6. Paul H. Fry. Theory of literature Yale University- 2012. 
ALISHER NAVOIY VA GULXANIY IJODIDA TA‟LIM-TARBIYA 
MASALALARI
 
Rеja
1. Alisher Navoiyning qisqacha tarjimai holi. 
2. Alisher Navoiyning ijtimoiy-siyosiy va axloqiy-ta`limiy qarashlari. 
3. Gulxaniy asarlarida odob-ahloq tushunchasi. 
4. Gulxaniyning «Zarbulmasal»asaridagi masallari tahlili.
5. ―Maymun bilan Najjor‖, ―Toshbaqa bilan Chayon‖, ―Tuya bilan 
Bo‗taloq‖masallarida real hayot haqiqatini ifodalanishi. 
Besh asrdan ortiq vaqt davomida Alisher Navoiy asarlarini xalqimiz 
qo`lyozma kitoblar (devonlar, bayozlar va tazkiralar)dan o`qib o`rgandi, shoir 
g`azallari negizida yaratilgan qo`shiqlar ham navoiyxonlikda ayricha ahamiyat 
kasb etdi. Maktablarda ham, madrasalarda, davra va suhbatlarda ham shoir 
asarlariga rag`bat tobora kuchaya bordi.
Xususan, XIX asrning so`nggi choragidan e`tiboran shoir asarlarini ko`p 
sonli adadlarda toshbosma (litografiya) va tipografiyalarda chop etish yo`lga 
quyilgach, bu jarayon yanada chuqurlasha va kengaya bordi. XX asrda Navoiy 
asarlarini o`qib-o`rganish o`rta va oliy maktab dasturlaridan keng o`rin oldi, 


36 
asrning oxirlariga borib esa, bog`chalar ta`limi doirasiga ham kiritila boshlandi. 
Shu zaylda turli yoshdagi kitobxonning o`z Navoiysi qad rostlaydigan bo`ldi. Shu 
ehtiyoj "Xamsa" dostonlarining, shuningdek, "Lison ut-tayr"va "Mahbub ul-qulub" 
asarlarining hozirgi adabiy tilda qayta aytilgan nasriy bayonlari va tabdillarini 
yaratishga, qolaversa, kichik yoshdagi bolalarga mo`ljallangani "Qiziq 
hikoyalar"(1991) nashrini amalga oshirishgacha olib keldi. 
Buyuk gumanist bolalarga kelajak sohiblari sifatida qaradi, shunga ko`ra 
ularning tarbiyasiga alohida e`tibor berish zarurligini uqtirarkan, bu sohadagi 
axloqiy qarashlarini "Xamsa"dostonlarida, xususan, dastlabki uch dostoni-
"Hayratul-abror" ("Yaxshilarning hayrati"), "Farhod va Shirin", "Layli va 
Majnun"da, shuningdek, "Lison-ut-tayr" ("Kush tili"), "Mahbub ul-qulub" ("Qalb 
sevgilisi") hamda "Arbain hadis" ("Qirq hadis") kabi asarlarida olg`a surdi. Bu 
asarlar bolalar navoiyxonligida ayricha mavqe hosil qilib keldi. 
Navoiy 
bolalar 
tarbiyasida 
axloqiy 
qarashlarning muhimligiga ham alohida 
ahamiyat berdi.Bu jihatdan "Xamsa"ning 
kirish dostoni sanaluvchi "Hayrat ul-abror" 
hamda eng so`nggi asari "Mahbubul-qulub" 
favqulodda qimmatga ega. 
"Hayratul-abror" 
("Yaxshilarning 
hayrati") dostoni 1488 yilda yozilgan bo`lib, 
64 bobdan tarkib topgan. Jami 3988 bayt ( 
7976 satr)dan iborat. Dostonning 21 bobi-
muqaddima, 40 bobi-asosiy qismi bo`lib, 20 
maqolot, 20 hikoya va masaldan tashkil 
topgan. So`nggi 3 bobi-xotimasidir. 
Dostonning asosini 20 maqolot tashkil etadi, hikoya va masallar ularga 
ilovalar sanaladi. Dastlabki to`rt maqolot imon, islom, salotin va "riyoyi 
xirqapo`shlar suluki" haqida bo`lib, keyingi maqolotlarda axloqiy tushunchalar 


37 
xususida bahs etadi. Shoir olg`a surgan axloqiy-ta`limiy qarashlar silsilasida xulq-
odobni, mehnatsevarlikni, saxovatpeshalikni, mehribonlik va adolatpeshalikni, 
umuman, insonni sharaflovchi ezgu fazilatlarni targ`ib etish va insonni 
tubanlashtiruvchi yaramas odat va xislatlarni shafqatsiz tanqid qilish yetakchi 
tamoyildir. 
