Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti «Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish»


XOTIN-QIZLARNI ISH BILAN TA’MINLASH, ULAR O‘RTASIDA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA



Yüklə 161,35 Kb.
səhifə2/7
tarix20.06.2022
ölçüsü161,35 Kb.
#61901
1   2   3   4   5   6   7
4-mavzu Xotin-qizlarni ish bilan ta\'minlash masalalari

XOTIN-QIZLARNI ISH BILAN TA’MINLASH, ULAR O‘RTASIDA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta muhim tashabbusi doirasida xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni, xususan, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, “ustoz-shogird” an’analari asosida hunarmandchilik bilan shug‘ullanishni targ‘ib etish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, pillachilik sohasida kasanachilikni kengaytirish orqali bandlikni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, “O‘zpaxtasanoat” AJ, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi va “Hunarmand” uyushmasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta muhim tashabbusi doirasida xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash va ular o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
2. Quyidagilar:
2019-yilda ishsiz xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;
2019-yilda ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta’minlashning yo‘nalishlar kesimidagi taqsimoti 2-ilovaga muvofiq;
2019-yilda Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi va o‘z mablag‘lari hisobidan tadbirkorligini tashkil etadigan xotin-qizlarning tuman (shahar) kesimidagi asosiy parametrlari 3-ilovaga muvofiq;
2019-yilda “O‘zpaxtasanoat” AJ tomonidan tashkil etiladigan tikuv-trikotaj majmualarida kam ta’minlangan xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash rejasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, “O‘zpaxtasanoat” AJ, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi, “Hunarmand” uyushmasi va tijorat banklari bilan birgalikda mazkur qarorga 2-ilovaga muvofiq tegishli hududdagi ishsiz xotin-qizlarning bandligini o‘z vaqtida ta’minlash choralarini ko‘rsin;
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi bilan birgalikda 2019-yil yakuniga qadar mazkur qarorga 3-ilovaga muvofiq o‘z tadbirkorligini tashkil etadigan xotin-qizlarning tuman (shahar) kesimidagi asosiy parametrlarining to‘liq bajarilishini ta’minlasin.
4. “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ipakchilik sohasini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va respublika bo‘yicha “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida 2019-yil davomida 678,7 mlrd so‘mlik kredit ajratilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
5. Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi o‘z mablag‘lari hisobidan joylarda yangi tashkil qilinadigan hunarmandchilik va ipakchilik klastyerlari yo‘nalishlarini moliyalashtirish yuzasidan tegishli choralarni ko‘rsin.
Oldingi tahrirga qarang.
6. “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi, “Hunarmand” uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligiga tijorat banklari bilan birgalikda Namangan va Farg‘ona viloyatlarida hunarmandchilik va ipak mato, ipak gilamlari to‘qish faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash hamda shu maqsadda 2019-2020-yillarda mahallalar qoshida hunarmandchilik va ipakchilikka ixtisoslashgan yengil konstruksiyali sexlarni tashkil etish bo‘yicha manzilli ro‘yxatni tasdiqlash tavsiya etilsin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son)
7. Namangan va Farg‘ona viloyatlari hokimliklari hunarmandchilik va ipak mato, ipak gilamlari to‘qish faoliyatini tashkil etish, qo‘shimcha ish o‘rni yaratish maqsadida yangitdan tashkil etiladigan hunarmandchilik va ipakchilik klasteri korxonalariga yangi tutzorlar barpo etish uchun paxtadan qisqartirilgan yerlardan 100 gektardan kam bo‘lmagan yer maydonlari ajratilishini ta’minlasin.
8. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda 4-ilovaga asosan 2019-yilda “O‘zpaxtasanoat” AJ tomonidan tashkil etiladigan tikuv-trikotaj majmualariga ishga joylashtiriladigan xotin-qizlarni malaka toifasiga ko‘ra kasb-hunar kollejlarida kasbga o‘qitilishini tashkil etsin.
9. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri R.T. Mamatov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Mahalla, oila va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, madaniyat, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati zimmasiga yuklansin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son)

Yüklə 161,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin