O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi b-fayllar.org
ketdik" deb ko'rsatma bersa, unga ergashganlarning darsni ham tashlab keta olishi shu bilan tushuntiriladi.
Shuning uchun ham sinf rahbari o'z sinfidagi rasmiy liderlar bilan ishlash bilan cheklanmaydi, balki norasmiy liderlarni ham aniqlay bilishi, ular bilan hamkorlikda ishlashi zanir. To'g'ri, ba'zi hollarda rasmiy va norasmiy lider bir shaxs bo'lishi ham mumkin. Bu juda qulay, lekin liderlik vaziyatga bog'liq bo'lgani uchun ham ularning o'zgarib turishini hisobga oladigan bo'lsak o'qituvchining boshqarish mahorati yoki san'ati uning norasmiy liderlar bilan samarali ishlash usulidir.
Shunday qilib, har qanday lider obro'ga ega. Obro'lilik shaxsning shunday xususiyatiki, u boshqa shaxslarga ham hissiy-emosional, ham irodaviy ta'sir ko'rsata olish qobihyatiga egadir. Norasmiy obro'lilik ya'ni shaxslararo munosabatlar mahsuli sifatida orttirilgan obro' juda samaralidir. Odamlar ko'ngliga yo'l topish, ularni turli vaziyatlarda tushuna olish, ishonch va shunga o'xshashlar obro' orttirish mezonlaridandir. Liderlik va superiiderlik Amerikalik tadqiqotchi Linda Djuell o'zining „Industrialno- organizasionnaya psixologiya" (2001 yil) kitobida ijtimoiy psixologik xodisalardan muhimi bo'lmish liderlik masalasiga o'zining o'ziga xos yondashuvini bayon etgan. U bu muammoni aynan bizning sha- roitimizdagi talqini, ya'ni mardlik va jasorat ko'rsatish uchun ochiq maydonlar yo'q bo'lgan sharoitda liderlik xislatlarining namoyon bo'lish xususiyatlarini ochishga urinadi. Uning fikricha, zamonaviy ishlab chiqarishning samaradorligi, eng awalo xodimlar rolini oshirib, liderlarnikini, aksincha, pastlashtirish, yoki aniqrog'i, kamaytirish hisobiga ro'y beradi. Shundagina rahbarlikda ortiqcha bo'g'inlarni kamaytirish mumkin. Liderning, ya'ni amerikaliklar rahbarni lider fenomeni doirasida tasawur qilishadi, vazifasi - guruhning samarali faoliyat ko'rsatish yo'llarini belgilab berishdir.
Bu kitobda ijtimoiy psixologik nuqtai nazardan ahamiyatli bo'lgan tushunchadan biri — „superlider" tushunchasidir. Superlider kim va qachori oddiy lider superga aylanadi? Amerikalik tadqiqotchilar Mans va Simslaming fikricha, eng yaxshi lider — bu „superliderdir". Bu shunday shaxski, u o'z xodimlarining aksariyatini liderlarga, birinchi navbatda o'zlari uchun liderlarga aylantira oladi. Bundagi asosiy g'oya shundan iboratki, agar odam eng awalo o 'zi uchun lider bo la olsa, o'zidagi bu malaka yoki mahoratni boshqalarga etkaza olsagina, bu odam uchun shunday vaqt-soat etib keladiki, jamoa o'zi mustaqil
ishlaydigan, bevosita tepasida turib boshqarib turadigan insonga muhtoj bo'lmagan mexanizmga aylanadi. Bu — superliderlikdir.
Oddiy rahbar yoki liderning superliderga aylanishi bir necha bosqichlarda kechadi (pr.): — o'zi uchun lider bo'lish, ya'ni shaxsiy maqsad va maslaklar, o'zini o'zi kuzatish, o'zini o'zi rag'batlantirish, hayoliy repitisiyalar va kognitiv tahlillar orqali o'zining mustaqil inson, shaxs ekanligini, o'zida boshqalarga o'mak bo'luvchi sifatlar borligini anglash;
— yuqorida qayd etilgan sifatlarning afzalliklarini o'zgalarga namoyish etib, uning afzalliklariga ishontira olish; III—xodimlariga o'zlarida tashabbus va o'ziga ishonchni namoyon etish uchun sharoit yaratish; — mustaqil qobiliyat egalari boigan xodimlarni rag'bat lantirish, kerak bo'lganda, faqat konstruktiv tanbehlar berish;
— o'z-o'zini boshqarishga asoslangan ijtimoiy faoliyatni tashkil etish va ishlarga hadeb aralashaverishdan o'zini tiyish. Demak, samarali boshqaruv — aslida ijtimoiy ta'sirni amalga oshirishning eng namoyishkorona ko'rinishidir. Shu ma'noda, liderlik — awal shaxsning o'ziga, so'ngra o'zgalarga bera oladigan ta'sirida ko'rinadigan fazilatlar majmuidir, deb ta'riflanadi.
RAHBARGA ZARUR BO'LGAN TO'RTTA „T"
TALANT
TEMPERAMENT
TOQAT
TINIMSIZ
IZLANUVCHANLIK
Boshqaruv uslublari Har bir lider yoki boshliq o'zicha individual va qaytarilmasdir. Buning boisi har bir boshliq o'z ish faoliyatini, boshqaruv faoliyatini o'ziga xos tarzda tashkil etishidadir.
Ijtimoiy psixologiyada boshqaruv sohasida batafsil o'rganilgan muammolardan biri — turli boshqaruv usiublaridir. Bu sohada nemis 216
olimlari G.Gibsh va M. Forverg, rus olimlari V.D. Parigin, L.N. Umanskiy, M.Yu. Jukov va boshqalarning ishlari, ayniqsa, diqqatga sazovordir. Barcha ilmiy tadqiqotlarai umumlashtirgan holda ijtimoiy psixologiyada qabul qilingan uch asosiy boshqarish uslublariga xarakteristika berib chiqamiz. Bu uch uslub: