GULLI O'SIMLIKLARNING CHIQIB KELISHI.
Gulli o'simliklarning kelib chiqishi haqida hozirgacha yagona bir fikr yo’q .
Shu bois , gulli o'simliklar kachon va qayerda paydo bo'lgan va eng kadimiy gulli o'simliklarning dastlabki vakillari qaysi o'simliklar degan savollar paydo bo'ladi.
Ilmiy manbalarda ta'kidlanishicha gulli o'simliklar bur davrida paydo bo'lgan deb karalmokda.
Bu fikrni tasdiklovchi bir qator dalillar mavjud
. Demak gulli o'simliklar taxminan bundan 120 mln. yil oldin paydo bo'lgan.
Ayrim olimlar gulli o'simliklar mezozoy erasining trias davrida xattoki, poleozoy erasining perm davrida paydo bo'lgan deb xisoblaydilar.
Gulli o'simliklarning kelib chiqishida ikki xil fikr mavjud.
1. Monofilitik yo'l bilan gulli o'simliklar bitta qadimgi ajdoddan kelib chiqqan deyiladi. (Akad.A.L.Taxtadjyan).
2.Polifilitik yo'l bilan esa gulli o'simliklar bitta o'simlikdan emas balki, bir nechta kadimiy turlardan kelib chiqqan.
Ingliz botanigi R.Melvilla fikrcha gulli o'simliklar devon davrida riniofitlardan kelib chiqkan. Bu jarayon urug'li paporoniklargacha davom etib, permning oxiri va triasning boshlarigacha davom etgan.
Unga Gondvan xududidagi Afrika, Antarktida, Janubiy Amerika va Avstraliya materiklari kirgan.
Mashxur rus botanigi akademik A.L.Taxtadjyan dastlab gulli o'simliklar
Janubiy Sharkiy Osiyoda paydo blgan deb karaydi, chunki eng kadimiy oddiy to'zilishga ega bo'lgan gulli o'simliklar shu rigionda uchraydi.
Amerikalik olim D.J.Stebbins fikricha dastlabki gulli o'simliklar tez o'sadigan quruqlik xududlarda o'sishga mosashgan ikki urug' pallalilarni o'z ichiga olgan
Bir urug' pallalilar esa suv xavzalarida va soy buylarida o'sgan. Gulli o'simliklar ko'pchilik olimlarning fikriga Karaganda eng sodda to'zilishiga ega bo'lgan butasimon ochiq urug'li o'simliklardan kelib chiqkan. Gulli o'simliklarning qoldiqlari bur davridagi yotkiziklardan topilgan.
Lyokin Paleozoy va mezozoy erasida o'sgan ochiq urug'lilarning ayrim belgilari gulli o'simliklarnikiga uxshash bo'lgan. Buni usha davrga xos bo'lgan qazilma holda topilgan materiallar tasdiklamokda.
Dastlabki gulli o'simliklarda chang donasi bir poradan (teshikcha) iborat bo'lib, xuddi qirqqo'loq (paporotnik) larning sporasiga va urug'li o'simliklarning changiga uxshash bo'lgan.
Dastlabki gulli o'simliklarda, ya'ni hamma bir urug'pallali va premitiv (sodda) to'zilishga ega bo'lgan ikki urug'pallali o'simliklarning changchilari uxshash bo'lgan. Bundan 120 mln.yil oldin o'sgan gulli o'simliklarda chang 3 porali, ya'ni ikki urug' pallalilarga uxshash bo'lgan.
Bundan taxminan 80-90 mln. yil oldin o'sgan yopik urug'li o'simliklar Yer yuzida xukmronlik kilgan.
Gulli o'simliklarning kadimiy vakillarini topish uchun qazilma holda topilgan urug'li o'simliklar asos qilib olingan. Shuningdek, ularning bir-biri bilan bog'liqligi urganila boshlandi. Bu esa ularning filogeniyasini yanada yaxshirok urganish imkonini berdi.
Ta'kidlash joizki, ayniqsa, qirqqo'loqlar (paporotniklar), sagovniklar va qarag'aylarda gulli o'simliklarga xos ba'zi bir belgilarni ko'rish mumkin. Gulli o'simliklarning filogeniyasini urganishda urug'li qirqqo'loqlar, bennetgitlar va boshqa igna bargli o'simliklarning roli ham katta.
Sagovniklar bilan qarag'aylarda yog'ochlik ksilema, traxeid shaklida, ikkilamchi yug'onlashishga ega va urug'lari orqali ko'payadi. Demak, yog'ochlik esa 350 mln. yil oldin vujudga kelgan.
Qirqqo'loq (paparotniklar) da faqat traxeidlar mavjud bo'lib, yog'ochlik va smola yukllari esa atigi 50 mln yil oldin vujudga kelgan. Hu sababdan bo'lsa kerak, traxeidlarga yog'ochlik va smola yo'llarning gomologi deb karaladi.
Sagovniklar bilan qarag'aylarning qubbalari tashqi ko'rinishidan uxshash bo'lsada, kelib chiqish jihatidan bir-biridan farq qiladi. Masalan: sagovniklarning qubbasi shakli uzgargan barg bo'lsa, qarag'aylarning qubbasi juda murakkab to'zilishga ega. Shu sababdan bo'larni analogii organlar deb atash mumkin.
1859 yilda CH.Darvinning «Tabiiy tanlanish yo'li bilan turlarning paydo bulishi» nomli asari vujudga kelishi bilan, olimlar evolyusion tizim (sistema) to'zishga bel bogladilar. Bu borada yirik nemis botanigi A.Engler katta ish qiladi. Engler morfologik belgilar evolyusiyasiga aloxida e'tibor beradi. Uning fikricha eng sodda (primativ) gul, gulqurg'onisiz va bir jinsli bo'lgan.
1875 yili nemis botanigi A.Braun primetiv belgiga ega bo'lgan o'simlikning guli gulqurg'onli, yirik va ikki jinsli bo'lgan deydi. Bunta misol qilib magnoliyalarni keltiradi. Ikki jinsli gullardan ayrim jinsli gullar paydo bo'lgan deb xisoblaydi. Bu fikrni ko'pchilik olimlar qo'llab-quvvatlaydi. Nemis botanigi X.Gallir (1912) va Amerikalik CH.Bessi (1915) Ayiqtovonnamolarni kadimiy o'simlik deb karaydilar. Gallir va Bessi tizimi (sistemalari) asosida yirik ingliz olimi D.J.Xatchinson (1926«4936) o'z tizimi (sistemasi) ni yaratadi.
Akademik A.L,Taxtadjyan ham shu fikr asosida o'z sistemasini tuzadi. Lyokin ayrim botanirlar masalan, R.Dalo'ren gulli o'simliklar qandaydir yuk bo'lib ketgan yana ham soddarok o'simliklardan kelib chiqkan, magnoliyalar esa ulardan keyin paydo bo'lgan, deb tushuntiradi. Lyokin hozirgacha gulli o'simliklarning kelib chiqishi masalasi o'zil-kesil xal qilinmagan. Shu sababdan gulli o'simliklar haqida to'zilgan tizimlar (sistema) 20 ta dan ortib ketdi.
Dostları ilə paylaş: |