O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi bm. Umarov



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə28/92
tarix16.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#180829
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   92
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi b-fayllar.org

Raqamli metodlar

Guruhdagi talabalarning umumiy sonidan kelib chiqqan holda 4x4x4, 5x5x5 yoki 6x6x6 metodlarining biridan foydalaniladi. Masalan, 5x5x5 metodida har biri 5 talabadan iborat 5 ta kichik guruhchalar tashkil etilib, ularning 5 nafar sardorlari to'planishib qo'yilgan muammoni hamkorlikda muhokama etishadi, so'ngra o'zlarining guruhlariga qaytishib sheriklariga masalaning echimini o'rgatishadi.



Karabey texnologiyasi

„Skarabey" interaktiv texnologiya boiib, u o'quvchilarda fikriy bog'liqlik, mantiq, xotiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratadi, qandaydir muammoni hal qilishda o'z fikrini ochiq va erkin ifodalash mahoratini shakllantiradi. Mazkur texnologiya talaba-o'quvchilarga mustaqil ravishda bilimning sifati va saviyasini xolis baholash, o'rganilayotgan mavzu haqida tushuncha va tasawurlarni aniqlash imkonini beradi. U, ayni paytda turli g'oyalami ifodalash hamda ular orasidagi bog'liqliklarni aniqlashga imkon yaratadi.



Veer texnologiyasi

Bu texnologiya murakkab, ko'p tarmoqli, mumkin qadar muammoli harakterdagi mavzularni o'rganishga qaratilgan.

Texnologiyaning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bo'yicha bir yo'la axborot beriladi. Ayni paytda, ularning har biri alohida nuqtalardan muhokama etiladi. Masalan, ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik, fazilat va kamchiliklari, foyda va zararlari belgilanadi.

Delfi texnologiyasi

Bu texnologiyaning mazmuni jamoa bo'lib qo'yilgan muammoning muqobil echimlarini maqbullik darajalari bo'yicha tabaqalashtirib, ulardan har binning muhim yoki nomuhimligini baholashdan, shu asosda eng yaxshi variantni tanlab olishdan iborat. Masalan, er maydonini plugda 15, 20, 25, 30, 35, 40, 45 sm chuqurlikda og'darish mumkin bo'lsin. Muayyan olingan er maydonini og'darishda shu variantlardan qaysi biri eng yaxshi ekaniigini aniqlash uchun ulardan har biri erni haydashga doir mavjud agrotexnik faktorlar asosida o'qituvchining trenerligida talaba-o'quvchilar tomonidan baholanadi. Bunda har bir kichik guruh o'zlarining variantlarini taklif etishlari, so'ngra fikrlar umumlashtirilib eng yaxshi variant tanlab olinishi ham mumkin.




Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin