O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi bm. Umarov



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə29/92
tarix16.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#180829
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   92
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi b-fayllar.org

T-jadval texnologiyasi

Bu texnologiyadan leksiya darslari va amaliy mashg'ulotlarning yakuniy qismida foydalanish qulay. Bunda bir muammoni turh qarama- qarshi nuqtai nazarlardan qaraladi (ijobiy va salbiy, afzallik va kamchilik, foyda va zarar, to'g'ri va noto'g'ri). Masalan, o'qituvchi mavzu bo'yicha aralashtirib tuzilgan to'g'ri va noto'g'ri javoblarni ekranga chiqarib, birpartada o'tirgan talaba-o'quvchilarga hamkorlikda ularni jadvalga ajratib yozishlarini, so'ngra yozilgan varaqlarini yondosh partadagi talaba-o'quvchilar bilan almashtirib qo'shimchalar qilishlarini taklif etadi. Ish yakunlangach to'g'ri va noto'g'ri javoblar ajratib yozilgan jadval ekranga chiqariladi. Talaba-o'quvchilar o'zlarining javoblarini ekrandagi jadval bilan taqqoslab tegishli xulosalarga kelishadi.


To'g'ri javoblar


Noto'g'ri javoblar


1.

1.

2.

2.



Insert texnologiyasi

Bu texnologiya har bir talaba-o'quvchining mavzuni tezkor o'qib oldindan olingan bilimlari asosida matnga belgilar qo'yib chiqib munosabat bildirish imkonini beradi. Ma'ruza matnidagi har bir muhim tushunchalar, fikrlar to'g'risiga tegishli belgilar qo'yib chiqilib, ulardan quyidagi jadval tuziladi:


Mavzuning asosiy tushunchalari va tayanch iboralari mazmuni


Bila- man


Men uchun yangi ma'lumot


Men bilgan ma'lumotni inkor qildi


Meni o'y-lantirib qo'ydi (tushunmadim)


V

q


?

l.A(x;u)-nuqta


V







2.A(x)-to'g'ri chiziqda, A(x; y)-tekislikdagi, A(x; y; z)-fazodagi nuqta








?

3. z-A nuqtaning apli- katasi



q





4.xq0-to'g'ri chiziqda nuqtani, tekislikdaordi- natao'qini, fazoda(uOz) tekislikni ifodalaydi









Bilaman. Bilishnixohlayman. Bilib oldim" metodi

Bu metod leksiya darslar uchun qulay. O'qituvchi mavzu bo'yicha asosiy tushunchalar va iboralar ro'yxatini kodoskopga o'xshash biror texnik vosita yordamida talaba-o'quvchilarga taqdim etadi. Talaba- o'quvchilar o'zlari biladigan va bilmaydigan tushunchalar va iboralar bilan namunadagi jadvalni to'ldiradilar:

Bilaman

Bilishni xohlayman

Bilib oldim








Ro'yxatga kirmagan, biroq dars jarayonida yangidan paydo bo'l- gan talaba uchun notanish tushuncha va iboralar ham jadvalning ikkinchi ustuniga qo'shimcha ravishda qayd etilib boriladi.

Talaba-o'quvchining asosiy diqqat e'tibori jadvalning ikkinchi ustunidagi bilimlarni egallashga qaratiladi. Talaba-o'quvchi darsni diqqat bilan tinglab jadvalning ikkinchi ustunidagi tushuncha va iboralarni bilib va yozib oladi hamda o'zlashtirgan savol to'g'risidagi uchinchi ustunga „q" belgi qo'yadi, boshqalari bo'sh turadi. Agar dars jarayonida ikkinchi ustundagi ayrim tushuncha va iboralar o'rganilmasdan qolib ketsa, ular o'qituvchidan so'rab yoki mustaqil ravishda o'rganib olinadi.

Bu usul talaba-o'quvchida bilimlarni o'zlashtirish bo'yicha o'z-o'zini nazorat qilish, darsdayoq tegishli ma'lumotlami egallab olishga intilish, axborot resurslari ustida mustaqil ishlash ko'nikmalarini shakllantiradi.

Zig-zak" metodi

Zigzak siniq chiziq, ilonizi, egri-bugri ma'nolarini anglatadi.

Ta'limda zigzak metodining mohiyati bir guruh tomonidan o'rganib bo'lingan o'quv materialining, hali uni o'rganmagan boshqa guruhga taqdim etilishidan iborat.

