25. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy maqsadi nima?
a.
Uzluksiz ta’lim jarayonini muntazam tatbiq etish, malakali kadr-
larni tayyorlash.
b.
Ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, yuqori malakali kadrlar tayyor-
lash milliy tizimini yaratish.
373
c.
Ta’lim oluvchilarni faol mehnatga, jamoat ishlariga tayyorlash.
d.
Ta’lim sohasida mamlakatimizning o‘ziga xos yo‘llarini qidirib
topish.
7 - VARIANT
1. Shaxsning bilimlar tizimiga, dunyoqarashiga, xulq-atvoriga,
hatti-harakatiga ta’sir eta olish va uni qisman o‘zgartirish nima?
a.
Kreativlik.
b.
Relaksatsiya.
c.
Empatiya.
d.
Ishontirish.
2. O‘qituvchi rahbar sifatida o‘z munosabatini tashkil etadi.
Quyidagi javoblarning qaysi birida, o‘qituvchining rahbar sifatidagi
boshqaruv usullari ko‘rsatilgan?
a.
O‘qituvchi avtoritar, demokratik, liberal usullarga asoslanib sinf
jamoasini boshqaradi.
b.
O‘quvchilarni yoqtirish yoki yoqtirmasligi, do‘stlik asosida o‘zaro
hurmat, kommunikativ munosabat usullari asosida boshqaradi.
c.
Bilim berish, ma’lumot olish, mavzuni hikoya qilish, suhbat o‘tkazish
kabi usullardan iborat boshqaruv.
d.
O‘quvchilarni tushunish, yolg‘on xushomad qilish, muosharat odobi,
ishontirish va ta’sir etish usullari bilan boshqaruv.
3. “Mudarrislarning barcha qobiliyatlaridan eng yaxshisi nutq
qobiliyatidir” so‘zlari qaysi alloma asarida berilgan?
a. Forobiy: “Fozil shahar odamlari”.
b. Shayx Sa’diy: “Guliston”.
s. Alisher Navoiy: “Mahbub ul-qulub”.
d. Kayqovus: “Qobusnoma”.
4. Liberal usul asosida pedagogik faoliyat olib borishda...?
a.
O‘qituvchining qattiqqo‘lligi, o‘quvchilarning so‘zsiz bo‘ysunishini
da’vo qilishi, o‘quvchilar fikrini inobatga olmasligi.
b.
O‘qituvchi o‘quvchilar bilan erkin muloqot tizimini shakllantiradi,
sinf jamoasi tashabbusini qo‘llaydi.
c.
O‘qituvchi tashabbuskor bo‘ladi, ammo o‘quvchilarning his-
tuyg‘ulari, ehtiyojlari inobatga olinmaydi.
d.
O‘qituvchi tashabbussiz, o‘z mustaqil fikriga ega emas, o‘quvchilar
ta’lim va tarbiyasiga e’tiborsiz, beg‘am qaraydi.
|