O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ
DAVLAT UNIVERSITETI
BIOLOGIYA FAKULTETI
4-bosqich talabasi O’rozboyeva Kamolaning
Zoogeografiya fanidan tayyorlagan
REFERATI
Mavzu: Neotropik zoogeografik hududi tabiat zonalari
Tayyorladi: O’razboyeva Kamola
Qabul qildi:_______________
Nukus -2023
Reja:
Neotropik oblasti haqida umumiy ma’lumot
Neotropik oblasti o’simliklari
Neotropik oblasts faunasi
Neotropik oblast haqida umumiy ma’lumot
Neotropik. Neotropik oblasti butun Janubiy Amerikani, Markaziy Amerikaning katta qismini (shimolda Meksika yassi tog’liklarigacha), Katta va Kichik Antil, Bagam, Galapagos, Xuan-Fernandes kabi orollarni hamda bir qator mayda orollarni o’z tarkibiga kiritadi. Bu oblast asosan toropik zonada joylashgan bo’lib, faqat uning eng janubiy chekka qismi mo’’tadil zonani egallaydi. Neotropik oblastning boshqa oblastlar bilan ancha uzoq muddatda aloqada bo’lmaganligi (alohidalashganligi) bu oblastda juda o’ziga xos va boy faunaning shakllanishiga olib kelgan. bu oblastda boshqa oblastlarda keng tarqalgan ko’pgina hayvon guruhlari uchramaydi.
Neotropik oblast - quruklikdagi flora va zoogeografiya oblasti; oʻsimliklar Neotropik oblasti. bilan hayvonlar Neotropik oblast ining chegarasi bir-biridan bir oz farq qiladi.
Neotropik flora oblasti. Neotropik oʻsimliklar dunyosi — quruklikdagi asosiy botanik-geografik rayonlardan biri. Yangi Dunyoning materik qismini, shim.da Quyi Kaliforniyadan va Meksika togʻligining jan. qismidan to jan.da 40°j.k.gacha boʻlgan joylarni hamda Markaziy Amerikaga yondosh orollarni oʻz ichiga olgan. Iklimi tropik, 25° j.k.dan jan.da subtropik va moʻʼtadil iqlim. Oʻsimlik dunyosi boy va xilma-xil, aksari qismi mezofil oʻrmon oʻsimliklaridan iborat.
Bu oblastning shimoliy chegarasi Kaliforniyani shimolidan boshlanib Meksika qo’ltig’ini shimoliy qirg’oqi bo’ylab o’tadi va Florida yarim oroli bilan chegaralanadi. Janubiy chegarasi esa, Janubiy Amerikani 400 kengligi bilan o’tadi va Gallapogos orollarini o’z ichiga oladi. Bu oblastni endemik o’simliklariga kaktuslar,bromeliyadoshlar, nastursiyadoshlar, ksiridiyadoshlar,siklantadoshlar, kannonadoshlar, markgraviyadoshlar va sagovnikdoshlar kiradi. Bu oblast turlarga juda boy bo’lib, faqatgina Braziliya 40 000-dan ortiq tur mavjud. Neotropik oblasti uch podoblastga: tropik, meksika va And podoblastlariga bo’linadi.
1.Tropik podoblasti. Bu podoblast Markaziy Amerikani, Amazoniya tekisligini, Braziliya tog’larini, Floridani janubi qismini, Antil va Bagam orollarini o’z ichiga oladi. Bu podoblastni florasi nam tropik o’rmonlar, savannalar, chalacho’l, dasht va subtropik o’simliklardan iborat. Janubiy Florida, Antil orollari va Bagam orollarini o’rmonlari hozirgi vaqtda juda qisqarib, ularni o’rniga xo’jalik uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan shakarqamish, paxta va ananas ekinlari ekilmoqda. Saqlanib qolgan o’rmonlar asosan maxagon (qizil daraxt), sedrel, seyba, xamedorea, oreodoksa, kapernisiya va sabal daraxtlaridan iborat. Amazoniya tekisligida 200-dan ortiq palma turi uchraydi. Shundan 30% endemikdir. Dukaklilardan bertollesiya, kakao daraxti, qovun daraxti, gaveya, kastilloa, seyba (jun daraxti - tola olinadi), kopaifera, sezalpiniya, lavr, mimoza, bambuk va banan tarqalgan bo’lib muhim xo’jalik ahamiyatiga egadir.
2. Meksika podoblasti. Bu podoblast Kolorido cho’li va Kaliforniya yarim orolini o’z ichiga oladi. Podoblastda 500- ga yaqin kaktus turi bo’lib, shundan Mamilliriya turkumining o’zi 240 turga ega. Shu 240 turdan 224- tasi endemikdir. Agava deb ataluvchi etli (sukkulent) o’simlik endem hisoblanadi. Lolaguldoshlar oilasining yukka, dazilirion, furkroya kabi turkum vakillari ham ko’p uchraydi. 104 Meksika ko’pgina madaniy o’simliklarni: makkajuhori, avokado daraxti, anona, kungaboqar va kartoshkagullarni vatanidir. Makkajuxori Ispaniyaga 17 asrda, Janubiy Yevropa, Xitoy va Yaponiyaga 17 asrda tarqala boshlagan.
