37
4)
o‘quvchining
xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy
xususiyatlarini nazorat qilish.
5)
bolalarni fanga qiziqtira olish.
6)
berilayotgan bilimlarning eng muhimini ajratib bera olish.
7)
bilimlarni o‘quvchilarning yoshi, aqliy
darajasiga mos ravishda
tushunarli olib borish.
8)
har bir so‘zning bolalar hissiyotini uyg‘otish darajasida bo‘lishiga
erishish.
Unsurul Maoliy Kayqovus
ning (milodiy 1021–1022 yillarda tug‘il-
gan) «Qobusnoma» asarida ilk bor notiqlik san’ati maktablarining Sharq
mamlakatlarida rivojlanishi tarixi bayon etilgan hamda o‘sha davr notiq-
lari haqida ma’lumotlar berilgan. Ushbu asar hozirgi global o‘zgarishlar
davrida insonni ma’naviy jihatdan kamolotga yetkazishda muhim
ahamiyat kasb etadi. Mazkur noyob asar ko‘plab Sharq va G‘arb tillariga
tarjima qilinib shuhrat qozongan.
Kayqovus o‘z asarida har bir yoshni aqliy, axloqiy,
jismoniy tarbi-
yasida turmush tajribasi muhim ahamiyat kasb etishini aytadi. Bolalarni
faqat yaxshi mudarris tarbiyani hayot bilan bog‘lagan holda kamolotga
etkazish mumkin deb, uning yo‘llarini va usullarini bayon etgan. Kitobda
javonmardlar egallashi zarur bo‘lgan quyidagi yo‘nalishlarda ta’lim-
tarbiya berish nazariyasi ko‘zda tutilgan:
1. Kayqovus bilim haqida.
2. Hunar va turli kasb egalari haqida.
3. Turmush va xulq-odob qoidalari haqida.
4. Jismoniy yetuklik haqida.
Kayqovus mudarrislarning axloqli
ekanligini birinchi belgisi, uning
suxandonligida deb biladi va
“Hamma qobiliyatlardan eng yaxshisi nutq
qobiliyatidir”
deydi. Suhandonni shogirdlarga notiqlikda rost so‘zlash
kerakligini ta’kidlaydi.
U so‘zlarni to‘rt xilga bo‘ladi:
birinchisi - bilinmaydi va aytilmaydi,
ikkinchisi aytiladigan va biladigan,
uchinchisi - ham bilinadi, ham
aytishga, bilishga zaruriyati yo‘q, ammo aytsa ham bo‘ladi. To‘rtinchisi -
biladigan va zaruriyat bo‘lmasa aytilmaydigani. Eng yaxshisi to‘rtinchisi,
ya’ni biladigan va aytilmaydigani, deydi. So‘zlaganda andishalik bo‘lish,
sovuq so‘zlik bo‘lmaslik, kamtarlik, maqtanmaslik, birovning so‘zini
diqqat bilan eshitish odoblarini ta’kidlab o‘tadi.
38
Odamlarni ham to‘rt xilga bo‘ladi:
birinchi xil kishilar ko‘p narsani
biladi va yana bilgisi kelaveradi. Bular olim va fozillar bo‘lib,
ularga
bo‘ysunish kerak, deydi. Ikkinchisi, bilmagan narsani bilishga harakat
qiladi, ular qobil kishilar bo‘lib, bunday kishilarni o‘qitish va o‘rgatish
kerak.
Uchinchisi, bilganini ham bilmaydi, go‘yo uyquda yashagandek,
ularni uyg‘otish kerak. To‘rtinchisi, bilmaydi
va bilmaganini ham tan
olmaydi. Bular johil kishilar bo‘lib, ularni o‘qitish befoyda, ulardan
qochish kerak, deydi.
Dostları ilə paylaş: