Ayollar daftari «Ayollar daftari» ro‘yxatiga kiritilgan xotin-qizlarning bandligini ta’minlash belgilangan
Xotin-qizlarning bandligiga quyidagi yo‘nalishlarda ko‘maklashiladi
«Ayollar daftari» ro‘yxatiga kiritilgan xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish
Tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi
Kreditlar «Ayollar daftari»ga kiritilgan va tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan xotin-qizlarning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
Bunda kreditlar 33 million so‘mgacha miqdorda hokimlar yordamchilarining tavsiyalari asosida ajratiladi.
Kreditlarni ilgari olingan kreditlar yoki har qanday boshqa qarzlarni qaytarishga, shaxsiy ehtiyoj uchun avtotransport vositasi sotib olishga, ma’muriy xarajatlarni to‘lashga, jumladan, avtotransport vositasining ta’minoti, mebelь, aloqa xizmatlari to‘lovi va uyali telefon sotib olishga hamda qonunchilik hujjatlari va Markaziy bankning qoidalariga ko‘ra taqiqlangan faoliyatlarga ajratishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Kreditlar 14 foizlik stavkada
Kreditlar qarz oluvchining ssuda hisobvarag‘idan kredit shartnomasida belgilangan maqsadlar uchun tegishli tashkilotlarning bankdagi hisobvarag‘iga pul o‘tkazish yo‘li bilan ajratiladi. «Ayollar daftari»ga kiritilgan va o‘zini o‘zi band qiladigan xotin-qizlarga ayrim turdagi faoliyatni amalga oshirish (kasanachilik, hunarmandchilik, issiqxona qurish va shu kabilar uchun zaruriy xom ashyo, ehtiyot qism hamda qurilish mollarini sotib olish) maqsadida 5 mln so‘mgacha miqdorida kredit mablag‘lari naqd pulda berilishi mumkin.
«Ayollar daftari»ga kiritilgan, biroq kredit olishni rad qilgan xotin-qizlarning doimiy bandligini ta’minlash maqsadida tadbirkorlik sub’ektlarining «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashga qaratilgan loyihalariga Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturi doirasidagi resurslar hisobidan yillik 14 foizlik stavkada imtiyozli kreditlar ajratilishi mumkin.
Bunda kichik tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlarni doimiy ish bilan ta’minlash sharti bilan samaradorligi yuqori va barqaror ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan loyihalariga Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish Davlat dasturlari doirasidagi resurslar hisobidan 225 million so‘mdan ortiq, biroq 1 milliard so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda belgilangan tartib asosida kredit ajratilishi mumkin.
Kredit summasining aniq miqdori tadbirkor tomonidan ish bilan ta’minlanadigan har bir xotin-qiz uchun 33 million so‘mgacha miqdorga mutanosib ravishda belgilanadi.