Jumladan, 
beshinchi 
maqolatda 
karam 
xususida 
mulohaza 
yuritiladi.Unda saxiylik bilan baxillik bir-biriga qarshilantirilib, axloqiy 
mohiyatiga baho beriladi. 
Shoir talqinicha, saxovat-olijanob insoniy fazilat, lekin uning o`ziga xos 
shartlari bor. Bular tubandagilar; a) saxovat ehtiyojga nisbatan beminnat 
bo`lganidagina joizdir; b) saxiylik deb to`kib sochish -isrofdir; v) kimdandir 
tama`girlik bilan saxovat kutish-haromdir.
To`qqizinchi maqolotda ishqni vasf etsa, o`ninchi maqolotda rostgo`ylik va 
to`g`rilikdan bahs yuritadi. Bunda shoir xilma-xil o`xshatishlar vositasida 
rostgo`ylik va to`g`riliknint yolg`onchilik va egrilikdan afzallik xususiyatlarini 
ochib beradi. Nihoyat yolg`on so`zlashi tufayli ovchi tuzog`iga ilingan durroj 
(tustovuq) holatini bayon etuvchi "Sher bilan durroj" masalini keltiradi. Masalda 
keltirilishicha, bir beshada sher yashar, har gal bolalasa, chumolilar (mur) uning 
bolasini nobud qilaverganidan yurak oldirib kuygandi. Shu sababli: 
Tishlabon ul moyai payvandini 
Og`zida asrar edi farzandini.1 
Biroq shu "beshada" bir durroj ham yashar, hamisha sher vahmidan 
cho`chiyverganidan qo`qqisdan: "fir eta" uchar, bundan shervachcha seskanib 
ketardi. Bu holdan sher g`am chekardi, Nihoyat sherning 
Ko`ngli bu ishdin bo`lib ozorlik, 
Boshladi durroj bila yorlik. 
Va unga boshiga har qanaqa tashvish tushsa, ko`maklashmoqqa so`z berib, 
qo`qqisdan uchaverib, uning bolasini qo`qitmasligini shart qilib qo`ydi. Endi 
durroj uning yonida cho`chimay emin-erkin yashay boshlaydi. Hatto shu 
eminligiga ishonch hosil qilish uchun sherni sinamoqchi bo`lib, bir gal ovchi 
domiga tushdim deya faryod ko`tardi. Sher uni qutqarmoqqa borsa, faryod yolg`on 


38 
bo`lib chiqadi. Durroj bu harakatini bir necha bor takrorladi.Shu sababli sher unga 
ishonmay qo`ydi, Boshqa bir mahalda durroj chindan ham sayyod domiga tushadi. 
Bu gal u: 
Qichqiribon dom aro ul mubtalo, 
Necha dedi, tot meni tuttilo. 
Sher kulogiga etib ul makol
Savtini doyimgidek etti xayol. 
Ko`p eshitib erdi bu yolg`onini, 
O`yla gumon etti chin afg`onini. 
Har necha kim rost fig`on ayladi, 
Sidqini ham qkizb gumon ayladi. 
Shu tarika, durroj o`z yolg`onining qurboni bo`ldi. Masaldan kelib chiqqan 
xulosa shu!
Alisher Navoiy ana shu axloqiy-ta`limiy qarashlarini butun hayoti va ijodiy 
faoliyatining sintezi bo`lgan "Mahbub ul-qulub" ("Qalb sevgilisi", 1500) asarida 
yanada chuqurlashtiradi. Bu asar ustozlari Shayx Sa`diyning "Guliston", "Buston" 
va Abdurahmon Jomiyning "Bahoriston" singari didaktik bitiklari an`analaridan 
ijodiy ilhomlanib yozilgan bo`lib, tarkibiy jihatdan uch qismdan iborat: 
Birinchi qismi "Xaloyiq ahvoli va atf`oli kayfiyatida" ("Kishilarning 
ahvoli, fe`l-atvori va gap-so`zlarining ahamiyati haqida") bo`lib, 40 fasldan tashkil 
topgan. Ularda jamiyatdagi turli ijtimoiy tabaqalar hamda ularning ijtimoiy 
mavqeini tavsiflash etakchilik qiladi. Odil podsholar, beklar, nomunosib noyiblar 
(o`rinbosarlar),zolim podsholar, diyonatsiz sadrlar (mansabdorlar), maqtanchoqlar, 
yasovullar, lashkarlar, shayxul-islom, qozilar, qonunshunos muftilar, mudarrislar, 
tabiblar, mutasavvuflar (bularni nazm gulistonining xushovoz qushlari deb ataydi 
muallif), kotiblar, maktab ahli, mutrib va mug`anniylar, ashulachilar, qissaguylar, 
va`zxonlar, munajjimlar, savdogarlar, kosiblar, xalq amaliy san`ati ustalari, 
mirshablar, zindoniylar, qoravullar, dehqonlar, bezorilar, g`arib va bechoralar, 
gadoylar, qushchilar va ovchilar, uylanish va xotinlar, riyokor shayxlar, xarobot 
ahli-rindlar haqida batafsil ma`lumotlar berarkan, feodal jamiyatga xos ijtimoiy 


39 
tabaqalanish xususiyatlarini ochadi. Bunday vaziyatda Navoiy o`z zamonasining 
ulkan jamiyatshunosi sifatida gavdalanadiki, u bergan ma`lumot XV asrdagi 
ijtimoiy munosabatlar tarixini o`rganishda hamon qimmatli manba sifatida xizmat 
qiladi. 
Navoiy iqtidorli o`quvchilarni, olimlarni, kotiblarni, shoirlarni san`atkorlarni 
hurmat qilishga chorlaydi. Uningcha o`qish ham, o`qitish ham g`oyat mas`uliyatli 
ish, chunki beqiyos qunt, havas va g`ayratni talab etadi. Bolalarni savodli, bilimli 
qilish yo`lida o`qituvchi chekadigan zah,mat ozmuncha emas. Binobarin, 
shogirdning burchi, garchi ustoz unga bir harf o`rgatgan esa-da, o`sha ustoz 
hurmatini joyiga qo`ymoqdan iborat. Shogird ustozni umr bo`yi izzat qilmog`i, 
unutmasligi lozim: 
Haq yo`lida kim senga bir harf o`qitmish ranj ila, 
Aylamak bo`lmas ado oning haqin yuz ganj ila. 
Asarning ikkinchi qismi "Hamida af`ol va zamima hisol xosiyatida" 
("Yaxshi fe`llar va xislatlar to`g`risida") tarzida nomlangan va u o`n bobdan iborat 
bo`lib, axloqiy masalalarga bag`ishlangan. Unda inson axloqi yaxshi fe`llar va 
yomon xislatlarga bo`lingan holda talqin qilinadi. Yaxshi fe`llar silsilasida tavba, 
qanoat, sabr, tavoze` va odob, ishq tavsiflanadi, ularning mohiyatini ochish 
niyatida kichik-kichik tamsiliy voqealar keltirilib, inson kamolotidagi ahamiyati 
ko`rsatiladi.
Asarning uchinchi qismi "Mutafarriqa favoyid va amsol surati" ("Turli 
foydali maslahatlar va maqollar") tarzida nomlangan bo`lib, 118 tanbihdan tashkil 
topgan. "O`zbek tilining izohli lug`ati"da "tanbih," arabcha so`z bo`lib, "nojo`ya 
xatti-harakat uchun beriladigan ta`zir, koyish, ogohlantirish yoki jazo" ( II t.,116-
6.) tarzida izohlansa-da, Navoiyda u hikmat ma`nosida qo`llangan. Zero, ularda 
Navoiy umr bo`yi kuzatgan hayotiy tajribalarini lo`nda, qisqa va obrazli qilib, 
aforistik darajada ifoda etgan. S.G`anieva to`g`ri qayd etganidek, bu tanbihlarda 
"odam va odamiylik haqida, chin insoniy fazilatlar to`g`risida asrlar mobaynida 
xalq tajribasi va bilimining qaymog`i sifatida yig`ilgan fikrlar, shuningdek, 
Navoiyning uzoq hamda murakkab hayot tajribalarining natijalari, xulosalari 


40 
keltirilgandir. Navoiyning o`zi qayta-qayta takrorlagan "oz so`z–soz so`z" 
hikmatiga to`la rioya qiladi va hech qanday mubolag`asiz aytish mumkinki, deyarli 
xar bir jumla ta`kid va tanbih aforistik xarakterga ega bo`lgan hikmat va donolik 
namunalarini yaratadi."
"Navoiy aforizmlari" nomi ostida ular alohida terilib, 1947-yilda Hodi 
Zarif va 1961- yilda Y.Eshonqulovlar tomonidan kitobchalar shaklida nashr etilishi 
bejiz emas.
"O`ziga bino qo`ygan odam-aqlsizdir; o`ziga zeb bergan-beor, satangdir."
"Eshitmoq-kishini boyitadi; ko`p gapirmoq-sayozlatadi, ko`p gapirgan-ko`p 
yanglishadi. Ko`p yegan-ko`p yiqiladi. Tan kasalining asosi-ko`p yemakdir, qalb 
kasalining-sababi ko`p demakdir. Ko`p demak-so`zga mag`rurlik, ko`p yemak-
nafsga 
bandalikdir". 
"Takabburlik-shayton 
ishi 
va 
manmanlik-nodon 
ishi.""Xudparastlikdan butparastlik yaxshiroqdir." "Insoniyat bog`ining eng go`zal 
daraxti-ehsondir va odamiylik xazinasining eng bebaho gavhari xam ehsondir."
"Saxovatsiz odam-yog`insiz bahor bulutiga va hidi yo`q mushk-anbarga 
o`xshaydi." "Himmat ahlining ixtisosi-saxovatdir."Himmatsiz kishi-er sonida 
emas," Oliyhimmat odam-balandparvoz lochindir; behimmat-sichqon ovlovchi 
kalxatdir." "Himmat egasi-qashshoq bo`lsa ham tubanlik qilmas; Himmatsiz odam-
xazina topsa ham buyuklarga teng bo`lmas." "Yaxshiliklarni topmoq-edirmoqdir; 
ayblarni yashirmoq-kiydirmoqdir.""Aytur so`zni ayt, aytmas so`zdan qayt." 
Bular shoirning avlodlarga qaratilgan o`gitlarigina emas, balki barhayot 
da`vatlari bo`lib, zamonlar osha navqiron naslni komillik sari undab kelmoqda. 
Buyuk mutafakkir ana shunday o`lmas g`oyalar bilan kishilikning yangi-
yangi avlodlari qalbiga yo`l topib, mangulik kasb etib kelmoqda. 
Gulxaniy XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshlaridan boshlab ijod 
etgan va bu davr o‗zbеk adabiyotida o‗ziga xos o‗rin tutgan yozuvchilardan biridir. 
Uning asl-ismi-sharifi Muhammad sharif bo‗lib, Gulxaniy esa uning adabiy 
talaxxusidir. Taxminlarga ko‗ra XVIII asrning 70-yillarida hozirgi Xo‗jand 
viloyatining Darvoza qishlog‗ida dunyoga kеladi. 


41 
U o‗z ilmini oshirish maqsadida avval Namangan va so‗ngra Farg‗onaga 
kеldi, qiziqchiligi, hozirjavobligi va hajviy shе'rlari bilan kishilar o‗rtasida tanila 
boshlaydi. Ayniqsa, g‗ariblik turkumidagi ruboiy va to‗rtliklari bilan el og‗ziga 
tushadi. Shoir kеyinchalik Qo‗qonga kеladi va bu еrda ko‗p qiyinchiliklar bilan 
yashaydi. Tirikchilik o‗tkazish uchun hammomda o‗t yoquvchi bo‗lib ishlaydi. 
«Zarbulmasal» xalq ertaklari taxlitida yozilgan mukammal mazmunli o‗tkir 
saritik asardir. 
Gulxaniy o‗zining bu asarida xalqning mazmundor maqollari, hikmatli 
so‗zlari va qoririq gaplaridan mohirlik bilan foydalanadi. U hukmdorlar va 
ularning laganbardorlarini, saroy ahlining yaramas kirdikorlarini majoz yo‗li bilan 
o‗tkir satira ostiga oladi. Chunki u mеhnatkash xalqning og‗ir, mashaqqatli 
hayotini o‗z ko‗zi bilan ko‗rdi, saroy bazmlari, kеti uzilmas mayparastliklar, xalqni 
talash hisobiga bo‗lishini payqadi va bunday salbiy ishlar uning ko‗zini ochdi. 
Natijada unda saroy aristokratiyasiga nasbatan nafrat hissi tabora oshib bordi. 