„Zig-zak" usulining bir muncha afzalliklari bor. Xususan, ushbu usulni qo'llash orqali talabalar jamoa bo'lib ishlash ko'nikmasini hosil qiladi va mavzuni o'zlashtirishga ketadigan vaqt tejalib, qisqa vaqtda katta materialning o'zlashtirishiga erishiladi. Ushbu usulning ketma-ketligi quyidagicha amalga oshiriladi:

—talabalar odatdagidek, bir qancha guruhlarga bo'linadi;

—har bir guruhga mavzu bo'yicha bitta savol tarqatiladi (savollar guruhdagi har bir ishtirokchiga bittadan berilishi lozim);

—guruh a'zolari shu tarqatilgan savolni belgilangan vaqtda o'rganib oladilar;

—har bir guruhga etakchi saylanadi va ular tarqatilgan matnni o'rganishda, ularning mohiyatini teran tushunishda shu guruhda etakchilik qiladi;

—liderning fikri guruh a'zolari tomonidan to'ldirilishi, qo'shim- chalar va o'zgartirishlar kiritilishi mumkin;

—matnlar guruhda toiiq o'rganilib bo'lganidan keyin ular guruhlararo almashtiriladilar;

—endi ushbu guruhlarda yangi savollar o'rganiladi;

—bu savollar ham o'rganilib bo'lingach, ular yana almashtiriladi;

—guruhlarda barcha savollar o'rganilgancha ushbu jarayonlar takrorlanadi;

—bir-birining bilimini baholash va o'zlashtirilganlik darajasini aniqlash uchun guruhlar bir-biriga ketma-ket ravishda savol berib boriladi;

— savol qaysi guruhga tashlangan bo'lsa, birinchi shu guruh a'zolari javob berishlari mumkin, boshqa guruh a'zolari qo'shimcha qilib borishga haqli.

Ushbu usulning „Aqliy hujum" usuliga nisbatan farqi, bu erda talabalarning bilimlari baholanadi.

Mazkur usulni o'rganish uchun talabalar 3 guruhga yoki 6 guruhga bo'linadilar. Chunki mavzu 3 ta savolga bo'lingan.

Davra suhbati" metodi

Davra suhbatida ma'mzachi o'qituvchi bosh tashkilotchi bo'lib qoladi. Davra suhbatlari ko'pincha talaba-o'quvchilarga tanish yoki yaqin mavzularda o'tkaziladi. Davra suhbati mavzulari, rejalari, savollari talaba-o'quvchilarga awaldan bir necha kun oldin tarqatiladi.

Talaba-o'quvchilar uchun mustaqil tayyorgarlik ko'rishga, ularni bir-birlari bilan awaldan o'zaro fikr almashishga, kutubxona, inter- netdan ayrim ma'lurnotlarni to'plash, qayta ishlash, kichik matn tuzish imkoniyati yaratiladi. Davra suhbatining afzalligi shundaki, har bir talaba-o'quvchi individual tayyorgarlik ko'radi. Har ikki tomon dav- rani o'tkazishga tayyorgarlik bilan keladi. Suhbatni o'qituvchi, goho lider talaba-o'quvchi olib borishi mumkin.

Davra suhbatlari oldindan dasturlangan dars jadvali asosida olib borilishi mumkin.

Davra suhbatining yana bir afzalligi shundaki, har bir talaba- o'quvchi o'z bilimini, og'zaki nutqini, shaxsiy fikrini emin-erkin namoyish etishiga muhit yaratiladi. Talaba-o'quvchi va o'qituvchining shaxsiy ma'suliyati oshadi, ham o'qish, ham o'rgatish yonma-yon davom etadi. Materialni o'qish, o'rganish, o'zaro fikr almashishga, o'zlashtirishga motiv oshadi. Bilimni olish, uning o'zlashtirilishi kafolatlanadi.

Mojaro " metodi

Bu metod amaiiy mashg'ulotlar uchun qulay. Odatdan tashqari, hattoki favquloddagi vaziyatlarda qilinadigan hatti-harakatlarni talabalarga o'rgatish maqsadida bu metoddan foydalaniladi. Masalan, tug'ayotgan sigirning buzog'i teskari keldi, yurak to'xtash arafasida nima chora ko'rish kerak va hokazo. Bunday muammolarni hal qilish yo'llarini o'rganishda mojaro metodidan foydalanilsa, talaba- o'quvchilarning fikrlari faollashib qisqa vaqt ichida to'g'ri qaror qabul qilish, ishni to'la, tez va chaqqon bajarish sifatlari shakllanadi.




Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin