O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi bm. Umarov


Sob yuzasidan savol va topshiriqlar



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə61/92
tarix16.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#180829
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   92
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi b-fayllar.org

7 Sob yuzasidan savol va topshiriqlar


  1. Mehnat psixologiyasi va mehnat faoliyati psixologiyasi deganda nimalarni tushunasiz?



  2. Mehnat faoliyati psixologiyasining asosiy vazifalarini qanday boholaysiz?



  3. Mehnat vazifalarining samarali amalga oshishi qanday omillarga bog'liq?



  4. Mehnat faoliyatini tashkil etuvchi komponentlar tuzilmasi ni- malardan iborat?



  5. Mehnatning psixologik mazmuni deganda e'tibor nimalarga qaratiladi?



  6. Mehnat faoliyatini o'rganuvchi qanday metodlar mavjud?



  7. Professiografiya metodi shaxsdagi qanday xususiyatlarni aniqlaydi?



  8. Professiogramma qanday tamoyillarga ko'ra tuziladi?



  9. Mehnat egasining ish yuklamasi xususiyati va mehnat vazifalarini ) bajarishiga ko'ra qanday turlargabo'linadi?



  10. Kasblar klassifikasiyasi tushunchasini qanday izohlaysiz?



  1. IXBOB



  2. BOSHQARUV PSIXOLOGIYASI ASOSLARI VA
    PEDAGOGIK JAMOALARNI BOSHQARISH



  3. Bobning qisqacha mazmuni



  4. Boshqaruv psixologiyasi fani haqida. Boshqaruvda inson omili bosh tayanch sifatida, boshqaruv faoliyati va uning psixologik jihatlari, rahbar va xodimlar o'rtasidagi o'zaro shaxslararo munosabatlar psixologiyasi, rahbaming muhim shaxsiy-kasbiy sifatlari, gumhlarda rahbarlik va liderlik. Boshqaruv uslublari haqida tushuncha



  5. O'quvfaoliyatini tashkiletish va boshqarish. O'quvchilargumhida o 'zaro munosabatlarni boshqarish, ta 'Urn jarayonini boshqarishda gumhning va o 'quvchilaming xususiyatlarini hisobga olish, pedagogik jamoalarfaoliyati samaradorligini oshirishyo'llari.



  1. Boshqaruv psixologiyasi, boshqaruvda inson omili bosh
    tayanch sifatida



  1. Oxirgi yillarda inson omiliga e'tiborning ortib borishi munosabati bilan boshqarish psixologiyasi masalalariga ham qiziqish kuchaydi. Shu asosda ijtimoiy psixologiyaning maxsus bo'limi — boshqarish psixologiyasi paydo bo'ldi. Boshqarish psixologiyasi psixologiyaning shunday tarmog'iki, u boshqaruv faoliyati bilan bog'liq bo'lgan muammolarni, shaxs va shaxslar guruhi tomonidan boshqa guruhlar faoliyatini samarali tashkil etish va birgalikdagi faoliyatini amalga oshirishning psixologik mexanizmlarini o'rganadi.



  2. Boshqarish muammolari ham bir qancha fanlar tomonidan o'rganiladi, jumladan, falsafa, tarix iqtisod, xuquqshunoslik va psixo- logiya uning o'ziga xos tomonlarini ochish bilan shug'ullanadi. Psixo- logiya boshqarishni ham ob'ekti, ham subyektini o'rganadi. Psixologik tadqiqotlarda o'rganiladigan olimlar jamoasi, alohida shaxs, ularning psixologik holatlari, ulardagi ayrim jarayonlar va vazifalari boshqaruv ob'ekti deb aytiladi. Boshqaruvning subyekti o'rganilganda esa, odatda, boshqaruvchi shaxs yoki odamlar guruhi nazarda tutiladi.