Ammo shoir, shariatga ko‗ra, hukmron doiralardan noroziligini va nafratini ochiq-
oydin ifodalay olmas edi. Shuning uchun majoziy shakldagi «Zarbulmasal» asarini 
yozishga kirishdi. Asarda shoirning maqsadi, hayotga, uni o‗rab olgan muhitga, 
hokim tabaqalarga bo‗lgan munosabati to‗g‗ridan-to‗g‗ri ifoda etilmay, balki 
hayvonlar, qushlar va shunga o‗xshash majoziy obrazlarning tasviri orqali 
ifodalanadi. Shoir shu zaylda o‗zi yashagan zamon uchun aniq va xaraktеrli voqеa-
hodisalarni, ularga o‗zining munosabatini, qarashlarini tasvirlaydi. 
Muallif o‗z masalalarida majlziy obrazlar orqali o‗sha davrda hukmron sinf 
vakillarini fosh qiladi, mamlakatga xarobalik, xalqqa qashshoqlik kеltirgan o‗zaro 
urushlarga qarshi ommaning noroziligini ifodalaydi. 
Gulxaniy o‗z zamonasida sodir bo‗layotgan talon-taroj, xalqni qiynash, 
ortiqcha soliqlar solish kabi voqеalarni ochiqdan-ochiq yoza olmas edi. U buni 
faqat ertak yo‗li bilan amalga oshirish mumkin ekanligini tushunadi. 
Muhammad Sharif Gulxaniy XIX asrning birinchi yarmi Qo‗qon adabiy 
muhitida masal–tamsil janrida xalqchil asar yaratishga muvaffaq bo‗lgan shoirdir. 
Uning hayoti va ijodiga oid tadqiqotlardan ma‘lum bo‗lishicha, Gulxaniy tabiatan 


42 
yumor va hajvga usta, xalq urf-odatlari va til boyliklarini, maqol, matal, naql va 
rivoyatlarni chuqur biladigan ijodkordir. U fors-tojikcha g‗azallarida Jur‘at 
taxallusini qo‗llagan bo‗lsa, o‗zbek kitobxonlariga Gulxaniy taxallusi bilan 
mashhur. Gulxaniy – olovqalb, majnunsifat ma‘nolarini bildiradi. Gulxaniyning 
eng muhim ijodiy fazilati shundaki, u XIX asr folkloristi sifatida o‗zbek xalqining 
donishmandligini ifoda etgan masallar, maqollarni to‗plab, o‗zining mashhur 
―Zarbulmasal‖ asarini yaratgan. Shoir uni yaratishda xalq og‗zaki ijodi bilan birga, 
buyuk hind masali ―Kalila va Dimna‖dan, Firdavsiy, Jomiy, Hofiz Sheroziy, Shayx 
Sa‘diy, Alisher Navoiy kabi mutafakkirlar asarlari an‘analaridan keng 
foydalangan. Chindan ham jahon adabiyoti xazinasining noyob durdonasi 
sanalmish ―Kalila va Dimna‖ qadimgi hind folklori zaminida vujudga kelgan.Uni 
xind podshohi Dobshalim uchun faylasuf Beydabo yozganligi naql qilinadi. 
Jumladan, kitob muqaddimasigi ayrim fikrlar e‘tirofga loyiq: ―Har bir xalqning 
olim va faylasuflari qanday vositalar bilan bo‗lmasin, o‗z orzu va istaklarini 
amalga oshirmoq, mavjud tartibni intizomga solmoq uchun hamisha fikr 
yuritganlar, har xil tadbirlar ila ish ko‗rmoqchi bo‗lganlar, bu haqda har xil asarlar 
yozmoqqa intilganlar. Shulardan biri qushlarning va yovvoyi, yirtqich 
hayvonlarning tilidan yozilgan, g‗oyat chuqur ma‘noli, nafis ramz va 
muammolarga to‗la ushbu kitobdir...Olimlar bu yo‗lni tanlab zo‗r imtiyozga ega 
bo‗lganlar: avvalo, bu bilan ular xohlagan so‗zlarini aytib, har bir bobni orzu 
qilganlari darajada bezash imkoniyatiga ega bo‗ldilar. Buning ustiga, ular shu yo‗l 
bilan nasihat, hikmat, latifa va hazil-mutoyiba javohirlarini bir-biriga qo‗shganlar, 
toki dono odamlar bu kitobni mutolaa qilib, foydalansinlar, nodon odamlar esa, uni 
afsona deb o‗qisinlar. 
