Montsechia vidalii. David Dilcher.
Yopiq urug’li o’simliklar kelib chiqishi yangi tadqiqotini Vena universiteti professori Yurg Shonenberger (Jürg Schönenberger) va uning Parij-janub Universitetidan bo’lgan hamkasbi Giber Soke (Hervé Sauquet) boshchiligida xalqaro olimlar guruhi o’tkazishdi. Ularning maqolasi Nature Communications jurnalida chop etildi.
Bir necha yil davomida mualliflar minglab o’simliklarning anatomiyasini sinchiklovlik bilan taqqoslab, umimiy ajdoddan naslga qolgan eng qadimgi xususiyatlarni qidirdilar.
Bu ma’lumotlar har xil o’simliklar paydo bo’lish vaqtlari bilan moslashtirib, so’ng yopiq urug’lilarning ilk evolyutsiyasi modelini olishdi. Barchasi Yerdagi ilk gullar ko’rinishini aniqlab berishga imkon berdi.
Ilk gullarning tahminiy ko’rinishi
Olimlarning fikricha, gulning kesimi bir santimetrdan katta bo’lmagan, shu o’rinda unda kamida 11 ta tojbargi bo’lgan, changchilar esa urug’chi vazifasini ham bajargan: ular o’zlarida ham erkak, ham urg’ochiga mansub reproduktiv organlarini olib yurgan. Tojbarglar va changchilarning joylashuvi noodatiy bo’lgan, zamonaviy o’simliklarda uchramaydi.
Gulning anatomiyasiga asoslanib, ajdodga zamonaviy o’simliklardan eng yaqini bu Tinch okeani orollarida yashovchi ibtidoiy amborellalar va nilfiyalardir, lekin ular ham vaqt o’tib sezilarli darajada o’zgarishlarga duchor bo’lishgan.
Madaniy gullardan tashqari ko’pgina zamonaviy gullarda tojbarglar soni sezilarli darajada kamroqligini payqash qiyin emas. Ularning sonini kamayishi o’simliklarga xilma-xil maxsus shakl va o’lchamlarga kirishga, changchi hayvonlar bilan birgalikda evolyutsiya etishga, va sayyoraning barcha burchaklariga tarqalishiga imkon berdi.
1. BO'LIM. MAGNOLIYATOIFA YOKI GULLI O'SIMLIKLAR.
2. GULLI O'SIMLIKLARNMNG KELIB CHIQISHI.
3. GULLI O'SIMLIKLAR KLASSIFIKASIYASI.
MAGNOLIYATOIFA (Magnoliophyta) - GULLI YOKI YOPIQ URUG'LI O'SIMLIKLAR
Gulli o'simliklar bo'limi turlarga eng boy bo'limlardan biridir. O'simliklar dunyosida gulli o'simliklar muhim o'rin egallaydi. Hozirgi vaqtda gulli o'simliklar 533 oila, 13000 turkum va 250000 ga yaqin to'rni o'z ichiga oladi. Demak barcha tuban va sporali yuksak o'simliklarni birga qo'shib xisoblaganda ham, gulli o'simliklar ustunlik qiladi.
Gulli o'simliklar Yer sharining deyarli barcha zonalarida uchraydi va o'simliklar qoplamida muhim rol o'ynaydi.
Gulli (yopik urug'li) o'simliklar boshqa o'simliklarga nisbatan tashqi sharoitga yaxshirok moslashgan, chunki ularda reproduktiv va vegetativ organlar takomillashgan bo'lib, urug' ko'rtaklari mevachi barglar bilan qoplangan
Yopiq urug'li o'simliklar urug'i tashqi tomonidan meva bilan uralib turganligi uchun noqo'lay sharoitdan (kurib kolishdan, xarorat ta'siridan va xayvonlardan) ximoya qilinadi.
Eng qadimgi gulli o'simliklar xasharotlar va shamol vositasi bilan changlangan. Gulli o'simliklar hayotida tuguncha ham katta rol o'ynaydi.
Tuguncha bu mevachi barglarning qo'shilib o'sishi natijasida vujudga kelib, undan meva xosi bo'ladi. Gulli o'simliklar o'ziga kerakli ozukani vegetativ organlardan qabul qiladi.
Yopiq urug'li o'simliklarda gametofit juda qisqarib ketgan, anteridiylar yo'qolib ketib, spermalar vujudga kelgan.
Yopiq urug'li o'simliklar uchun xos yana bir muhim belgi shundan iboratki, ularda qo'sh urug'lanish mavjud. qo'sh urug'lanish natijasida deyarli bir vaqtda yani murtak (embrionO bilan endosperm vujudga keladi.
Dostları ilə paylaş: |