4-mavzu Xotin-qizlarni ish bilan ta\'minlash masalalari
Ayol va qizlarni bandligini taminlash Ehtiyojmand xotin-qizlarni o'qitishda bir qator imtiyozlar berilib, zarur hollarda o'qish davrida stipendiya bilan ta'minlanadi. Bundan tashqari, bandlikka ko'maklashish markazlari tomonidan bitiruvchilarning egallangan mutaxassisligi bo'yicha ishga joylashishi, tadbirkorlik qilishi yoki o'zini-o'zi band etish maqsadida subsidiya olishida amaliy ko'mak ko'rsatilyapti. Bugungi kunda 61 260 nafar fuqarolar kasb-hunarga o'qitishga jalb qilingan bo'lib, shundan vazirlik tasarrufidagi o'quv markazlarida 17 303 nafar, boshqa davlat ta'lim muassasalarida 30 504 nafar, nodavlat ta'lim muassasalarida 5 162 nafar, usta-shogird an'anasi buyicha 8 291 nafar ish bilan band bo'lmagan fuqarolar kasb-hanar va tadbirkorlikka o'qitilmoqda. Shundan 39 ming nafarini xotin-qizlar tashkil etadi. Yana bir yangilik, Prezidentimiz tomonidan “ijtimoiy shartnoma” tajribasini keng qo'llash, bunda, avvalo, fuqaro kasb o'rganishi, ishga joylashishi, o'zini-o'zi band qilishi uchun davlat tomonidan moddiy va ijtimoiy ko'mak ko'rsatilishi bo'yicha topshiriqlar berilgan edi. Ana shu topshiriq ijrosini ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-apreldagi “Davlat mablag'lari hisobidan band bo'lmagan aholiga berilayotgan subsidiya, grant, nafaqa va boshqa to'lovlarning maqsadli va samarali ishlatilishini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori qabul qilindi. Unga ko'ra, shu yil 1-maydan 28 ta tanlangan tuman (shahar)da tajriba-sinov tariqasida davlat mablag'lari hisobidan subsidiya, grant, nafaqa va boshqa to'lovlar ajratilgan ishsiz fuqarolar, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan band bo'lmagan aholi bilan mahalliy mehnat organlari o'rtasida ajratilayotgan mablag'larning maqsadli ishlatilishi va bu borada taraflarning ijtimoiy mas'uliyatini belgilovchi ijtimoiy kontrakt tuzish amaliyoti joriy etilmoqda. Ushbu tuman (shahar)larda Bandlikka ko'maklashish davlat jamg'armasining jami 26,9 milliard so'm mablag'lari subsidiya, grant va nafaqalar uchun sarflanishi rejalashtirilgan. — Suhbatimizni kasb va lavozimlar klassifikatori yo'nalishida davom ettirsak. Prezidentimiz topshirig'i asosida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi oldiga kasb va lavozimlar klassifikatorida oliy ma'lumot talab qiladigan mutaxassisliklar va lavozimlarni qisqartirish vazifasi qo'yilgan edi. Bu borada qanday yangiliklar amalga oshirilmoqda? — Haqiqatan, Prezidentimiz ta'kidlaganidek, kasb va lavozimlar klassifikatori bugungi zamon va mehnat bozori talablariga mos kelmasdi. O'tgan davr mobaynida 2 ming 484 ta, ya'ni 70 foiz xizmatchi lavozimi bo'yicha oliy ma'lumot talab etilgan. Xususan, ma'lumotlar bazasi bilan ishlaydigan mutaxassis, veb-dizayner kabi ixtisosliklarga ham oliy malaka talabi qo'yilgan. Vaholanki, ushbu kasblarni IT markazlarda yarim yilda yaxshi o'rganish mumkin. Amaliyotda olib qaraydigan bo'lsak, yurtimizda ishga joylashishga muhtoj yoshlar va ayollarning o'rta hisobda 7 foizi oliy ma'lumotli, 45,9 foizi o'rta maxsus va 47,1 foizi o'rta ma'lumotlilarni tashkil etadi. Ana shu jihatlar oliy ma'lumot talab qiladigan mutaxassisliklar va lavozimlarni qisqartirish zaruratini yuzaga keltirdi. Avvalo, kasb va lavozimlar klassifikatori tushunchasiga to'xtalsak. Ko'pchilikka notanish bo'lgan bu so'z ish beruvchilar va xodimlar o'rtasida mehnat shartnomalari tuzish jarayonida lavozimlarning to'g'ri ko'rsatilishi hamda ishchilar toifasini belgilash va tabaqalashtirishning omili hisoblanadi. Shu bilan birga, klassifikator asosida o'quv va ta'lim muassasalarida kasblarga tayyorlash yo'nalishlari va malaka darajasi belgilanadi. Mamlakatimizda birinchi marta 2010-yilda xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori joriy qilingan. O'sha vaqtlari unda 8 mingdan ortiq lavozim va kasblar mavjud bo'lgan. Keyinchalik, 10 yil davomida klassifikator bir necha bor yangi kasblar va lavozimlar bilan to'ldirildi. Prezidentimizning 2020-yil 31-dekabrdagi “Malakalarni baholash tizimini tubdan takomillashtirish va mehnat bozorini malakali kadrlar bilan ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga muvofiq, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan mehnat bozori talablaridan kelib chiqib 12,1 mingga yaqin xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori ishlab chiqildi hamda “O'zstandart” agentligidan ro'yxatdan o'tkazildi. Avvalgisidan farqli tarzda yangi klassifikatorda ta'lim darajasi talablari bekor qilinib, buning o'rniga milliy malaka ramkalar darajalari bo'yicha talablar belgilandi. Xususan, “veb-dizayner” lavozimiga qo'shimcha 2 ta lavozim — oliy ma'lumot talab etiladigan 6-malakali “veb-dizayner” hamda kasb-hunar kolleji diplomi bilan qabul qilinadigan 4-malakali “veb-dizayner” kiritildi. Shuningdek, klassifikatorda asosiy lavozimlarga ishga qabul qilishda IT mutaxassisligi bo'yicha nomzodning ta'lim darajasi ish beruvchi tomonidan belgilanadi va ushbu lavozimga kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari qabul qilinishi imkoniyati yaratildi. Klassifikatorga ko'ra, hozirgi kunda oliy ma'lumotsiz ishlash mumkin bo'lgan 8 332 ta kasb va 294 ta ma'lumot talab qilinmaydigan ishchi kasblar mavjud. Bundan tashqari, qaror bilan yangi klassifikatorda ta'lim turlari bo'yicha o'rnatilgan talab bekor qilinib, kasbiy talablarga asosan ta'lim darajasi belgilandi. Bunga ko'ra, oliy ta'lim darajasi talab etiladigan kasb va lavozimlar 29 foiz, o'rta va o'rta maxsus 70 foiz, malaka talab etilmaydigan 1 foizni tashkil etyapti. Ushbu o'zgarish va yangilanishlar ko'proq aholini kasb-hunarga o'qitish va bandligini ta'minlashga xizmat qilmoqda. Xotin-qizlar ishsizligi yuqoriligicha qolmoqda — Tanzila Norboyeva Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi 10 ming nafarga yaqin og‘ir turmush sharoitida yashayotgan ayollar bandligi ta’minlangani va bunga 38 mlrd. 261 mln. so‘m mablag‘ yo‘naltirilganini ta’kidladi. Кириллчада22 dekabr 2018, 12:03 Jamiyat O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining 2014−2018 yillardagi faoliyati yakunlari va kelgusidagi vazifalari sarhisob qilindi. Bu haqda qo‘mitasi matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga ma’lum qildi. Ushbu tadbirda Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva ma’ruza qildi. «O‘zbekistonda aholi, ayniqsa, xotin-qizlar bandligini ta’minlash ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ustuvor yo‘nalishlaridan biri, xalq turmush darajasi va sifatini yuksaltirishning muhim sharti sifatida belgilangan. Joriy yilning o‘zida bandlik dasturlari asosida yaratilgan ish o‘rinlariga xotin-qizlar qo‘mitalari va aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari tomonidan uyma-uy yurish orqali aniqlangan 245 ming nafar ishsiz xotin-qizlar ishga joylashtirildi. 2018 yildan boshlab prezidentning farmoni bilan og‘ir turmush sharoitida yashayotgan hamda nogironligi bo‘lgan ayollar, ayniqsa yosh xotin-qizlar bandligini ta’minlash qo‘mitaning ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilandi. Bu borada mahallalar kesimida manzilli ro‘yxatlar shakllantirilib, alohida dastur asosida 10 ming nafarga yaqin og‘ir turmush sharoitida yashayotgan ayollar bandligi ta’minlandi va bunga 38 mlrd. 261 mln. so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Xotin-qizlar qo‘mitalari tashabbusi bilan bo‘sh binolarni qayta ta’mirlash va ishga tushirish hisobiga 2 ming 300 tadan ortiq kichik sexlar tashkil etilib, 16 ming nafarga yaqin xotin-qizlarning bandligi ta’minlandi", — dedi Tanzila Norboyeva. Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi shuningdek ayollar uchun bankdan ajratilayotgan kredit masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi. «Tegishli qarorlar bilan tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga kreditlar ajratish tizimi tubdan o‘zgartirildi. Ya’ni, xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida kreditlar ajratish ohirgi ikki yilda 2 barobarga oshirildi. Ayniqsa, yillik 7 foizlik imtiyozli kreditlar berish tizimi joriy etildi. Masalan, 2014−2016 yillarda tijorat banklari tomonidan xotin-qizlarga tadbirkorlik faoliyati uchun jami 3,8 trln. so‘m kredit ajratilgan bo‘lsa, 2017−2018 yillarda 6,1 trln. so‘m kredit ajratilgan. Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining tashkil etilganligi Qo‘mitalarning ayollar bandligini ta’minlashda bevosita ishtirok etish imkoniyatini yaratib berdi. Xotin-qizlar qo‘mitalarining tavsiyanomalari asosida Fond mablag‘lari hisobidan yillik 7 foizlik imtiyozli kreditlar ajratish tizimi joriy etilib, joriy yilning o‘zida 100 mlrd. so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Bu esa ayollarning oiladan, farzand tarbiyasidan ajralmagan holda hunarmandchilik, kasanachilik, tomorqachilik bilan shug‘ullanishi uchun zarur sharoitlar yaratmoqda", — dedi u. Tanzila Norboyeva shuningdek xotin qizlarni ish bilan ta’minlash masalasida muammolar borligini bildirdi. «Xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasida ko‘rilayotgan choralarga qaramasdan mehnat bozorida xotin-qizlar ishsizligi hali yuqoriligicha qolmoqda. Xotin-qizlar qo‘mitasida ayollar bandligini ta’minlashda, bu borada jamoatchilik nazoratini olib borishda faollik va talabchanlik yetishmayapti. Masalan, 2018 yilda bandlik markazlariga 107 ming nafardan ortiq ishsiz xotin-qizlar murojaat qilgan bo‘lsa, uyma-uy yurish orqali 170 ming nafarga yaqin ishlash istagi bo‘lgan xotin-qizlar aniqlandi. Ammo, ularning bandligini ta’minlash va bunda hududlarda sektor rahbarlari bilan yaqin hamkorlikda ishlash masalasiga Qo‘mitalar tomonidan yetarli e’tibor qaratilmagan. Ishsiz ayollar bilan yakka tartibda ishlash, ularni tadbirkorlikka jalb etish, yaratilgan imtiyozlardan foydalanish bo‘yicha maslahat-axborot berish ishlari qoniqarsiz tashkil etilganligi natijasida qariyb 240 ming nafardan ziyod ayollar ishlash uchun xorijiy davlatlarga chiqib ketgan. Farg‘ona va Namangan viloyatlarida xotin-qizlar o‘rtasida ishsizlik darajasi yuqoriligicha qolmoqda. Bu borada hududiy Xotin-qizlar qo‘mitalari tomonidan olib borilayotgan ishlar o‘zning samarasini bermayapti. «Ustoz shogird» tizimi asosida xotin-qizlarni hunarmandchilikka jalb etish, kasanachilik asosida ishga joylashtirish borasidagi ishlar ham talab darajasida emas. Masalan, kasanachilik asosida xotin-qizlarni ish bilan ta’minlayapmiz, lekin, ular oilasiga daromat olib kelayaptimi? o‘z vaqtida ish haqlari to‘lanayaptimi? degan savolga hechkimda javob yo‘q. Ish beruvchi tashkilotlar tomonidan kasanachi ayollarga yetarli buyurtmalar berilmayapti, natijada esa ish haqlari kam hisoblanmoqda. Ko‘rinib turibdiki, ayollar nomiga kasanachilik asosida ish bilan ta’minlanmoqda. Agar biz bandlik masalasida yuqoridagi muammolarni hal qilmasak, xotin-qizlar o‘rtasida sodir etilayotgan salbiy holatlarni oldini olish borasidagi ishlar o‘zining samarasini bermaydi", — dedi Tanzila Norboyeva. Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi ayollarni bandligini ta’minlar borasida belgilab olingan vazifalar bilan ham tanishtirib o‘tdi. «Shunday ekan, bu borasida ham amalga oshiradigan vazifalarimizni aniq belgilab olishimiz maqsadga muvofiq bo‘ladi. Birinchidan, Xotin-qizlar qo‘mitasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda yaratilgan yangi ish o‘rinlari to‘g‘risida xotin-qizlarning habardorligini oshirish choralarini ko‘rish zarur. Joriy yilning o‘zida respublika bo‘yicha 300 mingga yaqin ish o‘rinlari yaratilgan, lekin bundan aholining habardorligi yo‘q. Uyma-uy yurish jarayonida ko‘rayapmiz ishsiz xotin-qizlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarda tafovut katta (Bandlikda — 107 ming, uyma-uy yurishda — 170 ming). Ikkinchidan, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda har yili xotin-qizlarni, xususan og‘ir turmush sharoitidagi xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqib, amalga oshirishimiz lozim. Uchinchidan, Xotin-qizlar qo‘mitasi Kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan hamkorlikda yaratilgan ish o‘rinlarining haqqoniyligi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishimiz, shuningdek, munosib mehnat sharoitlarining yaratilganligini, ish haqlarini vaqtida berilayotganligini, qonunchilikda belgilangan imtiyozlardan foydalanayotganligini o‘rganishimiz zarur. Buning natijasida ish beruvchilarning mas’uliyatini oshirish borasida Hukumatga tegishli takliflarni kiritishimiz kerak. Mehnat bozorida gender tengsizlikka yo‘l qo‘ymaslik va gender tenglikni ta’minlash biz Xotin-qizlar qo‘mitasining asosiy vazifasi bo‘lishi kerak. To‘rtinchidan, Xotin-qizlar qo‘mitasi Savdo-sanoat palatasi, «Hunarmand» uyushmasi, «Tadbirkor ayollar» uyushmasi bilan hamkorlikda xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirishimiz zarur. Bunda, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha o‘quvlar tashkil etish, biznes rejalarini ishlab chiqishga ko‘maklashish masalasiga e’tibor qaratishimiz lozim. Shuningdek, Muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari bilan joriy etilgan «Har bir oila — tadbirkor» dasturi doirasida xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb etishimiz, «Ustoz-shogird» tizimini yanada kuchaytirishimiz va imtiyozli kreditlar olishiga yordam berishimiz kerak. Beshinchidan, Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘lari hisobidan ajratilayotgan imtiyozli kreditlarni asosan xotin-qizlar bandligini ta’minlash yo‘nalishiga sarflanishini va maqsadli ishlatilishini tashkil etishimiz kerak bo‘ladi", — dedi Tanzila Norboyeva
Xulosa Xotin-qizlar qo‘mitasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda yaratilgan yangi ish o‘rinlari to‘g‘risida xotin-qizlarning habardorligini oshirish choralarini ko‘rish zarur. Joriy yilning o‘zida respublika bo‘yicha 300 mingga yaqin ish o‘rinlari yaratilgan, lekin bundan aholining habardorligi yo‘q. Uyma-uy yurish jarayonida ko‘rayapmiz ishsiz xotin-qizlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarda tafovut katta (Bandlikda — 107 ming, uyma-uy yurishda — 170 ming). Ikkinchidan, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda har yili xotin-qizlarni, xususan og‘ir turmush sharoitidagi xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqib, amalga oshirishimiz lozim. Uchinchidan, Xotin-qizlar qo‘mitasi Kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan hamkorlikda yaratilgan ish o‘rinlarining haqqoniyligi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishimiz, shuningdek, munosib mehnat sharoitlarining yaratilganligini, ish haqlarini vaqtida berilayotganligini, qonunchilikda belgilangan imtiyozlardan foydalanayotganligini o‘rganishimiz zarur. Buning natijasida ish beruvchilarning mas’uliyatini oshirish borasida Hukumatga tegishli takliflarni kiritishimiz kerak.