Yosh shogirdlar esa, savodli bo‗lmoq, ilm orttirmoq, naql aytmoq maqsadida 
bu kitobda yozilganlarni osonlik bilan yodlarida saqlab qolgusidirlar. Katta bo‗lib, 
aql va tajriba egasi bo‗lganlarida, yodlab olgan va esda saqlab qolgan naqllar 
ustida fikr yuritib, ularni tushunganlarida dillari naqadar foydali hikmatlar bilan 
to‗lganligini ko‗radilar va o‗zlari kutmagan ulkan boylikka, bitmas-tuganmas 
xazinaga ega bo‗lganlarini biladilar. Bolalarning xursandligi katta bo‗lganda 


43 
otasidan meros bo‗lib qolgan xazinani topgan va shu tufayli umrining oxiriga 
qadar qiyinchilik ko‗rmasdan yashay olishini bilgan odamning sevinchiga 
o‗xshaydi.‖
2
Ta‘kidlangan jumlalarni Gulxaniyning ―Zarbulmasal‖ asari haqida ham aytish 
mumkin.Bu esa asarning yosh kitobxonlar uchun g‗oyat muhimligini asoslaydi. 
Gulxaniy ham Yapaloqqush va Ko‗rqush suhbatida ayrim hikoyatlar bayonini 
―Kalila va Dimna‖nadan topmoq joizligini ta‘kidlaydi.
3
―Zarbulmasal‖ 
Umarxonning amri, istagi bilan yozilganligi, u xalq orasida keng tarqalgan 
zarbulmasallarni – xalq maqollarini yig‗ib, kitob holiga keltirish lozimligini 
aytgani hamda Gulxaniy shu nozik xizmatga loyiq, deb topilgani nazarda tutilsa, 
mazkur asarlarning maqsad-mohiyati juda yaqinligi oydinlashadi. 
―Zarbulmasal‖ so‗zi ―zarb‖ va ―masal‖ so‗zlarining qo‗shilmasidan iborat 
bo‗lib, adabiy atama sifatida masal, maqol, matal keltirib so‗zlamoqlikni anglatadi. 
Zero, undagi pandnamo hikoyatlar, xususan, majoziylik, qushlar, hayvonlar tilidan 
so‗zlash, ―Tuya bilan bo‗taloq‖, ―Maymun bilan najjor‖, ―Toshbaqa va chayon‖, 
―Bozanda va Navozanda‖ kabi bir qancha masallar hamda xalq maqollarining 
keltirilishi bilan ham yuqorida zikr qilingan asardan ijodiy ilhomlanib 
yozilganligini tasdiqlaydi. Ammo, aytish joizki, ―Kalila va Dimna‖ turli 
mavzudagi hikoyatlar zamirida qurilgan pand-u hikmatlardan iborat, voqealar 
bayoni, hikmat va maqollar ifodasi ham mumtoz adabiyotga xos yashirin, majozlar 
tilida so‗zlashdan iborat. Undagi masallar garchi turli parranrdalar, qushlar va 
yirtqich hayvonlar o‗rtasidagi munozaralar, munosabatlar orqali hikoya qilinsa-da, 
yuksak andisha, falsafiy va purhikmat o‗gitlar ustuvorlik qiladi. Gulxaniy esa 
feodal jamiyatining kishisi sifatida o‗tkir satiraga keng o‗rin bergan. Binobarin, 
―Zarbulmasal‖ majoz asosiga qurilgan qissa bo‗lib, unda turmush voqea-hodisalari, 
turli ijtimoiy toifaga mansub kishilarning fe‘l-atvorlari, bir-biriga munosabatlari 
qushlar, hayvonlar tilida bayon qilinadi. Muhimi, asarda xalq maqollari va naqllari 
(400 dan ortiq) keng o‗ringa ega. Undagi asosiy voqea-hodisalar qushlar–
2
Kalila va Dimna. S.G`aniyeva tarj. Toshkent, ―O`zbekiston‖, 1992. –B.38.
