ASOSIY QISM
Neft moylari
Neft moylarning asosiy vazifasi turli mexanizm, stanoklar, dvigatellar, mashinalarning harakat qiluvchi qattiq yuzalari orasidagi ishqalanishini kamaytirish
shu tufayli ularning eskirishini oldini olishdir. Moyli surkov mavjud boʻlganda metall yuzalarining quruq ishqalanishi qovushqoq suyuqliq katlamlarining oʻzaro ishqalanishi ~ 500 ~bilan almashtiriladi. Moy va surkaladigan yuza materiallari molekulari oʻzaro ilashish kuchidan yuqori boʻladi, bu natijasida metall yuzasida surkov materialining mustahkam qatlami hosil boʻladi. Bunday qatlamning borligi quruq ishqalanishdan mustasno boʻladi, suyuq surkovning qatlamlar orasidagi ishqalanish koeffitsentidan bir necha oʻn marta kichik boʻlganligi uchun bu ishqalanish kuchlarini yengishda energetik sarflar surkovlar ishlatilishi natijasida
ancha kamayadi.
Neft moylari noxush aralashmalardan tozalangan suyuq yuqori haroratda
qaynaydigan aralashmadan iborat. Neft moylarini baʼzan maʼdanli (mineral) deb
ataydilar, bu ularni koʻp bosqichli sintez bilan olingan organik moddalardan iborat
boʻlgan sintetik moylardan farq qilish uchun aytilgan. Neftdan mineral moylarni
ajratib olish usuliga qarab ularni distillyatli, qoldiqli va kimyoviy birikmagan, yaʼni
distillyatli va qoldiqli komponenlarni aralashtirish bilan hosil qilinadiganlarga
boʻlinadi.
Tozalash usuliga qarab moylarni quyidagicha farqlanadi: tozalanmagan (neftni bevosita haydashda hosil qilingan), ishqorli yuvilganlar, kislotali–ishqorli,
kislotali–kontaktli, selektiv va adsorbsion tozalashniki, gidrokrekingnikiga boʻlinadilar.
Ishlatilish sohasiga qarab neft moylar surkov va maxsusga boʻlanadi. Oʻz navbatida surkov moylarini industrial, motor, prokatli stanlar uchun moylar, vakuumli, silindrlar uchun, energetik, transmis- sion, asboblaruchun,gidravliklarga
boʻlinadi. Industrial moylar turli sanoat jihozlarini surkash uchun moʻljallangan. Barcha industrial moylarning navlarida raqam 50 0S dagi kinematik qovush
qoqlikning qiymatini koʻrsatadi. Industrial moylar- ning asosiy guruhlari quyidagi
tavsiflangan:
1) Seriyasi I boʻlgan umumiy maqsadli moylarni (I–5A, I–8A, I– 12A va hokazolar) toʻqimachilik mashinalari, metall kesadigan stanoklar, podshipniklar, nazorat–oʻlchov asboblarini surkash uchun ishlatadilar; stanokli jihozlar va avtomatik liniyalarning gidravlik sistemalarida ishchi suyuqliklar sifatida hamda texnologik ehtiyojlar (charmlarni yogʻlash, plastik surkovlarni tayyorlash, atir upa
kremlari va boshqalar) uchun ishlatiladi; bu moylarda prisadkalar yoʻq, ularning
qovushqoqligi 4–5 dan (I–5A) 90–118 gacha (I–100A) mm2 /s boʻladi.
2) Yuqori tezlikli mexanizmlar uchun moylarni (IGP–4, IGP–6 va b.q.) turli
stanokli jihozlarni, tishli, chervyachli (chuvalchangli) va vintli uzatmlarni surkash
uchun qoʻlaydilar; ularda turli prisadkalar bor (antioksidlovchi, eskirishga qarshi,
antikorrozion).
3) Sanoat jihozlarining gidravlik sistemalari uchun moylarni (IGP –18,
IGP30, IGP–72, IGP–91) stanoklar, avtomatik liniyalar, ~ 501 ~~ 502 ~ presslar,
reduktorlarning mustahkam ishlashini taʼminlash uchun qoʻllaydilar.
4) IRp va ISp seriyali moylar tishli uzatmalar va chervyachli mexanizmlarni
surkashga xizmat qiladi; ITP seriyali moylar esa ogʻir yuklangan reduktorlarni va
tezliklar qutisini surkash uchun.
5) INSp va IGNSp seriyali moylarni taoyishni yoʻnaltiruvchilar uchun
qoʻllaydilar.
6) Telegraf moyi va L hamda T separatorli moylarni maxsus sohalarda qoʻllaydilar. Surkov moylarning muhim guruhini karbyurator, avtotraktor, dizel va
aviatsion dvigatellar uchun motor moylar tashkil etadi.
Qovushqoqligiga qarab motor moylari sinflarga boʻlinadi. Moyning navida
100 0S dagi kinematik qovushqoqlikning qiymati koʻrsatiladi; quyuqlashtirilgan
moylar uchun qoʻsh navlash mavjud: suratda – 18 0S dagi qovushqoqligi, maxrajda
– 100 0S dagi qovushqoqligi, “z” indeksi quyuqlashtiradigan prisadkaning borligini
bildiradi.
Eksplutatsion xossaliga qarab motor moylarni guruh va guruhchalarga boʻlish
koʻzda tutilgan. Tegishli guruh va guruhchalarning moylarini dvigatellarning alohida turlari uchun qoʻllaydilar:
Avtomobillarning karbyuratorli dvigatellari uchun moylarni selektiv (tanlab) tozalashning distillyatli yoki aralash moylari asosida ishlab chiqaradilar. Qovushqoqligi boʻyicha 6 sinf (6, 8, 10, 12, 4z\6, 6z\10) va 4 guruh (A1, B1, V1, G1) moylar ishlab chiqaradilar. A guruh moylarida (M– 6A, M–8A) yuvuvchi, antioksidlovchi va depressorli prisadkalar mavjud, V1 guruh moylarida (M8V1, M4z\6V1) yuqori samaradorli prisadkalarning kompleksi saqlanadi, bu moylar barcha mavsumlarda ishlatishga moʻljallangan.
Neft surkov moylarining asosiy eksplutatsion xarakteristikalari boʻlib qovushqoq – haroratli xossalari, past haroratlardagi harakatchan- lik, oksidlanishga qarshi barqarorlik.
Dostları ilə paylaş: |