  3. Psixologiya ko'proq boshqaruvchi shaxs faoliyatining psixologik asoslarini o'rganadi va shu asosda bo'ysunuvchilar ishlarinn samarali tashkil etish, aniq va to'g'ri qarorlar qabul qilish uchun qanday psixologik holat va jarayonlami o'zida tarbiyalash lozimligi kabi qator 210



  4. muammolarni echadi. Masalan, konkret hayotiy sharoitlarda agar boshliq majlis olib borayotgan bo'lsa, har bir so'zga chiquvchilarning fikrlari, ma'ruzalari va hokazolar orqali ularning psixologik holatlari aniqlanadi, yangi ish dasturlari ishlab chiqariladi, qabul qilingan qarorlarga ko'ra, boshliqning va xodimlarning har biriga alohida ilmiy ko'rsatmalar va maslahatlar beriladi.



  5. Boshqaruv psixologiyasi boshliq faoliyatini analiz qilganda asosiy diqqatni boshqarish uning ehtiyoji yoki qobiliyatlariga mos yoki mos emasligi, qaysi individual xususiyatlariga ko'ra, u boshliq darajasiga ko'tarildi, ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun u boshqaruvning qay usullaridan foydalanyapti, xodimlarga psixologik ta'sir ko'rsatish maqsadida u qanday ta'sir uslublarini qo'llayapti kabi qator masalalarga qaratadi. Boshliq bo'lish ishiga turli shaxslarning munosabatlari har pi, chunki kimdir boshliqda bo'lgan imtiyozlarga beriladi, kim uchundir unga berilajak huquqlarni afzal ko'rish xos, kimgadir yuksak mas'uliyatlarni bo'yinga olish ma'qul keladi. Shaxslarning boshliq funksiyalari haqidagi tasawurlari qanchalik xilma-xil bo'lmasin, boshliqdan real sharoitlarda odamlar guruhini aniq maqsad asosida faoliyatga yo'llash, ularga bosh bo'lish, turli tadbirlarni amalga oshirish, obro'ga ega bo'lish, har bir qilingan ish uchun javobgarlikni o'z bo'yniga olish kabi ko'plab sifatlarning mujassam bo'lishi talab qilinadi.



  6. Ayniqsa, boshliq uchun turli guruhlardagi, ko'p holda bir boshliq uchun bir vaqtning o'zida bir qancha guruhlardagi shaxslararo muno- sabatlarning xarakteriga javobgar bo'lish qiyinchiliklar tug'diradi, chunki o'sha guruhlarni tashkil etgan har bir shaxsning o'ziga xos individualligi, boshqaruvchi haqidagi ular tasavvuiining har xilligi va guruhlarda norasmiy liderlarning borligi boshliqdan odamlar bilan ishlash borasida ham tajribaning, ham psixologik fahm-farosatning va sabr-qanoatning bo'lishini talab qiladi. Shuning uchun ham kundalik hayotimizda, ham ilmiy adabiyotlarda tez-tez yonma-yon ishlatiladigan „lider" va „boshliq" tushunchalarining psixologik mazmunlarini bilish maqsadga muvofiqdir.



  7. Boshqarishning umumiy nazariyasini kibernetika fani o'rganadi. Kibernetika (grekcha so'zidan olinganbo'lib, „kibernetike" — korablni boshqarish san'ati demakdir). Boshqarishning obyekti bu alohida shaxslar yoki guruhlar bo'lib, ularga maxsus tashkil etilgan, sistemali va rejalashtirilgan usullar orqali ta'sir etiladi.



  8. Boshqarishda gorizontal va vertikal jihatlar mavjud. Masalan: gorizontal bu psixologik bilimlarni asos qilib olsa, vertikal esa yuridik huijatlarga asoslangan bo'ladi. Boshqaruv — bevosita ijtimoiy psixo-



  9. logiya bilan bog'liq bo'lib, eng awalo, shaxsni boshqarish va shaxs orqali uning faoliyatini boshqarish demakdir. Boshqaruvning asosini ijtimoiy, huquqiy, psixologik va nazariy bilimlar tashkil etadi. Boshqaruvning nazariyasi va uning tizimi kibernetika fani bilan uzviy bog'liq. Boshqaruv nazariyasi o'ziga xos genezisga ega bo'lib, awalo, ijtimoiy hayotiy tajribalarga suyanadi. Boshqarish — o'zi san'at, san'at esa — qobiliyatdir. Demak, shaxs doimo boshqarishga muhtojdir.