3
Bu haqda qarang: Gulxaniy. Zarbulmasal. Toshkent, ―Ma‘naviyat‖, 2009. –B.8 


44 
hayvonlar timsollari orqali ifodalanganligi, bosh qoliplovchi hikoya boyo‗g‗li va 
Yapaloqqush hikoyasi bilan bog‗lanib ketuvchi katta-kichik masal-hikoyalar ham 
keltirilganligi uchun adib uni ―Zarbulmasal‖ deb nomlagan. Qushlar obrazlari 
asarning asosiy mazmunini belgilaydi, hayvon-hasharot va kishi obrazlari 
qushlarning o‗zaro suhbatlarida, ular tomonidan keltirilgan naql-u rivoyatlarda 
namoyon bo‗ladi. 
Asar sujetidagi voqealar xalq ertaklariga monand yozilgan: Yapaloqqush 
o‗g‗li Kulonkir sultonni uylantirish maqsadida o‗z yaqini Ko‗rqushni Boyqush 
huzuriga sovchilikka yuboradi. Boyo‗g‗lining nihoyatda go‗zal, quyosh yanglig‗ 
Gunashbonu ismli qizi bor edi. Yapaloqqushning har qancha qalin bo‗lsa topilur 
deya o‗z tarafidan sovchilikka borishga unaganida, Ko‗rqush quyidagi maqollar 
orqali unga gap uqtirmoqchi bo‗ladi: ―Bor maqtansa topilur, yo‗q maqtansa 
chopilur‖, ―Yolg‗on masal turmas‖, ―Uyat o‗limdan qattiq‖,‖Ermon yog‗ochining 
egilgani–singani, er yigitning uyalgani – o‗lgani‖, ―Oyoq yugurigi oshqa, og‗iz 
yugurigi boshqa...‖ Sen kim, Boyo‗g‗lining eshigiga kishi yubormoq kim? Hech 
bilmasmusenki, ―Teng tengi birla, tezak qopi birla‖. Yapaloqqush: ―Andin bizning 
nima kamligimiz bor?",–deganda esa Ko‗rqush: ―Maqtangan qiz to‗yda uyalur‖, 
―O‗zini maqtag‗on o‗lumning qarovuli‖. Sening ahvoling olamg‗a ma‘lumdir. 
―Oyni etak birla yashirsa bo‗lurmi?‖, ―Chumchuq semursa, botmon bo‗lurmi?‖, 
―Olako‗zanak ola bo‗lsa ham, arslon bo‗lmas, olato‗g‗anoq olg‗ur bo‗lsa ham, 
ahvoli ma‘lum‖ kabi. 
Ana shunday maqolli aytishuvlar, ―sovchi‖ning yo‗ldagi hamsuhbatlari 
orasidagi masallar hikoyasi, bir-ikki bordi-keldidan so‗ng ming xaroba– 
chaldevor(chordevor) qalin badaliga Boyo‗g‗li rozilik beradi. Yapaloqqush shonu 
shavkat bilan to‗y anjomlarini keltiradi, o‗sha davrdagi quda-andachilikka xos 
hamma rasm-rusumlar, milliy odatlar bajo keltirilib, to‗y marosimlari o‗tkaziladi. 
Bu marosimlarda ikki tomondan juda ko‗p qushlar–Ko‗rqush, Hudhud, Turumtoy, 
Kordon, Bozanda, Navozanda, Anqo, Humo, Ukob, Lochin, Oqqush, Turna, G‗oz, 
O‗rdak, Suqsur, Kaklik, Bedana, Olato‗g‗anoq, Zarqaldoq kabilar qatnashadi va 
har biri o‗ziga yarasha xizmatni ado etadilar. Farg‗ona iqlimida xarobalar kam 


45 
bo‗lganligi uchun Mavorounnahr iqlimidan (Buxoro amirligi) 1000 chordevor 
topishib, kelin Gunashbonu mahriga to‗laydilar. 
Ko‗rinadiki, Gulxaniy asarda aniq makon (Ho‗qand, Buxoro) va zamon (XIX 
asr), hayotiy voqelik (feodal jamiyatidagi notenglik)ni hamda xalq an‘analarining 
yaxshi-yomon qirralarini majoz va kinoya, so‗z o‗yinlari, kesatiqlar orqali bayon 
etadi. Garchi unda o‗z yurti (Qo‗qon) va uning xoni (Umarxon)ga sodiqlik, u 
boshqarayotgan yurtning boshqa hududlardan ko‗ra obodroq ekanligiga ishora 
etilsa-da, Xolboqi misgar, Yodgor po‗stindo‗z, Muhammad Amin mufti, Otaboy 
amin, Sayid Azimxon, eshon kalla haqidagi hajviy-rivoyaviy epizodlarni ochiq-
oydin keltiradi. 
Muallif o‗z masallaridan majoziy obrazlar orqali hukmron sinf vakillarini 
fosh qiladi, mamlakatga xarobalik, xalqqa qashshoqlik keltirgan o‗zaro feodal 
urushlarga qarshi ommaning noroziligini ifodalaydi. Shuning uchun Yapaloqqush 
va Boyo‗g‗lining bir-biriga quda bo‗lishi voqeasini keltiradi. Bu ikki quda to‗y 
bahonasi bilan mamlakatni xonavayron qiladi. Yozuvchi Ko‗rqush, Hudhud, 
Kulonkirsulton, Sho‗ranul, Malik Shohim va Kordonlarning bir-birlariga aytgan 
masallari, hikoyalari orqali asarning g‗oyaviy mazmunini ravshanlashtiradi. 
Gulxaniy ―Maymun bilan najjor‖ masalida hunar va hunar ahlini ulug‗laydi, 
qo‗lingdan kelmaydigan ishga aslo urinib kulgi bo‗lma, ko‗r-ko‗rona birovga 
taqlid qilib falokatga yo‗liqma, degan fikrni maymun qismati orqali ko‗rsatadi. Bu 
masal axloqiy tarbiyaviy mavzuda bo‗lib, ishning mohiyatini bilmay, pala-partish 
kirishuvchi va oxirida o‗zi sharmanda bo‗lib qoluvchi kishilarga o‗git-nasihat 
tarzida keltirilgan. 
Mehnatkash xalqning og‗ir hayoti va mehnati, huquqsizligi va nochorligi, 
ayanchli qismati esa ―Tuya bilan bo‗taloq‖da badiiy tasvirlangan. Gulxaniy bu 
masalda Sarbon, Tuya va Bo‗taloq orqali xususan, o‗zi yashayotgan jamiyatdagi 
tengsizlikni, uning og‗ir mashaqqatlarini bayon qiladi. Chunki, xalq uchun 
―tirikchilik toshdan qattiq‖, Sarbon o‗z g‗amida, tuya og‗ir yuk ostida, Bo‗taloq 
esa ona sutidan mahrum. Gulxaniyning ―Toshbaqa bilan chayon‖ masalida esa bir-
biriga zid va qarama- qarshi ikki obraz berilgan: toshbaqa–aqlli, farosatli, 


46 
safarlarda ko‗p yurib, ancha tajriba orttirgan, insofli, sodiq va qadrdon do‗st 
timsoli, chayon esa uning ziddi. U boshqalarga yomonlik qilishdan huzur qiladi, 
yaxshilikni bilmaydigan kimsalarning ramziy obrazidir. Gulxaniy qissadan hissa 
chiqarib, kishilarni hushyorlikka odamoxunlikka undab: ―Aslning xatosi bo‗lmas, 
nojinsning oshnosi bo‗lmas‖, ―Bo‗ynida illati borning oyog‗i qaltiraydi‖,–degan 
maqollarni keltiradi. ―Zarbulmasal‖ majoz va masallar, xalqning jonli iboralari 
asosiga qurilgan asar. Undagi she‘riy va nasriy matnlar turli badiiy san‘atlar 
vositasida ta‘sirchan ifoda etilgan. 
―Zarbulmasal‖ ham ―so‗z matosi qadim o‗tmishda to‗qilgani, ranginkamon 
rishtalari butun yer yuzini, go‗zal so‗z gilamlari bilan burkab chiqqan‖ 
yodgorliklarga monandligi jihatidan, nafaqat kattalar, balki bolalar ham zo‗r 
qiziqish bilan o‗qib kelayotganligi uning bolalar kitobxonligidagi muhim o‗rnini 
belgilaydi. Umuman, asarda zarb, zarblash usulidan foydalanilgani uchun nomi 
―Zarbulmasal‖ hisoblangan. Unda 400 dan ortiq maqol va iboralar singdirilgan. 
Asar tarkibida quyidagi masallar bor: ―Toshbaqa bilan chayon‖, ―Tuya bilan 
bo‗taloq‖, ―Maymun bilan Najjor‖, ―Kabutar bilan zog‗‖, ―Yodgor po‗stindo‗z‖, 
―Dumsiz eshak‖, ―Yolg‗onchi tuya‖. Asardagi masallarning jami 15 dan ortiq. 
―Zarbulmasal‖ xalq orasida ―Yapaloqqush hikoyasi‖ ham deyiladi. 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin