Gulli o'simliklarning kelib chiqishi to'g'risida asosan 3 ta nazariya mavjud.
1. Psevdant (soxta) gul nazariyasi. Bu nazariyaning asoschilari
R. Vettshteyn va A.Karstenlarning (1900) fikricha, eng kadimiy sodda to'zilishga ega bo'lgan, o'simliklarning gullari bir jinsli, gul kurgoni ddiy yoki gul kurgonsiz bo'lgan. Ular shamol vositasida changlangan. Bunday o'simliklarga misol qilib, qizilcha (efedra) va kazuarinlarni keltirishadi.
2.Ikkinchi-strobilyar nazariya
1905 yilda yaratilgan. Ochiq urug'lilarning vakili bennettitlarning qoldiqlari topilgandan keyin bu nazariya paydo bo'lgan.
Unga ko'ra bennettitlarning strobillaridan gul paydo bo'lgan degan xulosaga kelingan. Bu nazariya bo'yicha, strobillardan xosil bo'lgan gul ikki jinsli, gulqurg'onli bo'lib, xasharotar vositasida changlangan. Unga misol kiib, magnoliyalarni olish mumkin.
Nemis botanigi X.Gallir (1912), ingliz olimlari, A.Arber, D.Parkinlar (1905) strobillar yoki chingul nazariyasining asoschilari xisoblanadi.
3.Tellom nazariyasining asoschisi.
Nemis olimi V.Simmerman (1959) eng kadimiy gulli o'simliklar psilofitlarning tellomidan kelib chiqkan deydi.
1. Ikki urug'pallalilar 429 oila, 10000 turkum, 190000 to'rni o'z ichiga oladi va ular 8 ta sinf (ajdod) chaga bo'lib urganiladi. Masalan:
SINFCHALAR
Magnoliyakabilar sinfchasi
Ayiqtovonkabilar sinfchasi
Chinnigulkabilar sinfchasi
Temirdaraxtkabilar sinfchasi
Dillenilkabilar sinfchasi
Ra'nokabilar sinfchasi
Yalpizkabilar sinfchasi
qoqiutkabilar sinfchasi
Bir urug' pallali o'simliklar sinfi 65 oila, 3000 turkum, 60000 turdan iborat bo'lib o'z navbatida 4 ta sinfchaga bo'linadi. Masalan;
Dostları ilə paylaş: |