  10. Boshqaruvda rahbarning doimo ob'ekti mavjud boiib, qonun, buyruq va ko'rsatmalarga asoslanib, o'z faoliyatini olib boradi. Faoliyat esa ko'p hollarda xabarlar yig'indisidan iboratdir. Boshqaruv nazariyasi qonun, bo'yruq va ko'rsatmalarga asoslangan bo'lsa, psixologik bilimlar esa boshqaruvning asosiy quroli va usuli hisoblanadi. Boshqaruv faoliyatida rahbar o'zining ijtimoiy xatti-harakatini tartibga solib boradi. Boshqaruv faoliyatini o'ziga xosligi shundan iboratki, agar boshqaruv faoliyati to'g'ri yo'lga qo'yilmas ekan, har qanday qaror, ko'rsatmalar yo'lda pala-partish bo'lib ketishi barchaga ma'lum.



  11. Nazariya qachon ijtimoiy hayotga tadbiq etiladi-ki, u qachonki hayotiy va aniq maqsadga qaratilgan bo'lsa. Boshqaruvda nazariya empirik hodisalarni tushuntirishga tadbiq qilish mumkin bo'lgan mavhum talqinlarni yaratishni taqozo qiladi. Boshqaruvga nazariy yondashuv — ularni empirik jihatdan tekshirish mumkin bo'lgan taqdirdagina o'rin- lidir. Har qanday nazariya boshqaruvda nazariy savollar, dalillarni anglab idrok qilishga yordam beradi. Aslida rahbarlar empirik masalalar, muammolar bilan shug'ullanadilar, lekin o'rganilayotgan hodisa- larning, muammolaming sababini nazariy jihatdan tahlil qilishmasa, o'ylagan natijalariga erisha olmaydilar.



  12. Rahbar g'oya va nazariy fikrlarga e'tibor bermasliklari mumkin, biroq amaliyotda yuzaga keladigan muammolaming echimi asosida nazariya yotadi. Nazariya grekcha so'zdan olingan boiib, teoriya — tadqiqot ma'nosini anglatadi, boshqacharoq aytganda, fanni u yoki bu yo'nalishi bo'yicha g'oyalar tizimi degan mazmunda tushunishimiz mumkin. Nazariya — haqiqat me'zoni va rivojlanishning asosidir. „Boshqaruv — bu doimo ikki jarayonni o'z ichiga oladi, ya'ni nazariya va amaliyot". Nazariya doimo amaliyot bilan ziddiyatda bo'lib boradi, chunki ba'zida nazariya amaliyotdan ilgarilab ketadi, ba'zi hollarda esa uning aksi bo'lishi mumkin. Nazariya ko'pincha amaliyotda yuzaga kelgan yangiliklarni takomillashtirishga bevosita yordam beradi.



  13. Boshqaruv nazariyasi qachon yuzaga keldi degan savol tug'ilishi tabiiydir. Amaliy faoliyatda shaxs o'zining mehnatini samarali tashkil etishni xohlaydi, samarali tashkil etish esa, albatta mantiqiy fikrlashga 212



  14. majbur etadi. Mantiqiy fikrlash boshqaruvning eng oliy darajasi va qurolidir shu sababdan jamiyatni, jamoani, taraqqiyotning barcha bosqichida, qobiliyatli, bilimli kishilar tomonidan boshqarish ehtiyoji mavjud bo'lgan. Boshqaruv nazariyasini takomillashtirib borish natijasida barcha sohani boshqarish usuli va mehnat metodologiyasi yuzaga keladi. Boshqaruv nazariyasida boshqaruv tizimi, bosqichi, muddati va javobgar shaxslar ko'rsatiladi.



  15. Boshqaruvda nazariyaning samarasi ko'p jihatdan ushbu jarayon- ning asoslanganligiga bog'liqdir. Boshqaruv nazariyasi boshqaruvning asosi sifatida barcha rahbarlarga birdek taalluqli yoki har-bir rahbarga shablon shaklida ta'sir qilishi kerak bo'ladi degan fikrdan biz uzoqdamiz. Boshqaruv psixologiyasining nazariyasi va metodologiyasida maqsadga erishish uchun o'zaro uyg'unlik mayjuddir. Psixologiyada boshqarish nazariyasining quyidagi jihatlari o'rganiladi:



  1. Yüklə 0,73 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin