O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi bm. Umarov



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə30/92
tarix16.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#180829
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   92
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi b-fayllar.org

Munozara metodi

Disput — bu ikki yoki ko'proq kishilaming keskin chegaralangan qoidalar doirasida og'zaki olib boriladigan bahsi, munozarasi, masala talashuvidir. Disput mavzusi tayyorgarlik ko'rish uchun o'tkazishdan oldin talaba-o'quvchilarga ma'lum qilinadi.

Talaba-o'quvchilarga bilim berishga mo'ljallangan disputda kamida bitta rais va ikki guruhning har biridan bir nafardan so'zlovchi qatnashadi. Disputni ochuvchi birinchi talaba qo'yilgan takJifni ma'qullab chiqsa, ikkinchisi unga qarshi chiqadi, ya'ni opponent bo'ladi.

So'zlovchilarga 10 minutdan, har ikki guruhdan ikkitadan ortiq bo'lmagan qo'shimcha qilishga chiqadigan talabalarning har biriga 5 minutdan vaqt beriladi. Ikki marta so'zga chiqishga ruxsat etilmaydi. So'zga chiquvchilarning barchasi raisga murojaat etishadi va uning qarori qat'iy bo'lib, disputning mavzudan chetga chiqib ketmasligini nazorat qiladi.



Munozaralar o'tkazish texnologiyasi

Munozaralarni tashkil etish va o'tkazish tashkilotchidan juda jid- diy tayyorgarlikni, ijodiy muhit yaratishni talab etadi. O'qituvchi Ugandan munozaraning mavzusini, uni o'tkazish rejasini, vaqtlarini talaba-o'quvchilar bilan o'zaro kelishib oladi.

Talaba-o'quvchilarga o'quv yili boshlanishida munozara mavzulari rejasi e'lon qilinib, ularga etkaziladi. Ularning tayyorgarlik ko'rishlari uchun vaqt beriladi. Munozara muhokamasiga ma'muriyat, mahalla faollari, mashhur mutaxassislar taklif etiladi. Munozaraning boshlovchisi tayinlanadi. Boshlovchi juda keng qamrovli bilimga ega bo'lishi kerak.

Munozara davrida vujudga keladigan muammoli masalalar, ay- niqsa, chigal fikrlar bo'yicha ularni chuqur tahlil qilish qobiliyatiga ega ekspertlar taklif etiladi. Munozarani olib borganda uning ishtirokchilarini qiziqtirib, qovushtirib, boshqarib, zarur yo'llanmalar berib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan munozara jarayonida to'g'ri xulosalar chiqarish juda katta ma'suliyat talab etadi.

Munozaralar mavzuga qiziqish bildirgan guruhlarni qo'shib, aksincha hollarda esa, ularni guruhlarga bo'lib, zarur bo'lgan ayrim xollarda katta zallarda, katta auditoriyalarda olib boriladi. Munozaralar demokratik, oshkoralik, tenglik, samimiylik, hamkorlik ham ijodkorlik, bir-birini qo'Uash ruhiyatida olib borilishini ta'minlash yaxshi natijalar beradi. Munozara erkin fikr yuritishni, o'z shaxsiy pozisiyasida turishga o'rgatadi. Eng muhimi, talaba-o'quvchini mustaqil mutolaaga, fikr almashuv orqali uzluksiz o'z bilim va malakasini oshirishga olib keladi.

Aqliy hujum" metodi — biror muammo bo'yicha ta'lim oluv- chilar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to'plab, ular orqali ma'lum bir echimga kelinadigan metoddir. „Aqliy hujum" metodining yozma va og'zaki shakllari mavjud. Og'zaki shaklida ta'lim beruvchi tomonidan berilgan savolga ta'lim oluvchilaming har biri o'z fikrini og'zaki bildiradi. Ta'lim oluvchilar o'z javoblarini aniq va qisqa tarzda bayon etadilar. Yozma shaklida esa berilgan savolga ta'lim oluvchilar o'z javoblarini qog'oz kartochkalarga qisqa va barchaga ko'rinarli tarzda yozadilar. Javoblar doskaga (magnitlar yordamida) yoki „pinbord" doskasiga (ignalar yordamida) mahkamlanadi. „Aqliy hujum" metodining yozma shaklida javoblarini ma'lum belgilar bo'yicha guruhlab chiqish imkoniyati mavjuddir. Ushbu metod to'g'ri va ijobiy qo'llanilganda shaxs erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga o'rgatadi.

Aqliy hujum " metodidan foydalanilganda ta'lim oluvchilaming barchasini jalb etish imkoniyati bo'ladi, shu jumladan, ta'lim oluv- chilarda muloqot qihsh va munozara olib borish madaniyati shakllanadi. Ta'lim oluvchilar o'z fikrini faqat og'zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko'nikmasi rivojlanadi. Bildirilgan fikrlar baholanmasligi ta'lim oluvchilarda turli g'oyalar shakllanishiga olib keladi.

Aqliy hujum" metodi ta'lim beruvchi tomonidan go'yilgan maqsadga qarab amalga oshiriladi:


  1. Ta'lim oluvchilaming boshlang'ich bilimlarini aniqlash maqsad qilib qo'yilganda, bu metod darsning mavzuga kirish qismida amalga oshiriladi.


  2. Mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keyingi mavzu bilan bog'iash maqsad qilib qo'yilganda yangi mavzuga o'tish qismida amalga oshiriladi.


  3. O'tilgan mavzuni mustahkamlash maqsad qilib qo'yilganda mavzudan so'ng, darsning mustahkamlash qismida amalga oshiriladi.


Aqliy hujum " metodini qo 'llashdagi asosiy qoidalar:


  1. Bildirilgan fikr-g'oyalar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi.


  2. Bildirilgan har qanday fikr-g'oyalar, ular hatto to'g'ri bo'lmasa ham, inobatga olinadi.


  3. Har bir ta'lim oluvchi qatnashishi shart.


Muammoli savol beriladi

Fikr va g'oyalar eshitiladi va
jamlab boriladi

Fikr va g'oyalar guruhlanadi

Aniq va to'g'ri javob tanlab
olinadi


Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin