O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi b-fayllar.org
boshqarish faoliyatining nazariyasi;
boshqarishda kasbiy faoliyatning psixologik tahlili;
boshqarish tizimida guruhlarning faoliyati;
boshqarish tizimida shaxslararo munosabatlar;
boshqarish tizimida rahbarlik;
boshqarishda psixologik ta'sir etish usullari va hokazo. Boshqarishda huquqiy funksiya tushunchasi mavjud bo'lib, bu — qo'l ostidagi shaxslarni, jamoani to'g'ri boshqarishda asosiy huquqiy usul hisoblanadi. Boshqarishda psixologik bilimlar esa yordamchi usul hisoblanadi. Boshqarish jarayonida vaqtdan samarali foydalanish bugungi kun talablaridan biridir. Vaqt — bu to'xtatib bo'lmaydigan jarayon hisoblanadi. Vaqtdan samarali foydalangan shaxsning ishida unum, baraka bo'ladi. Vaqtni boshqarish tushunchasi bu insonning o'zini o'zi boshqarishi bo'lib qolmasdan, balki jamoani, oilani boshqarish demakdir. Vaqtdan unumli foydalanish majlisbozlikdan, qog'ozbozlikdan va foydasiz ishlardan holi bo'lish demakdir. Guruhlarda rahbarlik va liderlik Guruhlardagi o'zaro munosabatlar yuqoridan pastga yoki aksincha bo'lib, guruh a'zolarining konkret mavqelari, boshliq bilan bo'ysu- nuvchilar o'rtasidagi munosabatlarni o'z ichiga oladi. Bu borada „Uder" va „boshliq" tushunchalari o'rtasidagi farqlar haqida gapirish lozim. B.D. Parigin bu ikki tushunchani farqlab shunday yozadi: lider asosan guruhdagi shaxslararo munosabatlarni boshqarsa, rahbar shu guruhdagi rasmiy munosabatlarni boshqaradi;
liderlik kichik guruhlargagina xos bo'lgan hodisa boisa, rahbarlikning haq-huquqlari katta guruhlar doirasida ham sodir bo'lishi, amalga oshirilishi mumkin;
agar liderlik stixiyali, betartib jarayon bo'lsa, rahbarlik maqsadga qaratilgan, jamiyatda ishlab chiqilgan normalar, tartiblar asosida saylovlar oqibatida sodir bo'ladigan hodisadir;
liderlik rahbarlikka nisbatan vaqtinchalik hodisa bo'lib, guruh a'zolarining kutishlari, ularning kayfiyatlari, faoliyat yunalishiga qarab, uzoqroq muddatda yoki qisqa muddatda ro'y beradi;
rahbarning liderdan farqi yana shundaki, u liderda yo'q bo'lgan jazolash va rag'batlantirish tizimiga ega bo'lib, shu asosda o'z xodim- lariga ta'sirini o'tkazishi mumkin;
lider guruhda u yoki bu qarorlar, ko'rsatmalar, tashabbuslarni o'z ixtiyoricha, bevosita chiqarishi mumkin, rahbarda esa bu yo'nalishda ko'plab rasmiy ko'rsatmalar, rejalar, normalar, buyruqlar mavjudki, ular doirasidan chiqib ketishi kiyin;
liderning faoliyati faqat kichik guruhlar doirasida amalga oshirilsa, rahbar shu guruhdagi, kengroq ijtimoiy doiradagi, jamiyat- dagi vakili bo'lganligi uchun, uning vakolatlari ham keng, faoliyat imkoniyatlari ham ortiqdir. Lider hech qachon yolg'iz bo'lmaydi, u doimo guruh a'zolari orasida bo'ladi, u shu guruh a'zolarini u yoki bu harakatlarga chorlaydi. Chunki lider guruh a'zolarining psixologiyasi, ularning kayfiyatlari, intilishlari, qiziqishlari va hokazolarni hammadan ham yaxshi biladi, ular ichida eng tashabbuskoridir. Agar sinf doirasida olib qaraladigan bo'lsa, turli xil lider borligini aniqlash mumkin. Masalan, guruh a'zolari ichida eng bilag'oni, aql o'rgatuvchisi, topqiri, intellektual lideri, bolalar ichida eng hazilkashi, dilkashi, xushchaqchag'i, ko'ngil so'rovchisi, o'zgalarni tushuna oladigan — emosional lider, guruhni ish faoliyatga chorlay oladigan, dadil, qat'iyatli, irodali-irodaviy lider- lar bo'lishi mumkin. Ular ayni vaziyatlarda vaziyat talabiga ko'ra paydo bo'ladilar hamda bolalar ongida o'z sifatlariga ko'ra obro' qozonadilar. Lider sifatlari ichida yaxshi va yomonlari ham bo'lishi mumkin, lekin guruh liderga ergashganda, uni ibrat sifatida tanqidsiz qabul qiladi va shuning uchun ham barcha ishlariga ergashib, ko'rsatmalariga amal qiladi. Maktabda bolalar yoshida xulqi maktab normalariga to'g'ri kelmaydigan liderlarning borligi, ular ma'lum guruh ichida so'zsiz obro'ga ega ekanligi ham shu bilan tushuntiriladi. Masalan, lider 214