3.And podoblasti. Bu podoblastga Peruning janubiy qismi, Patoganiya, Chili va Argentinani bir qismi kiradi. And tog’larini etaklari nam tropik o’rmonlari bilan band. 2000 metr balandlikdan boshlab doim yashil dublar va podokarpuslar uchraydi. Xuddi shu poyasda xinin daraxti va kokka daraxti (bargida odamlarni o’ta chidamli qiladigan modda bor) keng tarqalgan. Dengiz sathidan 4000 metr balandda Savanaga o’xshash manzarali punalar kuzatiladi. Ular yostiq shaklli o’simliklardan iborat. And tog’larini janubiy qismida vereshatniklar mavjud bo’lib, ular yostiqsimon chalov, yorongul, zirk va boshqa o’simliklardan iborat. Janubiy Amerikada uchraydigan 80 turdan ortiq o’simlik Afrikada ham uchraydi. Bu hodisa o’tmishda (bo’r davrigacha) Janubiy Amerikani Afrika bilan bir butun ekanligidan darak beradi. Ba’zi farazlarga ko’ra And podoblastini florasini bir qismini bo’r davrida vujudga kelgan, qolgan qismi esa, Antarktidadan va Gollarktikadan kelib tarqala boshlagan.
Oʻsimliklar orasida asosiy oʻrinni pantropik oʻsimlik oilalari (sutlamadoshlar, lavrdoshlar, togʻbekatdoshlar, tutdoshlar, palmadoshlar va boshqalar), shuningdek, neotropik turkum vakillaridan kosmopolit oʻsimlik oilalari (qoqidoshlar, bugʻdoydoshlar, burchokdoshlar, yalpizdoshlar va boshqalar) egallagan. Endemik oʻsimlik oilalari kam, lekin ularning bir kismi (kaktusdoshlar va boshqalar) oʻsimliklarningtarkibi vaumumiy manzarasi uchun juda tavsifli. Nisbatan turgʻun muhit sharoitida Neotropik oblastning boshqa oblastlar florasi bilan aloqasi va floraning Neotropik oblast doirasida differensiatsiyalanishi neotropik floraning uzok, vaqt ajralgan holda rivojlanganligini koʻrsatadi. Neotropik oblastning tropik Afrika va Shimoliy yarim sharning baland togʻ floralari bilan oʻxshashlik belgilari juda koʻp.
Neotropik oblast bir necha kichik oblastlarga boʻlinadi. Karib kichik oblasti — Meksikaning chekka qismlari, Markaziy Amerika, Antil orollari hamda Kolumbiya va Venesuela qirgoqlari yaqinidagi orollarni oʻz ichiga oladi. Oʻsimliklari palmadoshlar, burchokdoshlar, lavrdoshlar va boshqa turlarga boy; daraxtsimon paporotniklar va sagov-niklar koʻp. Kichik oblastning shim.da qaragʻaydoshlarning baʼzi vakillari uchraydi. Endemik oʻsimliklar koʻp. Orinoko savanna kichik oblayet i da burchokdoshlar, yirik bugʻdoydoshlar va boshqa koʻp. Endemiklar esa meʼyoridauchraydi. Amazonka gileya kichik oblasti Amazonka daryosi havzasidagi keng gileya oʻrmonlarini oʻzichiga oladi (And togʻlarining shar-qiy etaklari bilan Atlantika okeani oraligʻi, 6—10° shahrik.dan 10—15° j.k.gacha). Oʻsimliklarga juda boy; sharoitning bir xil boʻlishiga qaramay oʻsimliklari ixtisoslashgan.
Endemik pal-malar, burchokdoshlar, sutlamadoshlar, marenadoshlar, epifitlardan orxide-yadoshlar, bromeli va aroid turlari koʻp. Braziliya kichik oblasti (quruq iqlimli siyrak oʻrmonlar va savannalar kichik oblasti) — Braziliya yassi togʻligini va 30° j.k.dan boshlab shimolidagi maydonlarni egallagan. Bombakslar, palmalar, sutlamadoshlar, kaktuslarning oʻziga xos turlari uchraydi. Braziliya kampos (savanna)larida daraxtsimon oʻsimliklardan tash-qari, bugʻdoydoshlar, qoqidoshlar, burchokdoshlar, yalpizdoshlar va boshqa tur-kumlarning turlari tarkalgan.Brazi-liyaning jan. da tropik va subtropik doimiy yashil daraxt va butalar araukariya bilan birgalikda uchraydi.
La-Plata pampa kichik oblasti — And togʻlari bilan Atlantika okeani oraligʻi (30° j.k.dan janubidagi tekislik dashtlar). Oʻziga xos bugʻdoydoshlar, qoqidoshlar, ituzumdoshlar va boshqa oʻsadi. Eski Dunyodan keltirilgan oʻsimlik turlari ham anchagina bor. And kichik oblasti — Janubiy Amerika ma-terigining togʻliq qismi, Kolumbiyadan Chilining oʻrta qismigacha boʻlgan yerlar. Mezofil oʻrmonlar, doimiy yashil lavr oʻrmonlari, baland togʻ oʻsimlik formatsiyalari va choʻllarni oʻz ichiga oladi. Endemik turlar va tur-kumlar koʻp. Tinch okeandagi orollar (Galapagos va Xuan-Fernandes) florasi uziga xos xususiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: |